Fond bilan ishlash unga pasport tuzishdan boshlanadi. Pas-
portda fond haqidagi asosiy ma’lumotlar joylashadi: Fondning
nomi va joylashgan joyi, tarixi, hozirgi tarkibi, strukturasi va haj-
mi, kitob olish manbai,
yangilanish darajasi, kitoblarni joylashti
rish tizimi, saqlash, kataloglarda tavsif etilishi, foydalanish holati,
tekshirish davrlari va hokazolar.
Yuqoridagilarga asoslanib fond va uning bo‘limlarini hozirgi
ahvolini aniqlab, so‘ng kelajagi belgilab beriladi. Fondning ke-
lajagini aniqlayotganda unga ta’sir
etadigan obyektiv omilfarni
hisobga olish lozim:
1) Demografik, madaniy, ishlab chiqarish, sotsial vaziyatlar-
ning o‘zgarishi va kitobxonlarning talablari.
2) Nashriyot va kitob savdosidagi o'zgarishlar.
3) Kitobga qo‘yiladigan narx-navoning o‘zgarishi.
4) Boshqa tashkilot kutubxonalari,
kooperativ va kutubxonalar
faoliyati.
5) Kutubxonadan foydalanish vaqti, miqdori va tarkibi.
Kutubxona fondi m odelini tuzishda avvalo kutubxona oldi-
da turgan vazifalardan kelib chiqiladi. Bu vazifalar davlat,
xalq xo‘jaligi, kutubxonachilik ishining rivojlanishidan,
kitob
va axborot ishlari ahvolidan kutubxona Nizom idan, shu joyda
joylashgan tashkilot va muassasalar faoliyatidan kelib chiqadi.
Yuqoridagi om illar kutubxonaning yo‘nalishiga mos kitoblar bi
lan to ‘ldirishga yordam beradi. Qo'shim cha mavzudagi kitoblar
boshqa kutubxonalar fondini hisobga olish natijasida aniqlana-
di.1
Modelni yaratishda kitobxon talabini ham hisobga olish lozim.
Bunda
uning kasbi, mutaxassisligi, yoshi, qiziqishi ahamiyatli-
dir, chunki ular qaysi mavzudagi, janrdagi,
turli xildagi kitoblar
kerakligini belgilab beradi. Bu yerda fond bilan ishlovchi xodim
kitobxonni qaysi talablari umumiy, qaysilari xususiy yoki juda
kerakligini aniqlaydi, chunki ushbu
talablar nechta nusxa kitob
olishni belgilab beradi. Ba’zi talablar esa boshqa kutubxonalar
hisobiga qondirilishi mumkin.