1 Library Classification Theory / Rai Technology University, 2014.—p .34
154
larga xizmat ko‘rsatishning ideal variantini, joylashtiradigan huj-
jatlar turini va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga
oladi. Natijada alohida kutubxonalar joylashtirishning bir turini
boshqa turlari bilan kitobxonlarning kitob tanlab olishini iloji bo-
richa osonlashtiradi va kitoblarning ko'proq o‘qilishiga, fondning
ko‘proq aylanishiga imkoniyat yaratib beradi. Fondlarning har xil
tarkibiy qismlari uchun joylashtirishning xilma-xil variantlaridan
foydalanish juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Lekin kuzatishlar, tadqiqotlar va tajribalar asosida alohida
turdagi kutubxonalar uchun fondlarni joylashtirishning namu-
naviy tizimi belgilangan va u m a’qul deb topilgan. Hozirgi davrda
kitoblarni joy-joyiga qo‘yish ikki guruhga bo‘linadi:
1. Mazmuniga qarab (sistemali, mavzuviy, predmet.)
2. Format belgilariga qarab (alifbo, sanasi, geografiyasi, formati,
tili va hokazo.)
Alifbosi va raqamiga qarab joylashtirishdan boshqalari o‘z
holicha fondlarni oqilona joylashtirish uchun yetarli boimaydi.
Shuning uchun ham fond uchun ko‘proq to‘g‘ri keladigan ikki
yoki undan ortiq belgilar birligi qo£llanadi. Masalan, sistemali
joylashtirish, odatda alifboga binoan joylashtirish bilan birla-
shadi, natijada sistemali-alifboli joylashtirish tizimi vujudga ke-
ladi. Jurnallar va gazetalarni joylashtirish uchun esa ko'pincha
sanasi bilan uyg‘unlikda alifboga binoan joylashtirish usulidan
foydalaniladi, natijada alifbo-sanasiga ko‘ra tartibga ^olinadi.
Yirik fondli respublika, viloyat yoki yirik tarmoq kutub-
xonalarida faqatgina ikkita belgi bilan chegaralanib bo‘lmaydi va
ko'proq belgilardan foydalaniladi. Masalan, juda xilma-xil til-
larga oid kitoblarni oladigan kutubxonalarda kitoblarning tiliga
katta e’tibor berib, sistemali-alifboli joylashtiriladi. M ana shu
joylashtirishda sistemali-alifbo belgisi til belgisi bo‘lib hisobla
nadi. Bundan tashqari ochiq fond sharoitida uning faol qismini,
ya’ni ko‘p o'qiladigan yoki kitobxonlar ko‘p talab qiladigan kitob
lar yaxshiroq, yoki yaqqol ko‘rinadigan joylarga joylashtiriladi.
Bundan maqsad, kitobxonlar talabini tez bajarish va ularning
vaqtini tejashdir. Bunga asosan kitoblarni sistemali-alifboli,
sanaviy belgilarni birlashtirish orqali, bolalar kutubxonalarida esa
155
kichik yoshdagilar uchun tematik-rasmli kitoblarni yoyma usulda
joylashtirish orqali erishiladi. Kamroq so'raladigan kitoblarni esa
kitob fondining ichkarirog‘iga joylashtirish maqsadga muvofiq.
Kitoblarning mazmunidan kelib chiqish sistemali va pred-
metiga ko‘ra joylashtirishning xarakterli belgisi bo‘lib, kutub
xona kitoblarini joylashtirishning boshqa usullaridan farq qiladi
va o‘zining ancha ustunliklariga ega. Bu usullarni qo‘llaganda
kutubxonachi kitoblarning qayerda joylashganini yaxshi biladi,
chunki u kitobni mazmuni bo'yicha izlaydi.
Bolalar kutubxonalarida kichik yoshdagilar uchun kitoblar
asosan mavzularga ajratib joylashtiriladi: «Vatanimiz tarixidan»,
«Hayvonot dunyosi», «Mashinalar haqida», «Ertaklar» va hokazo.
Tematik joylashtirishning o ‘ziga xosligi shundaki, u turli soha
adabiyotlarini u yoki bu mavzu doirasida to‘plash imkoniyatini
beradi. Bu xilda joylashtirish sistemali joylashtirishdan farqlana-
di va aniqlangan mavzu doirasida fondning bolim chalari, hatto
bo‘limlariga tegishli kitoblarni alohida mavzuga birlashtirish im
koniyatini vujudga keltiradi. Tematik usul sistemali joylashtirish
bilan to‘ldirilgan holda bir-biri bilan birlashadi va kitobxonga kitob
tanlashda ancha qulayliklar yaratadi. Masalan, « 0 ‘zbekistonning
mashhur san’atkorlari» mavzusi alohida ajratilma, unda mam-
lakatimizning taniqli va mashhur aktyorlari, musiqachilari, hofiz
va ashulachilari, kino ustalari, sirk artistlari, raqqosalari haqida
kitoblar o‘z aksini topadi. Natijada san’atni sevuvchi, u haqidagi
kitoblarni o‘quvchi kitobxonlar o‘z talablarini toliqroq qondirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kutubxonachi shu so-
hadagi kitoblarni to‘liqroq targ£ibot qilish maqsadida javon ichida
kichik ko‘rgazma tashkil qiladi va kitoblarni kitobxon ko‘ziga
yaqqolroq ko‘rsatish vositasidan foydalanadi. Tematik joylashtirish
abonement kutubxonachi uchun juda qulay va kitob targ‘ibotida
katta ahamiyatga ega.
Sistemali usulda kitoblar sohasi bo‘yicha joylashtiriladi, har
bir bo‘lim va bo‘limcha ichida kitoblar ko‘pincha mualliflari
yoki sarlavhalar alifbosi bo‘yicha, ya’ni sistemali-alifboli usulda
guruhlanadi. Kitoblarni sistemali joylashtirishga mazkur kutub-
xonada qo‘llanadigan klassifikatsiya jadvali yordam beradi.
156
Kitoblar sistemalashtirilganda, uning katalog indeksi, kata-
Iog kartochkasining pastki chap burchagida, javon indeksi esa
yuqori chap burchagida ko'rsatiladi va katalog indeksidan yirik-
roq bo‘ladi. Kitoblar asosan mana shu javon indeksiga qarab
joylashtiriladi. Masalan, tibbiyot kutubxonasida kardiologlarning
simpoziumi oldidan shu sohaga oid kitoblardan tashkil topgan
ko‘rgazma tashkil qilinib, axborot byulleteni nashr etilishi mum-
kin. Bunday joylashtirishning o‘ziga xos yutuqlari mavjud (uni
nemis kutubxonachisi I.M .Farank 1969-yilda taklif etgan), chun-
ki alohida soha yoki predmetga qiziquvchi kishilar bir vaqtda
o'zlariga kerakli ma’lumotlarni tezda olishlari mumkin bo‘ladi.
Adabiyotlarni mazmuniga qarab joylashtirish juda ko‘p ku-
tubxonalarda qo‘llanadi, lekin u barcha kutubxonalar uchun qulay
usul boiib hisoblanmaydi va uning o‘ziga xos kamchiliklari ham
mavjud. Ulardan biri:
1. Mazmuniy joylashtirish kitoblarni har tomonlama ko‘rsata
olmaydi, chunki ba’zi kitoblar mazmuniga ko‘ra bir necha so-
halarga tegishli bo‘ladi, lekin javonda faqat bitta bo‘Iimda
joylashtiriladi.
Boshqa bosma asarlar, audiovizual materiallar ham mavjud
gazeta va jurnallarga o‘xshab alohida mustaqil fondga ajra-
tiladi va ular boshqa tizimda, ya’ni sohalariga qarab ajratilib
joylashtiriladi.
2. Bunday joylashtirishda fondxonaning foydali joyidan tejam-
siz foydalanish ro‘y beradi. Javonda har xil shakldagi kitoblar
yonma-yon turadi va tokchalar orasini eng baland kitob bo‘yi
baravar qilib qoldirishga to‘g‘ri keladi, har bir javonda yangi oli-
nadigan kitoblar uchun qo'shimcha joy qoldirishga to‘g‘ri ke
ladi. Shunga qaramasdan keyin olinadigan kitoblar uchun joy
bo‘shatish maqsadida fondning ma’lum qismini vaqti-vaqti bilan
siljitib turish lozim bo‘ladi. Bu ish g‘oyat unumsiz va ko‘p mehnat
talab qilishdan tashqari fondni yangidan joylashtirish kutubxona
chi va kitobxonlarni unga qoniqishiga majbur qiladi.
3. Yirik kutubxonalarda sistemali joylashtirishni, kitoblar miq-
dori g‘oyat katta bo‘lganligi tufayli, barcha fond uchun joriy etish
maqsadga muvofiq emas. Bu tizim asosan ochiq fondli kutub-
157
xonalarda qo‘llanadi. Kitoblarni formal jihatiga ko‘ra joylashti
rishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda mazmun
uncha e’tiborga olinmaydi. Bu esa turli mazmundagi kitoblarning
butun fond bo‘yicha sochilib ketishiga olib keladi. Oqibatda kitob-
xonlar talablarini qondirish uchun katalogdan ma’lumot olish
lozim bo‘ladi. Formal jihatdan joylashtirish usuli uchun asosan
yirik ilmiy kutubxonalar qulaydir. Axborot resurs markazi kutub
xonalarida esa bu usul ko‘pincha oynoma, ro'znoma, audiovizual
materiallarini joylashtirishda ishlatiladi, shuningdek, sistemali
joylashtirishda yordamchi usul sifatida foydalaniladi. Bu turdagi
joylashtirishlar orasida mustaqil hamda yordamchi tarzda qo‘l!ash
mumkin bo‘lgan alifboga ko‘ra joylashtirish katta ahamiyatga
ega. Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirishda mazmuniga e’tibor
berilmay, aksincha, muallifning familiyasi yoki kitob sarlavha-
sining birinchi harfi e’tiborga olinib, shu asosda joylashtiriladi.
Bu usulda har bir muallifning asari bir joyga to'planadi. Odatda
alifbo formasi boshqa usullar bilan birgalikda ishlatiladi va u an
cha yaxshi samara beradi, lekin bu usul orqali kutubxonaning
butun fondini joylashtirib bo‘lmaydi. Chunki bu usul ancha mu-
rakkab va kutubxonadagi joyni tejashga xalaqit beradi, natijada u
ko‘proq sistemali-nomerli joylashtirishda yordamchi usul sifatida
ishlatiladi.
Respublikadagi barcha universal kutubxonalarda badiiy adabi-
yotni joylashtirishda
|