• 1 Abdulwahab Olanrewaju ISSA, Fundamentals o f library and information science / Abdulwahab O. IS S A .- Ilorin Publisher, 2009.- p . 19 145
  • Tanlangan hujjatlar ichki va tashqi tuzilmaga mos kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi.
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    2-bosqich. Dastlabki tanlov.
    Kitob olish manbasi aniqlangan- 
    dan so‘ng kitoblarni tanlashga o‘tiladi. U besh bosqichdan iborat:
    1. Kitoblarning fondga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini formal 
    belgisiga qarab bibliografik qo‘llanmalardan ko‘rib tanlanadi.
    2. Ushbu bosqich ancha murakkab va qiyin bo‘lib, unda kitob- 
    ning mazmuniga, sohasiga, o‘qilishiga qarab tanlab olinadi. Bu- 
    ning uchun kutubxonachi malakali, bilimli, ko‘p sohani tushu- 
    nadigan, mantiqiy tahlil qila oladigan bo‘lishi lozim. Shundagina 
    kutubxonaga mos keladigan dolzarb, bilim beruvchi, mazmunli
    kitobxonni qiziqtiradigan kitoblarni tanlashi mumkin. Kitob 
    tanlashda kutubxonachi nashriyotlarning mavzu rejalarini sin­
    chiklab ko‘rib chiqib, muallifi, sarlavhasi, annotatsiyasini ko‘zdan 
    kechirib, u kimlarga mo‘ljallanganligiga asosiy e’tiborni qarata- 
    di. Xorijiy tildagi kitoblarni tanlashda beriladigan vatani, tilini 
    hisobga olib, mutaxassislarga kerakli fundamental bilimga ega 
    kitoblar tanlanishi muhimdir1. Kutubxonachi ilmning hamma 
    sohasini yaxshi bilmasligi mumkin, shuning uchun kitob tan­
    lashda ko‘pincha muayyan soha, fan mutaxassislari ishtirok etishi 
    ma’qul. Bu jarayonda kutubxonachi kitobxon bilan kitob o‘rtasida 
    vositachi rolini o‘ynaydi, demak, u ham kitobxonning talabini
    1 Abdulwahab Olanrewaju ISSA, Fundamentals o f library and information
    science / Abdulwahab O. IS S A .- Ilorin Publisher, 2009.- p . 19
    145


    qondirishni, ham kutubxona fondini sifatli to‘ldirishni o‘ylashi 
    lozim. Yirik kutubxonalar esa tanlashda xilma-xil soha kishilari
    ya’ni ekspertlardan foydalanadi, shunda fondda keraksiz kitoblar 
    kamayadi.
    3. 
    Tanlangan hujjatlar ichki va tashqi tuzilmaga mos kelishi yoki
    kelmasligi aniqlanadi.
    Butlovchi kitobga buyurtma berishdan oldin 
    ushbu kitobdan fondda bor yoki yo‘qligini, boshqa kutubxonalar­
    da qanchaligini, qanday o‘qi!ayotganIigini bilishi kerak. Shundan 
    so‘ng ushbu kitob kerakli bo‘lsa buyurtma beradi, kerak bo‘lmasa 
    buyurtma bermaydi.
    4. Kutubxonaga berilgan mablag‘ hisobga olinadi. Birinchi- 
    dan, berilgan mablag‘ni keraksiz kitoblarga sarflash davlatga ham, 
    kitobxonga ham foyda keltirmaydi, ikkinchidan, kerak kitoblarga 
    mablag‘ yetmasligi xizmat ko‘rsatishni yomonlashtiradi, kitob­
    xonning kutubxonadan ketib qolishiga sabab bo‘ladi. Almashuv 
    fondlari, depozitar kutubxonalar paydo bo'ladi. Kutubxonalararo 
    abonent to‘liq ishlamay qo‘ydi, kitob almashish yo‘q darajada 
    bo‘lib qoldi. Hozir kitoblar qimmatlashib ketdi. Endi ichki va 
    tashqi kitob almashuvini yo‘lga qo‘yish lozim. Kitob olishga ajra- 
    tiladigan mablag‘ning yetarli darajada bo‘lishi kutubxona faoli- 
    yatini yaxshilashning asosi va garovidir.
    5. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib dastlabki tanlov asosida 
    butlash boshlanadi. Joriy butlash esa davom etaveradi.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish