• Biologik omillar.
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    Fizikaviy-kimyoviy omillar. 
    Fondlarni saqlashda nashrlardagi 
    mexanik, optik, kimyoviy xususiyatlarning yo'qolishi, masalan, 
    mo‘rtlanishi, noziklashishi, sarg‘ayishi va boshqa sabablarni o‘z 
    vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Fonddagi kitoblar 
    tayyorlangan materiallarning mexanik mustahkamligiga, ulardan 
    foydalanish va tanishish jarayonida ehtiyotkorlik bilan munosa- 
    batda bo‘lish orqali erishiladi. Ayniqsa, kitoblarni tanlashga alo­
    hida e’tibor berish lozim.
    Axborot beruvchi hujjatni tashkil etadigan qismlar qanchalik 
    mustahkam bo‘lsa, u shunchalik ko‘p xizmat qiladi. Masalan, teri 
    va latta jihozlaridan ishlangan kitoblar bizning zamonamizgacha 
    yaxshi yetib kelgan. Hozirgi gazeta jihozi tez sarg‘ayib ketadi, 
    chunki gazeta qog‘ozi quyosh nuri ostida haddan tashqari tez 
    buziladi. Hozirgi vaqtda yuqori sifatli qog'ozlar ustida izlanishlar 
    olib borilmoqda.
    Fondda deraza orqali tushadigan nurning kirishi chegaralani- 
    shi lozim va past cho‘g‘li lampalardan foydalanish kerak. Fondni 
    zararli yorug‘lik nurlaridan himoya qilishning eng oddiy vositasi
    — ko'chma stelajlardan foydalanishdir. 1930-yildan butun jahon- 
    da katta va yirik kutubxonalar uchun maxsus binolar qurish keng 
    tus oldi.
    Biologik omillar. 
    Yemirilishning biologik omillariga fondning 
    mikroorganizmlar (bakteriyalar, mog‘orzamburug‘i), hasharotlar
    kemiruvchilar tomonidan shikastlanishi kiradi. Axborot tashuv- 
    chilar, hujjatlar o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra organikdir. 
    Bakteriya va zamburug‘lar qog‘oz va kitobning muqova materia- 
    liga o‘rnashib, ularni tashkil etgan moddalar tuzilishini buzib
    kimyoviy o'zgartirib yuboradi.
    Fondda normal sanitariya hamda iqlim holatini saqlash yo‘li 
    bilan mikroorganizmlarning fondga zararli ta’siri yo‘qotiladi. 
    Zarur bo‘lib qolgan vaqtlarda kutubxonachilar fondxonani dez- 
    infeksiyalashni so‘rab sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga mu- 
    rojaat qiladilar. Fondni etilin oksid gazi bilan dezinfeksiya qilish
    164


    yaxshi samara beradi. Fond saqlash sharoiti buzilganda, fond- 
    xonada namlik oshib ketganda hasharotlar ko‘payadi.
    Kutubxonalarda quyidagi sichqonsimon kemiruvchilar: uy 
    sichqoni yoki kulrang kalamush uchraydi. Kemiruvchilarga qar­
    shi kurash g‘oyat qiyin, zararli kemiruvchilar paydo bo‘)masligi 
    uchun oziq-ovqat qoldiqlarini qoldirmaslik, pollarda teshiklar, 
    tirqishlar paydo bo‘lgan paytda zudlik bilan sanitar-epidemiologik 
    markazlarga murojaat qilish lozim. Qo‘shimcha chora-tadbirlar- 
    dan — turli xil qopqonlardan foydalanish kerak. Kemiruvchilarni 
    kimyoviy usulda qirish — zararli xo‘rak qo‘llash yaxshi natija be­
    radi. Kemiruvchilarni yo'qotishning kimyoviy va biologik vosita- 
    sini fondda 

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish