kompyuter ekranlarida oddiy kartochkalar birin-ketin paydo
bo‘lishi kerak, degan flkrdadirlar.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday fikrlarni ko‘pgina
o‘quvchilar ham qo‘llab-quvvatlaydilar.
Endilikda mazkur yangi yo‘nalishga o‘tish uchun nimalar qili-
shimiz kerak?
Avvalambor, elektron katalogdan turli xil qidiruv
belgilari, ya’ni kalit so'zlar, mualliflar,
predmetli, kitob nomi,
yillar va hokazolar vositasida axborotni qidirib topish,
qidiruvni
muayyan muddat oralig‘ida chegaralash va boshqa qulayliklarni
yaratish zarurligini ta’kidlash joiz.
Amerika kutubxonasining EK va «atrof muhiti»,
Dastlab EKlar
AQSHda 1970-yillarda paydo bo'ldi.
Lekin fondiar himoyasi
sistemalarida bu allaqachon tatbiq qilingan edi. EKning paydo
bolishidan oldin ro‘yxatga olinmagan nashrlarni hisobga olish
muammosi hal qilingan birorta kutubxonani uchratish qiyin. Biz
bilamizki, amerika «Electronic collection security»
sistemasini
qo'llash 1964-yildan boshlangan va bu jarayon bir necha oyni
o‘z ichiga olgan. Bu esa kutubxonalarda yoqimli psixologik mik-
roiqlim yaratilishida katta foyda keltirdi.
Elementar texnik savollarga javob topilmagandan keyin elektro-
nika bilan shug‘ullanish shartmi degan savol tug‘ildi.
Kompyuter-
larning keng tarqalishi OPAC bilan umuman bog‘liq bo'lmagan
«circulation»ni kiritishga ruxsat berdi. Bunda kitob fond hisobi-
da va o‘quvchilar ham raqamlangan bo‘lgandan keyin, kompyu
ter faqatgina shu raqamlarni solishtiradi va natijada ekranda shu
o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Bu esa kutubxonalar
da uchraydigan turli noxushliklarning oldini oladi.
Foydalanuvchi
haqidagi ma’lumotlar ko‘p hollarda qo‘lda kiritiladi.
Ko‘rsatilgan har ikkala texnik yangiliklar o‘zaro bog‘liq.