rixiy manba shundan dalolat beradiki,
Sharqda kutubxona va un-
ing kitoblarini joylashtirish haqida qonun va qoidalar yaratilgan
davrda G ‘arbda bu haqida hali tasavvurga ham ega emas edilar.
Ayniqsa, Am ir Temur o‘zining uzoq o‘lkalarga yurishi davrida
juda ko‘p nodir kitoblarni Samarqandga jo'natadi va u yerda katta
kutubxona barpo etiladi. M azkur kutubxonadagi kitoblar asosan
fan tarmoqlari bo‘yicha joylashtirilgan edi. Masalan, astronomi-
ya, huquq, tibbiyot, diniy kitoblar va hokazo. Keyinchalik ham
bu qoidalar Sharq mamlakatlari kutubxonalarida qo‘llanib,
rivoj-
lantirib kelingan.
Umuman kutubxona fondini joy-joyiga qo‘yishga qator talab-
lar qo'yiladi. Kutubxona fondi foydalanish uchun qulay bo‘lishi
lozim. Bu holda kutubxonachi yoki kitobxonning jovondan kitob
olishi va uni joyiga qaytarib qo‘yishi osonlashishi lozim. Buning
uchun kutubxonaning xiliga, olinadigan kitoblar soniga, kutubxo-
naning joyiga e’tibor beriladi.
Shulardan kelib chiqib, mazkur
kutubxona turiga qarab alohida joylashtirish tizimi tanlab olinadi.
Joy-joyiga qo‘yishga bo‘lgan yana bir talab — kitob saqlanadi-
gan joydan tejam bilan foydalanishdir. Tejamkorlikdan kitoblarni
izlash, ularni kitobxonga yetkazib berish, fondni tekshirishda
mehnat, vaqt hamda vositalarni iloji
boricha kam sarflashda
foydalaniladi. U yoki bu kitobga berilgan shifr qanchalik sodda
bo'lsa, kitoblarni joy-joyiga qo‘yish xodimlardan shunchalik kam
mehnat talab qiladi va bu jarayon oson mexanizatsiyalashadi va
avtomatlashtiriladi.
Kitoblarni joy-joyiga qo‘yish fondni o‘rganishga yordam beri-
shi, tekshirishni osonlashtirishi, fondni saqlashni barqaror qilib
turishi lozim1. Kutubxona fondi tarkibidagi
kitoblarning xilma-
xilligi va boshqa manbalar ularni turlicha joylashtirishni talab
qiladi.
Fondni joylashtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar va joylashti
rish usullari bir necha xil va turdagi kutubxonalarga mo'ljallangan,
shuning uchun ham alohida xildagi kutubxonalar joylashtirishning
o‘ziga ma’qul bo‘lgan usullarini tanlab olish bilan birga kitobxon-