Y o ‘ldoshev E, Rahimova. Hujjat fondlari




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

1 Y o ‘ldoshev E, Rahimova. Hujjat fondlari.
131


qarshiliklarni ishlatish, fondni kitobxon talabiga moslashtirish 
kutubxonaning asosiy vazifasi va kelajagi hisoblanadi.
Kutubxona fondining kutubxona xodimlari bilan qarama- 
qarshiligi shundaki, kutubxona fondini shakllantirishni tashkil 
qilish uchun kutubxonachi doimo o‘z malakasini oshirib bori­
shi lozim. Kutubxonachi o‘z fondini doim mukammal to £ldirib 
borishi va ularni yaxshi saqlash uchun binoni kengaytirishi, 
xonalarning yetarli bo‘lishiga erishishi lozim. Kitobxonlarning 
to‘lib ketishi, joyning yetmasligi, avtomatlashtirishga mos- 
lashmaganligi, bo‘limning har xil joyda joylashuvi va hokazo- 
lar shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kutubxona fondini 
kitobxon talabiga moslab shakllantirishning asosiy usullaridan 
biri — fondni o‘zining ixtisosiga mos kitoblarni olish, fondning 
to‘liqligini saqlab qolishdir.
Kutubxona fondini shakillantirishda kerakli hujjatlar kitoblar 
olamidan shunday saralab, tanlab olinadiki — bu kitobxonga zarur 
kitobni o‘qish imkoniyatini yaratadi. Kitobxonning axborotga 
bo'lgan ehtiyojiga qarab adabiyotlar bilan ta’minlash kutubxona- 
chining vazifasidir. Bu o‘z navbatida kutubxona fondini tashqi 
muhit bilan o‘zaro aloqasini va o‘zaro ta ’sirini aks ettiradi. Ku­
tubxona fondini kitobxonlarga bemalol tanlab olish imkoniyatini 
yaratuvchi kitob olamini tashkil eta oluvchi, har xil mavzudagi 
muammolar, qiziqarli kitoblar bilan ularni jalb etishi, qiziqishla- 
rini chuqurlashtirish, kengaytirish lozim. Saralab tanlash prinsipi 
kutubxona fondini shakllantirishning bosh prinsipi bo‘lib qolgan 
prinsiplar shunga asoslangandir. Muvofiqlash, moslash prinsipi 
mamlikatda chiqayotgan ko‘plab kitoblardan bizga ushbu kerakli 
hujjatlarni tanlab olishni o‘rgatadi. Kutubxonaning vazifasi ham 
o‘zining turn va xili, tarmog‘iga, kitobxonlar talabi va so‘rog‘iga 
moslab, kerakli kitoblarni olib o‘z fondini shakllanririshi kerak. 
Mamlakatimizda xilma-xil axborot-kitubxona muassasalari mav­
jud. Masalan, oliy o‘quv yurti, kollej va litsey, umumta’lim o‘rta 
maktablarning axborot resurs markazlari va boshqa kutubxonalar 
o‘zining kitobxonlariga moslab kitob oladilar.
Ushbu kutubxonalar oldiga qo'ygan vazifasiga qarab kitoblarni 
saralab tanlaydiki, bu mazkur kutubxona tarmog‘iga mos keladi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Y o ‘ldoshev E, Rahimova. Hujjat fondlari

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish