Bizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tajribasi shu-
ni ko‘rsatadiki, kitoblarni turii tipda joylashtirishning mohiyati,
ahamiyati va qo'llash sohasiga bo‘lgan qarashlar tobora o‘zgarib,
takomillashib bormoqda. Texnikaning rivojlanishi, kutubxonada
EHM larning qo‘llanilishi yana boshqa joylashtirish usullarini
o‘ylashga, topishga undamoqda.
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, xilma-xil tarixiy davrlar-
da kitoblarni joylashtirishning turli usullari kashf qilindi. Ular davr-
lar o‘zgarishi bilan opining ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatdi.
Lekin qaysi davr bo‘lishidan qat’i nazar fondni joylashtirishda, eng
avvalo, kutubxona maydoniga, kitoblarning joylashuviga, kitobxon-
ga qulay bo'lishiga, kitoblar tez aylanishiga, ularning saqlanishiga
e’tibor berilgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.