ko‘lamiga ko‘ra, axborot-kutubxona
fondlarining mazmuni va
belgilangan maqsadiga ko‘ra universal hamda maxsus axborot-
kutubxona muassasalariga bo‘linadi.
Universal axborot-kutubxona muassasalari
axborot-kutubxona
fondlarini bilimning turli sohalari bo‘yicha shakllantiradi va turli
toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qa-
noatlantiradi.
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona
fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo‘yicha
shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga
bolgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi. Axborot-kutubxona fondi
ni shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari
va vazifalariga
muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan
o‘tkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi1.
H ar xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda
umumiy
xususiyatlar mavjud. To'ldirishning prinsiplari, ilmiy asos-
langan
shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar
uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fon
dini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qiladi. Kutubxona
fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish
nazariyasi va amaliyotida
kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi (turi)
dan kelib chiqiladi. Masalan: universal kutubxonalar o‘z fondini
keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallasa, ilmiy va maxsus kutub
xonalar asosan ilmiy xodimlar, mutaxassislarga mo‘ljallab
kitob
olishga harakat qiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va
tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. M a
salan: universal kutubxonalar ilmiy-ommabop,
badiiy adabiyot,
darsliklar, texnika adabiyotlar ini olsa, ilmiy kutubxonalar fondida
monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy
tildagi kitoblar mavjud
bo‘ladi. H ar xil turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar
tanlashda ham farq qiladilar2.