Kutubxona fondining xususiyatlari




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

Kutubxona fondining xususiyatlari.
Har qanday moddiy boy- 
lik singari kutubxona fondi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Kutubxona fondining ko‘pgina xususiyatlari bor - ular fondning 
rivojiga asos bo'ladi.
Xususiyatlari:
agar o‘ziga xos axborot va bilim manbasiga ega 
bo‘lsa-yu, lekin ular orasida ichki bog‘liqlik mavjud bo‘lmasa, 
ya’ni fond tarmog‘iga to‘g‘ri kelmasa, bunday fondni kutubxona 
fondi deya olmaymiz.
Agar kitoblar mazmuni jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa, 
to'ldirilsa, kitobxon talabiga javob beradigan to‘la jamlangan 
bo‘lsa — kutubxona fondi deb ataymiz.
Kutubxona fondidagi hujjatlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, 
kamchiligi doimo to‘ldirib borilsa bunday fondni to‘liqlik deb 
ataymiz. To‘liqlik, ya’ni fondning o‘zaro kelishuvi, bog‘liqligi va 
o‘zaro harakat birligi bilan ifodalanadi. Kutubxona fondi — bu 
tarkibiy bo‘laklar (kichik fondlar)dan tashkil topgan butunlikdir. 
Kutubxona fondining butunligi uning bo‘laklarga (bo‘limlarga) 
bo‘linishi (differensiatsiya) va birlashishi asosida tashkil topadi. Bu 
yerda qarama-qarshiliklarning birligi va ularning kurashish qo- 
nuniga asoslaniladi. Butunlikni saqlab qolish kutubxonalar oldiga 
qo'yilgan maqsadga ham bog‘liq. Shu maqsadga qarab kutubxona 
o‘z fondini xilma-xil kitoblar bilan to‘ldiradi. 0 ‘zining ichki va
127


tashqi aloqalari bilan kutubxona fondi kichik tizim hisoblanadi. 
Kutubxonachilar kitobxonga kerakli kitoblarni aniqlash va shun- 
ga o‘xshaganlarini olishga harakat qiladilar. Fondning ochiqligi 
kitobxonga kerakli bo‘lgan axborotni beruvchi kitoblarni (ilmiy, 
badiiy, estetik va hokazo) olish imkoniyatini beradi.
Kutubxona fondini ko‘pincha tashqaridan hech nima ta’sir 
qilmaydigan va tashqariga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydigan 
yopiq tizim deyishga harakat qilishadi. Bu noto‘gri. Dunyoda 
bo'layotgan voqea va hodisalarning matbuotda yoritilishi fond­
ga ta ’sir etsa, fond o‘z manbalari, kitobxonlari orqali tashqariga 
kuchli ta’sir ko'rsatadi. Natijada fondning ichida kam miqdoriy 
va mazmuniy o‘zgarishlar yuz beradi. Ular fondga tushadigan 
yangi kitoblar va undan chiqarilayotgan eski kitoblar bilan ham 
bog‘liq, ya’ni dinam ik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Lekin shu bilan axborot-kutubxona fondi bir qator xususiyatga 
ega bo‘lib, unga tushadigan hujjatlarni o‘ziga qabul qilib olavera- 
di (statik). Bu yerda dinam ik o‘zgarib turishi va uning barqaror 
turg‘unligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudki, bu fond bilan 
doimiy ish olib borishni talab qiladi ham da uning rivojlanishiga 
yordam beradi.
Fond qanchalik katta bo‘lsa, undagi kitoblarning aylanishi 
shuncha kam bo‘ladi. Masalan, yirik kutubxonalarda fondning 
15 foizi aylanishi mumkin. Bu jarayon qonuniy, uni to‘xtatib 
bo'lmaydi, lekin fondning aylanishini ko‘paytirish uchun passiv 
fond odatda depozitariyga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ochiq 
fonddagi ba’zi o'qilmagan kitoblar yopiq fondga o‘tkaziladi yoki 
aksincha yopiq fonddagi ba’zi kitoblarni ochiq fondga o‘tkazib, 
fondning tezkor harakat qilish xususiyati ta’minlanadi.
Kutubxona fondining yana bir xususiyati uning tarqoqligi 
va bir joyga to‘planganIigidir. Kutubxona fondi kutubxonalar 
o‘rtasidagi almashuv, kitobxonga kitob berilishi natijasida tarqa- 
lib turadi. Lekin shu bilan birga bir joyga to'plangan holda turadi. 
Juda ko‘p miqdordagi xilma-xil kitoblarning bir joyda to‘planib 
turishining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Yirik kutub­
xonalarda minglab kitob bo'lib, ular uzoqdagi kitobxonlarga yetib 
bormaydi.
128


Uni tezroq tarqatish, kitobxonga yetkazish uchun kitob be- 
rishni, axborot berishni avtomatlashtirish lozim. Bugungi kunda 
axborot-kutubxona muassasalarida elektron kutubxonalarning 
tashkil etilishi, korporativ tarmoqning mavjudligi, turli virtual 
xizmatlarning joriy etilishi — AKM larida mavjud resurslarni 
aholining keng qatlamiga yetkazishga xizmat qilmoqda. Ku­
tubxona fondining yana bir xususiyati — ehtimolligidir. Fondni 
hech qachon kitobxonning talabiga yuz foiz mos keladigan holda 
to‘ldirish mumkin emas. Hujjatlarni tanlash, fondni tashkil etish 
va undan foydalanish o‘zining mohiyatiga ko‘ra ehtimollik xarak- 
teriga ega.
Chunki, kitob tanlovchi (kutubxonachi) hali muayyan mav- 
zudagi, sohadagi kitob qanchalik o‘qiladi, qanchalik kerakligini 
aniq bilmaydi, shu sababli u nashriyotlarning mavzuviy rejasidagi 
kitoblarni ehtimollik bilan tanlab oladi. Kutubxona fondining 
yana bir xususiyati boshqarilishdir. Fondning ham m a xususi­
yatlari boshqarish natijasida namoyon bo‘ladi. Kutubxona fon­
dini ichki va tashqi muhitning ta’siri asosida, kutubxona oldidagi 
maqsadiga qarab boshqarib borish lozim. Fondni boshqarishda 
har bir ish jarayoni puxta o‘ylab, takomillashtirilib boriladi. Nati- 
jada fond o'zining butunligini, barqarorligini, saqlab qoladi. Bu 
jarayonlarni fondni boshqarish nazariyasi o‘rgatadi. Yuqoridagi 
xususiyatlar kutubxona fondining ishonchliligi xususiyatida aks 
etadi. Bu xususiyat fondning to‘liqligini, xizmat qilishga tay- 
yorligini, yaxshi ishlashini, doimiyligini ifodalaydi* Fondning 
ishonchli bo‘lishiga juda ko‘p omillar ta ’sir etadi.
Kutubxona fondi ilmiy tushuncha sifatida o‘zining belgi va xu- 
susyatiga ega. Ushbu holati uni kitob do‘koni, kutubxona kollek- 
tori, arxivdan ajratib turadi. Kutubxona fondi — kitobxonlarga 
atalgan hujjatlar saqlash va foydalanish, tartibga solish, kutubxo- 
naning turiga, tarmog‘iga moslangan kitoblar yig‘indisidir. 0 ‘zini 
sifat xususiyatlariga ko‘ra kutubxona fondi butun, ochiq ehtimoliy, 
boshqariladigan, ishonchli tizimdir. Avtomatlashtirilgan tizimlar- 
da «hujjat» tushunchasi ma’lumot m a’nosida yuritiladi. Chunki 
mashinalar tomonidan ma’lumotlar hujjatlardan olib beriladi. 
Kutubxona fondi kitoblar ko‘p bo‘lganligi uchun uning modeli
129


tuziladi, ya’ni tavsif qilinadi va ushbu kartochkalar katalog va 
kartotekalarda joylashtiriladi. Informatikada bu holat ikkilamchi 
hujjat deyiladi. Katalog va kartochkalar kutubxona fondi tarkibi- 
ga kirmaydi. Kutubxona fondi o‘zining mustaqil obyektiga ega 
bo‘lib, kutubxona fondi haqidagi bilimdir. Kutubxona fondshu- 
nosligining predmeti — kutubxona fondini nazariy jihatdan tizim 
sifatida har tomonla o‘rganishdir.

Download 5,22 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish