• Kutubxona fondini yong‘indan saqlash.
  • Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish. 
    Vaqtlar o‘tishi 
    bilan havo va yoruglik ta’siri ostida nashrlar fizikaviy, kimyoviy 
    o‘zgarishlarga uchraydi. Bu jarayon 
    tabiiy eskirish 
    deyiladi. Bun­
    dan tashqari ko‘p foydalanilganligi uchun mexanik mustahkam- 
    ligini yo‘qotadi. Kitob hasharotlar ta’sirida zararlanadi. Xususi- 
    yatini yo'qotgan nashrlar zudlik bilan ta’mirlanadi. Mayda ta’mir
    — shikastlangan joylarni ta’mirlash, odatda kutubxonachi rah- 
    barligida jamoatchilar kuchi bilan amalga oshiriladi. Ta’mirlash- 
    tiklash bu nashrni dastlabki holga yoki shunga yaqin holga kelti- 
    rishdir. Katta kutubxonalarda ta’mirlash ishlarini olib boradigan 
    laboratoriyalar bor. Tabiiy eskirish jarayonini to‘xtatish uchun eng 
    qimmatli usul doimiy saqlashga mo‘ljallangan nashrlarni o‘rab, 
    ehtiyot qilishdir. Ana shu maqsadda saqlash va muhofaza rejimiga 
    rioya etish lozim.
    Kutubxona fondini yong‘indan saqlash. 
    Agar kutubxonachi o‘z 
    fondini yong'in xavfidan saqlamasa, fondni ta’mirlashga doir 
    yuqoridagi tadbirlar samara bermaydi. Yong‘in moddiy va ma’naviy 
    boyliklarni yo‘q qilibgina qolmasdan, balki unda ishlab turgan 
    kishilar hayotiga ham xavf solishi mumkin. Kutubxona fondi — 
    yong‘in xavfi ortib borishi uchun doimiy manba. Yong‘in yonadi- 
    gan, oksidlovchi va olov chiqaruvchi manbalardan paydo bo‘ladi. 
    Kutubxonadagi pol, tom, mebel, qog‘oz yonishi mumkin. Oksid­
    lovchi havo kislorodi binoning hamma joyida bor. Elektr tizimidan noto‘g‘ri foydalanish, fondxonada chekish yomon oqi- 
    batlarni keltirib chiqaradi. Yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning 
    oldini olish ma’qulroq. Kutubxona binolarini to‘g‘ri loyihalash va 
    qurish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarur. Kutub­
    xonalarda ma’lum darajada elektr yo‘llarini to‘g‘ri joylashtirish va 
    undan to‘g‘ri foydalanish kerak. Elektr toki yo'llarini loyihalash- 
    da barcha tip va turdagi kutubxonalarning elektr sig‘imi muttasil 
    oshib borishi jarayonini nazarda tutmoq muhim — buni tobora 
    ko‘payib borayotgan texnika vositalarini qo‘llash ko‘rsatib turibdi. 
    Kutubxonalarda ishdan keyin elektr uskunalari tokdan o'chirilishi 
    uchun ajratkichlar o‘rnatilishi shart. Fondni saqlash uchun stelaj-
    167


    lar yonmaydigan materiallardan yasaladi. Yog'och stelajlardan foy- 
    dalanilgan holda ularga yong‘inga qarshi ishlov berish kerak. Fond 
    saqlanadigan binoni yonmaydigan to‘siqlar bilan ajratib qo‘yish 
    maqsadga muvoflq. Kutubxonada yong‘inga qarshi signalizatsiya 
    bo‘lishi shart. Yong‘in chiqishiga qarshi kurash qanchalik erta 
    boshlansa, yong‘inni o‘chirish shunchalik oson bo‘ladi.
    Yong‘inni o‘chirishda eng samarali vosita yonmaydigan gaz 
    karbonat angidrid va azotdir. Suvdan foydalanish kitoblarga 
    zarar yetkazishi mumkin. 1,2 million hisob birligi hajmidagi 
    fondxonalar avtomat tarzda o‘chiradigan qurilmalar bilan jihoz- 
    lanishi kerak. Fondxonada bir kishi ishlata oladigan yong‘inni 
    o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim. Ichki yong‘in kranlari, kigiz, 
    qum shunday vositalar jumlasiga kiradi. Fondxona karbonat 
    angidrid, brom etinli o‘t o'chirgich vositasi bilan ta ’minlangan 
    b olishi kerak.
    Yong‘inga qarshi ishlar uchun javobgarlik kutubxona direktori- 
    ga yuklangan. U yong‘inni aniqlaydigan va o‘chiradigan avtomat 
    vositalar, suv quvurlari tarmoqlari, tutun chiqadigan tuynuklar va 
    boshqa uskunalarning soz holda turishini ta’minlaydigan javobgar 
    shaxslarni tayinlaydi. Kutubxonaning barcha xodimlari yong‘in 
    javobgarligi qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Ana shunday qoi- 
    dalarga amal qilinganda kutubxonalarimizda yong‘in chiqmaydi 
    va kitob fondlarimiz uzoq vaqtlar yaxshi saqlanib, butun ilm ahli- 
    ga bem innat xizmat qilaveradi. Fondni asrash haqida g‘amxo‘rlik 
    qilganda, fond saqlovchining ish sharoitini unutmaslik kerak. 
    Fondni saqlashning fizikaviy, kimyoviy, biologik rejimining bu- 
    zilishi kutubxonachi uchun kasb kasalligini keltirib chiqaradi. 
    Fondxonadagi chang, yorug‘likning yetishmasligi namlikning or- 
    tiq va kamligi sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning 
    uchun davlat tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari ko‘zda 
    tutilgan. Fond saqlash binosining yoritilish darajasi, harorat va 
    namlik normasi insonning fiziologik ehtiyojlarini hisobga oladi. 
    Ish jadvali yoxud yer osti binolarida joylashgan fondxonalarda 
    ishlovchilar uchun ushbu qoidalar asosida belgilangan ish vaqti 
    to‘rt soatdan oshmasligi kerak. Zararli binolarda — simobli, azot, 
    fosfor kislotalari bilan ishlaydigan xodimlarga bepul sut mah-
    168


    sulotlari berilishi kerak. Fond gigiyenasi kishilar salomatligini 
    saqlashga yordam beradi, kasallik keltirib chiqaradigan bakteri- 
    yalar kitoblarga zarar yetkazmaydi, ammo inson uchun yuqumli 
    kasalliklar keltirib chiqaradigan manba hisoblanadi. Kutubxona 
    fondining sanitariya-gigiyena holatini obdon kuzatib bormoq 
    zarur, ya’ni changning muttasil ravishda yo‘qotish fondxona va 
    o‘quv zali yaqinida qushlarning bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslik, binoni 
    dezinfeksiya qilishni muntazam ravishda amalga oshirish lozim. 
    Bolalarga xizmat ko‘rsatadigan kutubxonalarda gigiyena qoidala- 
    riga qattiq rioya qilish zarur. Fondni saqlash deb qulay fizikaviy, 
    kimyoviy va biologik rejim sharoitida maxsus jihozlangan binolar- 
    da asrash tushuniladi. Saqlash bo‘limi asosiy ombordagi fondning 
    ahvoliga javobgargina bo‘lib qolmay, balki kutubxonaga qarashli 
    barcha kichik fondlar uchun javob beradi.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish