bo‘lib u hozirgi davrda ham ishlatiladi. 0 ‘zbekistonda M. Zoxi-
dova tomonidan «Lotin yozuvidagi muallif jadvali» yaratilgan1.
Yevropa va boshqa mamlakatlarda mualliflarning familiyasi, ismi
va otasining ismini yozish qadimdan qolgan. Lekin Sharq mam-
lakatlarida mualliflar ko'pincha o‘zining taxallusiga ega, ularning
ism-familiyasini aniqlash ancha murakkab. Masalan, G ‘arbda
Aleksandr Dyuma, Turgenev I.S.,
Sharqda Nozim Hikmat, Avaz
О‘tar, Alisher Navoiy, Li Shao, Kim Pen Xva va hokazo. Shuning
uchun ham faqat bitta jadvaldan emas, boshqa mavjud jadvallar-
dan ham foydalanish mumkin.
Keyingi yillarda kitoblarga m uallif
belgisini nashriyotlar
qo‘yadi. Bu esa kutubxonalar ishini ancha yengillashtiradi, ammo
mualliflar jadvallaridan foydalanish zarurligini bartaraf etmaydi.
Chunki nashriyot belgilagan mualliflar belgisi kutubxona qa
bul qilgan belgi bilan mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari
nashriyot ikki xonali m uallif jadvalidan foydalansa, yirik kutub
xonalar uch xonali jadvaldan foydalanadi.
Sanaviy joylashtirishni 1885-yili amerikalik kutubxonachi
U. S. Bisko taklif qilgan. Bu usulda kitoblar nashr yili bo‘yicha
to‘g‘ri sanaviy tartibda joylashtiriladi.
Mazkur usulda barcha
yangi kitoblar o‘tgan yili nashrdan chiqqanlaridan ajratilib, bitta
joyga qo‘yiladi. Sanaviy joylashtirish uchun ko‘pincha kitob nashr
etilgan yilni shifr qilib olinadi.
Kitoblarni katta-kichikligiga ko‘ra joylashtirish ancha qadimiy
bo‘lib, fransuz R. de Furvinal tomonidan XII asrda taklif qi-
lingan. Bunda kitob joylashadigan joy nihoyatda tejaladi. Bun
day joylashtirishda
kitoblarning bichimiga, ya’ni katta-kichikli
giga qarab bir necha guruhga bolinadi. Har bir guruh doirasida
esa muallif belgilari, tartib raqami yoki boshqa belgilarga qarab
joylashtiriladi. Odatda 3 ta asosiy guruh mavjud — 20 smgacha,
20—26 smgacha va 26 smdan baland.
Kutubxona fondining hajmi
300 mingdan ortiq bo‘lganda bu usul o‘zini oqlaydi.
Eng ko‘p tarqalgan o‘rta kattalikdagi kitob uchun ko‘pincha
soddalashtiriladi, bu o‘z-o‘zidan ana shu bichim ning shartli