— internet xalqaro tarmog‘i, korporativ tarmoqlari va lokal
tarmoqlaridan foydalangan holda kutubxona ma’lumotlar baza-
siga kirishni ta’minlaydi;
— axborotlarni ishonchli saqlashni ta’minlaydi: elektron resurs-
larning
rezerv nusxalari, ishchi va sug‘urta arxivlarini;
— kutubxona axborot resurslari himoyasini ta’minlaydi, mu-
alliflik huquqini va intellektual mulk huquqini himoya qiladi,
axborotlarni yo‘q bo‘lishini va buzilishining oldini oladi;
—foydalanuvchilarning mustaqil ravishda qidiruv o‘ tkazishlariga
(axborotlar fazosida navigatsiya xizmatlari ko‘rsatish va o‘zining
do‘stona interfeysi orqali) yordam beradi.
Elektron katalog tarkibi
Kutubxonaning
elektron katalogi, yagona katalog sifatida yoki
hujjatlarning ko‘rinishlariga qarab tuzilgan bir necha ma’lumotlar
bazalari; «Kitoblar», «Dissertatsiyalar», «Davriy nashrlar», «Nor-
mativ hujjatlar» asosida tashkil qilinishi mumkin.
Elektron katalogdan foydalanish va yuritish texnologiyasi
Kutubxonaning elektron katalogini yaratish va undan foy-
dalanish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
— EK tizimida foydalanilayotgan texnika vositalari
va dasturiy
ta’minotning ochiq xarakterdaligi;
— mamlakatimizdagi va chet ellardagi nashrlarning biblio
grafik tasvirlarini bir marotaba kataloglashtirish va ulardan ko‘p
marotaba foydalanish;
— tizim ichki formatida standart kommunikativ formatlarda
foydalanish va bibliografik m a’lumotlarni
import-eksport qilishga
mo‘ljallangan konventorning mavjudligi;
— EK tizimiga telekirish internet tarmog‘i, http va Z39.50
protokollari yordamida bajariladi;
— bibliografik m a’lumotlar bazasida axborotlar qidirish qu
yidagi belgilar: muallif (yoki mualliflar), sarlavha, predmet rub-
rikasi,
UDK va BBK indeksi, ochqich so'zlar, seriya nomi, nashr
etilgan joy, nashr vaqti, hujjatning saqlanayotgan joyi va boshqa
bir qator belgilar asosida bajarilishi mumkin.
180
Elektron katalog bilan ishlash o‘z ichiga kataloglashtirishning
asosiy texnologik jarayonlarini:
— hujjatlarni
kataloglashtirish;
— ko‘p aspektli bibliografik qidiruv, chiqish formalarini (formul-
yar, kartochka, ko‘rsatkich va boshqalarni) shakllantirishni oladi;
— foydalanuvchi, elektron katalogdan
olinayotgan natijalarni
kompyuter ekranida ko‘rishi, printerda bosib chiqarishi va dis-
ketga yozib olishi mumkin.