har xil MARC formatdagi bibliografik yozuvlarni almashinish
muammosi hal qilindi.
1980-1990-yillarda U N IM A R C va USMARC formatlari
takom illashtirildi, m azkur form atlardan foydalanish uchun
yo‘riqnomalar va har xil turdagi qo llan m alar yaratildi. Bu esa
USMARC form atini ham keng tarqalishiga olib keldi. H atto
USMARC formati, ayrim tashkilotlarning ichki formati sifa
tida ham ishlatila boshladi. Ta’kidlash joizki, bibliografik yo
zuvlarni USM ARCda 200 dan ortiq maydonda, U N IM A R C -
da 150 maydonda tasvirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari
(25 ga yaqin) maydon ostilari ham mavjud. M utaxassislarning
ta ’kidlashicha, bu ikki formatning moslik darajasi 80% ni tash
kil qiladi.
Hozirgi paytda MARC 21 AQSHda juda keng tarqalgan for
mat hisoblanadi. Lekin yoddan chiqarmaslik kerakki, MARC 21
formati doimiy yangilanishda. Bunga sabab, hujjatlarning yangi
turlarini, axborot tashuvchi moslamalarning yangi turlarini pay
do bolishi, telekommunikatsiyaning takomillashuvi, axborotlarni
qayta ishlash usullari texnologiyasi va vositalarining takomil-
lashuvidir. Shu o‘rinda, MARC 21 formatiga batafsil to‘xtalib
o‘tamiz.