2002-yilda XML tili asosida MARCXML format ishlab chi
qildi. MARCXML formati yuqorida biz ko‘rgan yozuv formati-
dan farqli o‘laroq, maydonlar bir-biridan maxsus teglar yordami-
da ajratiladi, bu esa ularni tushunishni osonlashtiradi.
M a’lumki, hozirgi kundagi zamonaviy dasturlash tillarida
XML formatidagi axborotni qayta ishlovchi standart dasturiy
vositalar mavjud. Bundan tashqari M etadata
Object Description
Schema (MODS) sxemasi mavjud bo‘lib, u MARCXML yozuvi-
dagi ma’lumotlarni noraqamli tavsiflash, ya’ni matnli teglar yor-
damida tavsiflash imkoniyatini beradi.
Dublin core formati. Dublin core (DC) — metama’lumotlar
to‘plamidan tashkil topgan bo‘lib, kutubxonashunoslik va axborot
texnologiyalari sohasidagi standart hisoblanadi. Mazkur stan
dart asosan elektron hujjatlarni, xususan Internet tarmog‘idagi
ma’lumotlarni (matnli, ovoz, video, rasm va boshqa shakldagi)
tavsiflash hamda ularni izlab topishni tezlashtirish maqsadida ish
lab chiqilgan. Dublin Core Metadata Initiative — metama’lumotlar
standartini takomillashtiruvchi, mazkur standartlar- bo‘yicha
seminar va har xil tadbirlar o‘tkazuvchi tashkilotdir.
1. Title — sarlavha;
2. Creator — resursni ishlab chiqaruvchi (muallif);
3. Subject — sohasi;
4. Description — qisqacha ma’lumot;
5. Publisher — nashriyot;
6. Contributor — ishtirok qiluvchilar (hammualliflar);
7. Date — sana;
8.
Type - turi;
9. Format — format;
10. Identifier — identifikatsiya (ISBN, ISSN va boshqa raqamlar)
11. Source — manba (mazkur resurs joylashgan joy);
12. Language — til;
13. Relation — bog‘lanish;
14. Coverage — o‘z ichiga olgan m a’lumotlar;
15. Rights — mazkur resursga murojaat huquqi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, hozirgi kunda mazkur stan
dart kundan-kunga foydalanuvchilar orasida keng tarqalmoqda.
184
Mazkur standart resurslarni nafaqat kataloglashtirish balki o‘zaro
almashinishda ham qulay vosita vazifasini bajarmoqda. Bundan
tashqari MARC formatdan farqli ravishda mazkur standartda
maydon nomlari so‘zlar bilan belgilanganligi hamda unda may-
donlar sonining kamligi tufayli foydalanish jarayonida maxsus
bilim talab qilinmaydi.
Ushbu bo‘limda biz BY larni kataloglashtirish jarayonida foy-
dalaniladigan MARC formatlarni va DC standartini ko‘rib chiq-
dik. Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, AAKT ishlab chiqa-
rishda ixtiyoriy MARC formatga asoslanish mumkin, biroq
boshqa AAKTlar bilan BY almashinish jarayonida U N IM A RC
yoki MARC21 formatlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir.
Elektron kutubxonalar yaratishda esa MARC formatlarga emas,
balki DC standartiga asoslangan m a’qul. Chunki,
mazkur format
elektron resurslarni tavsiflash uchun mo‘ljallangan maxsus stan
dart hisoblanadi.
Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot kom-
munikatsiya texnologiyalari yordamida elektron kutubxonalar
barpo etish, korporativ tarmoq orqali ma’lumotlar almashish,
virtual muhitda xizmat ko‘rsatish borasida katta ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar jahon
andozalariga mos, jahon talablari doirasida bajarilishi yuqori
da ta’kidlanganidek, m uhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Oxirgi yillarda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tash
kil etishda bir qator
loyihalar amalga oshirildiki,'ular nafaqat
respublika kutubxonachilik ishini rivojlantirishga, balki, jahon
andozalariga mos ravishda shakllantirishga xizmat qilayapti.
Shu o‘rinda bu borada Yevropaning yetakchi mamlakatlarida
raqamli kutubxonalar barpo etish borasida amalga oshirilgan ish
tajribalarini o‘rganish, tahlil etish va o‘z faoliyatimizda qo‘llash
elektron kutubxonalarni shakllantirish
ishlarini yanada rivojlan-
tirishda katta natija berishi aniq. Shu maqsadda Yevropa m am
lakatlarida raqamli kutubxona fondlarini yaratish loyihalarini
o‘rganib qisqacha sharhlab o‘tam iz. Yevropada dastlabki raqamli
kutubxonalar yaratish loyihasi boshlanganiga o‘n yildan ziyod
vaqt o‘tdi. Bu davr mobaynida raqam li kutubxonalar rivojlanishi
185
bolalik davridan yetuklik davrga o‘tib, o‘z rivojlanishining muqo-
bil bosqichiga yetib keldi. Raqamli kutubxonalar tushunchasi,
ularning mavjud bo'lishlik mazmuni haqida fikr yuritar ekan-
miz, Internet tarm og‘ida juda ko‘p
raqamli kutubxonalarning
mavjudligi, ularning ko'pchiligi qat’iy standartlarga mos emas-
ligini ta’kidlash mumkin.Yevropada raqamli kutubxonalarning
rivojlanishi juda sermahsul. Oddiy kuzatuvchi sifatida Yevropada
raqamli kutubxonalarning rivojlanish yo‘nalishlarini, raqamli
kutubxonalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyi-
halarni sharhlaymiz. Yevropa raqamli kutubxonalarining rivoj
lanish tajribasini o'rganish asosida mutaxassislar o‘z raqamli ku-
tubxonalarini yaratishdagi faoliyatlarini
tizim li tashkil etishda
foydalanishlari mumkin.