8-bob. ELEKTRON KATALOGLASHTIRISH TARIXI.
KUTUBXONALAR ISHIDA DASTLABKI
AVTOMATLASHTIRISH ISHLARI
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va keng qo'llanilishi
zamonaviy hayotning barcha jabhalarida; jumladan, iqtisodiyot
sohasi, davlat boshqaruvi, fan va ta’lim sohalariga tubdan ta’sir
ko‘rsatmoqda. Axborot va bilim saviyasi asosiy ahamiyatga ega
bo‘lgan jamiyatda «axborotlashgan jamiyat»
atamasi vujudga
keldi. Axborot va bilim muayyan iqtisodiy faktor, shuningdek,
muhim milliy resurs hisoblanadi. Milliy axborot resurslarini
saqlash, uni rivojlantirish va unumli foydalanish davlat ahamiyati-
dagi masaladir. Milliy axborot resurslarini 2 ta tarkibiy: an‘anaviy
(qo‘lyozma va nashr materiallari, rassomlik san’ati, haykaltarosh-
lik, arxitektura, audioyozuvlar,
fotosuratlar, kino va videofilmlar
va h.k.) va elektron (turli axborot obyektlarining raqamli turi)
shakliga ajratish mumkin. Bular orasidagi farq nafaqat axborot-
ni ifoda etish, balki uni saqlash, tarqatish va modifikatsiyalash
(ko'rinishini o‘zgartirish)dadir.
A n‘anaviy turdagi qo‘lyozma, nashr
va boshqa turdagi huj-
jatlarni saqlash va undan foydalanish shu soha mutaxassislari
tomonidan tadqiqot va amaliy ishlar davomida o‘zlashtirilgan.
Lekin, shubhasiz, an'anaviy shaklda saqlanadigan axborotlar
hajmini saqlash, tarqatish va qidirish, hisobga olish kabi sama-
rali ishlarda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bu masalalarni hal qilish
yo‘llari zamonaviy hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalari-
dan foydalanish va axborotni elektron shaklga aylantirish bilan
uzviy bog‘liq.
Ta’kidlangan axborot resurslarining tashkil qiluvchilari paral
lel rivojlanayotgan bolsada, kelajakda an‘anaviy axborot tashkil
qiluvchilarining
sezilarli qismi, so‘zsiz, elektron shaklda ifoda
etiladi. Bir tomondan oxirgi o‘n yillikda faqat elektron shakldagi
yoki shu shaklda yaratilgan axborotlar hajmi azaldan bor bo‘lgan
bosma, audio, video va boshqa nashrlarga nisbatan keskin o‘sdi.
Rossiyada (axborot sanoati jabhasida unehalik taraqqiy etmagan
davlatda) faqat rasmiy ro‘yxatga olingan m a’lumotlar bazalari-
171
dagi axborotlar hajmi Rossiya davlat kutubxonasida saqlana-
yotgan barcha axborot hajmlaridan oshib ketdi.
Davlat statistika
qo‘mitasining 1996-yilgi tekshiruvidan o'tgan tashkilotlarining
ma’lumotlar bazalarining umumiy soni deyarli 800 mingni,
shuningdek, 400 mingga yaqini xususiy ishlab chiqaruvchilarni
tashkil etdi. Barcha m a’lumot bazalarining umumiy hajmi 15 Tb
(mustaqil MB larining hajmi esa 5 Tb dan ortiq) dan ortiqni
tashkil qildi. Internet orqali olingan elektron hujjatlarning m iq
dori 2000-yili 300 mln., 2001-yilning oxirida bu raqam 3 mlrd.ga
yetdi. Yandeks ma’lumotlariga ko‘ra 2001-yil iyunda 650 Gb ga
yaqin, 2002-yil m artda 1Tb ga yetgan.
Bugungi vaqtda elektron shakl axborotni ishonarli va ixcham
saqlaydi, uni sezilarli darajada
tez va kengroq tarqatish, bundan
tashqari u bilan ko‘pgina boshqa shakllarda bajarish mumkin
bo‘lmagan ishlarni qilish mumkin. Shu tarzda axborotni elek
tron shaklda berish, elektron hujjatlar yaratish, uning elektron
ko‘rinishini
tashkil etish, turli elektron kolleksiyalar va elektron
kutubxonalar tashkil