• Kutubxonalar uchun Telematika (Kompyuterlashgan masofaviy aloqa)
  • Yevropada raqamli kutubxonalar faoliyati




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    8.2. Yevropada raqamli kutubxonalar faoliyati
    Raqamli kutubxonalar g‘oyasi yangilik bo'lm asada 1990-yil- 
    ga qadar real bo‘lmagan. Umuman ilk raqamli kutubxonalar 
    Amerika Q o'shm a Shtatlarida barpo etilgan bo‘lib, Aleksandriya 
    raqamli kutubxonasi loyihasi, Initsiativa raqamli kutubxonasi 
    loyihalari misol bo‘la oladi. Tez orada raqamli kutubxonalar 
    yaratish borasidagi g‘oyalar, madaniy qadriyatlarning saqlash va 
    yetkazishning yangi m uhim roq turi sifatida Yevropaga tarqal- 
    di. Bu o‘zgarishlar rivojlanishi turli darajada bo‘lgan Yevropa 
    m amlakatlariga tarqala boshladi. Yevropa turli xil rivojlanish- 
    dagi m am lakatlar bir-biriga juda yaqin joylashgan m intaqa- 
    lardan biridir. 0 ‘xshash madaniy qadriyatlar, bir-biriga yaqin 
    bo‘lgan m adaniy meros bu mamlakatlarni birlashtiradi. M azkur 
    asos Yevropa m am lakatlari orasidagi ham korlikni kuchaytiradi. 
    Hamkorlik an'analari Raqamli kutubxonalar yaratishda ham 
    saqlangan.
    Kutubxonalar uchun Telematika
    (Kompyuterlashgan masofaviy aloqa)
    Kutubxonachilik sohasi Yevropa Ittifoqining ilmiy tadqiqot- 
    lar va texnologiyalarni rivojlantirishning uchinchi va to‘rtinchi 
    dasturining bir qismi sifatida kiritildi. Bu dastur faoliyati doira-
    186


    sida kutubxonalar uchun telematika 1990-yildan 1998-yilgacha 
    muntazam iqtisodiy qo‘llandi. Beshinchi dasturda ham kutub- 
    xonalarning raqamlashtirish faoliyatiga doir loyihalar iqtisodiy 
    qollab-quvvatlandi.
    *CANDLE (Controlled Access to Digital Libraries in Europe
    — Контролируемый доступ к электронным библиотекам 
    в Европе)1 Yevropa elektron kutubxonalaridan foydalanishni 
    boshqarish nomli loyiha 1998-yilda boshlanib, 30 oy mobayni- 
    da davom etdi. Bu loyiha CaseLibrary loyihasida kutubxonalar 
    tom onidan nashriyotlar va yetkazib beruvchi agentliklar bilan 
    hamkorlik orqali olinadigan raqamli nashrlarni kutubxonachi- 
    larga tanishtirishga tomon yo‘naltirilgan. Loyiha koordinatorlari 
    m adridlik bo‘lib (Ispaniya), B.H. Blackwell Ltd. (Buyuk Bri- 
    taniya), Sough Bank University (Buyuk Britaniya), Universit di 
    Fierenze (Italiya) va National and Capodistrian University of 
    Athens (Greece) kabi muassasalardan ishtirokchilarni jalb qi- 
    lishdi.
    *CECUP (Central and Eastern European Copyright User 
    Platform центральная и Восточная Платформа Европейского 
    Copyright Пользователя)2. Bu Yevropa foydalanuvchilarining 
    m ualliflik huquqi platformasining Markaziy va Sharqiy Yevro­
    pa uchun davomi edi. Bu m ualliflik huquqi sohasida Markaziy 
    va Sharqiy Yevropada yuzaga keladigan muammolar, raqam­
    lashtirish va elektron xizm atlarning texnologik ishlanmasiga 
    bag‘ishlanadi.
    *DEBORA (Digital Access to Books of the Renaissance — 
    цифровой доступ к книгам эпохи Возрождения)3 Uyg‘onish 
    davri kitoblariga raqamli ega bo‘lish deb nomlangan loyiha 
    1999-yilning yanvaridan boshlab 30 oy davom etdi. Mazkur

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish