xonlarni kitobga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatini yoshligidan
asta-sekin tarbiyalab bormog‘i lozim. Shuni esda tutish kerak-
ki, kitobxonlarga munosabatni yoshlikdan to‘g‘ri yo‘lga sola ol-
masak, salbiy odatlar borgan sari ildiz otishi mumkin.
Zararli
odat va ko‘nikmalar avvalambor oilada, keyin bog‘cha, maktab-
da yo‘qolishi kerak. Bola har bir kitob — katta mehnat mahsuli
ekanini va mehnatni qadrlash kerakligini anglashi kerak. Bunday
ishontirishning eng ta’sirli
usuli
bolalarga kitobning «dunyoga
kelish» jarayonini ko£rsatishdir. Iloji bo‘lsa mehnat jarayonlarini
ko‘rsatish, ta’mirlashlarni o‘rgatish lozim
Kutubxona kitoblariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishning
m uhim ligini anglashni kitobxonning
ongiga singdirish uchun
kutubxonachi unda zaruriy ko‘nikm a, malaka va odatni tarbi-
yalaydi. Bu jarayon qanchalik oldinroq boshlansa, u shunchalik
ko'proq samara beradi. H ar bir kitobxon kutubxonadan foy
dalanish qoidalarini bilishi zarur. Kutubxonadan foydalanish
qoidasi va kitobni ehtiyot qilish qoidasi kutubxonaga kirave-
rishda ko‘zga tashlanishi zarur. Kutubxona kitoblarini ehti
yot qilishning asosiy qoidalari quyidagilar: kitobni bukla-
maslik,
kitobga yozmaslik, chizm aslik, turli narsalarni ichiga
solib qo‘ymaslik, sahifalarini buklamaslik, yirtmaslik, to‘g‘ri
varaqlash, to‘geri joyiga qo‘yish.
Kutubxona kitoblariga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish ular
ning shikastlanishiga, kutubxonaga o‘z
vaqtida qaytarilmas-
ligiga, yo'qolishiga, boshqa shaxslarga berib yuborilishiga,
o‘g‘irlanishga olib keladi. Qonunlarda kutubxona fondlariga
zarar yetkazgan shaxslar jinoiy va m a’muriy jazoga tortilishi
ko‘rsatib o‘tilgan.
Kitoblarning shikastlanishiga qarshi kurashish uchun kitob
xon hamda kutubxonachi kitob bilan madaniy muomala qila
bilishi kerak. Kutubxonachi foydalanilgan kitobni qaytarib
olayotganda
sahifalarini, tashqi holatlarini, rasmlar, chizma-
lar, fotonusxalar bor-yo'qligini tekshiradi. Mutolaa uchun olin-
gan kitoblar o‘z vaqtida qaytarilmasligiga qarshi choralar asosan
qarzdor kitobxonga zudlik bilan qaytarish tog'risida ogczaki yoki
yozma eslatishdan iborat. Kutubxonadan
foydalanish qoidasiga
163
binoan kitobxonga 2 martagacha eslatiladi. Kitob o‘g‘irlanishini
keltirib chiqaradigan sabablar asosan ayrim kitobxonlar saviyasi-
ning pastligi, ayrim kutubxonachilarning befarqligidir.