Y o'ldoshev E., Raximova M. Hujjat fondlari. - Т., 2004. - 78-b




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

1 Y o'ldoshev E., Raximova M. Hujjat fondlari. - Т., 2004. - 78-b.
116


Kutubxona tizimiga kutubxona fondlaridan tashqari yana an­
cha tizimchalar kiradi, masalan, kitobxonlar (K), axborot-kutub­
xona mutaxassisi (KM), moddiy-texnika bazasi (MTB) va hokazo. 
Bundan tashqari, paydo bo‘lib, yo‘qolib turadigan tizimlar ham 
mavjud. Kutubxona fondi vujudga kelishida ma’lumot qidiruv 
apparatining (MQA) ahamiyati katta. Kutubxona tizimida har 
bir tizim o‘ziga xos vazifani bajaradi, natijada bir tizimning tu- 
shib qolishi butun tuzilmaning yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, 
kitobxon yoki MTB bo‘lmasa va hokazo.
Kutubxona fondi kutubxonaning barcha tizimchalari bilan 
bog‘liq. Bu bog‘liqlik ikki xildir.
1) to‘gridan to‘gri aloqa
2) qaytma (aks) aloqa
Kutubxonadagi hujjatlarning soni va mazmuni kitobxon­
lar soniga, tarkibiy qismiga, kitobxon talabiga juda katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Kutubxonaning fondi katta bo‘lib, mazmuni kitob­
xonlar talabiga javob bermasa, u yerda o‘qiydigan kitobxonlar 
soni ozayib ketadi. Fondning tarkibiy qismi va mazmuni kitobxon 
talabi va qiziqishiga mos kelsa-yu, lekin kitoblar soni oz bo‘lsa, 
bu holda ham o‘quvchi talabi qondirilmay qoladi.
Kutubxona fondidagi har bir o‘zgarish kitobxonlarning 
ko'payishi va kamayishiga olib keladi. Masalan, umumta’lim 
maktabi kutubxonasida o‘quv-uslubiy materiallarining kamligi 
o'qituvchilarni boshqa kutubxonalardan foydalanishga ‘majbur 
qiladi.
Umuman, kitobxon kutubxonaga unda saqlanayotgan resurs- 
larga qarab baho beradi. Chet elda bu muammo boshqacha hal 
qilinadi. Agar kutubxonada kitob bo‘lmasa, uni tezda boshqa ku­
tubxonadan olib kelib berishadi yoki talab qilinadigan kitoblar 
nusxa ko‘paytirish apparatida ko‘paytiriladi, boshqa kutubxona­
dan telekanal orqali ma’lumotni ekranga tushirib berib, kitob­
xon talabi qondiriladi. Bugungi kunda Axborot-kutubxona muas- 
sasalarining korporativ tarmoqlari orqali respublikaning har bir 
chekkasida mavjud axborot-kutubxona muassasida kerakli bo‘lgan 
resursni olish imkoniyati yaratilgan. Kutubxonada hujjat (H) va 
kitobxon (K) elementlari o‘rtasidagina uzviy aloqa bo‘lib qolmay,
117


ushbu aloqada vositachi maslahatchi bo‘lib turgan axborot-ku- 
tubxona mutaxassisi (KM) elementi ham aloqaning uzviyligiga 
javob beradi.
Demak, kutubxona fondi hujjat (H), kitobxon (K), axborot- 
kutubxona mutaxassisi (KM) elementlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
uzviy bogMiq ekan. Hujjat o‘zining mohiyatiga ko‘ra ikki xil: 
birinchidan, ma’naviy, g‘oyaviy, badiiy xususiyati bo‘lsa, ikkin- 
chidan, u predmet xususiyatiga ega bo‘lib, o‘ziga xos xonalarda 
saqlanadigan, hisobga olinadigan, qayta ishlanadigan, qidiriladi- 
gan va foydalanadigan moddiy buyum hisoblanadi.
Shuning uchun ham har bir kutubxona binosi fondning tarkibiy 
qismi, mazmuni, xizmat ko‘rsatish tarkibi va hokazolarga qarab 
qurilishi, bino arxitekturasida ana shu talablar hisobga olinishi 
kerak. Bundan tashqari fondni risoladagidek joylashtirish uchun 
binoni moslashtirish lozim.
Demak, kutubxona fondi kutubxonaning faoliyat ko‘rsatishi 
uchun eng muhim tuzilma bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ham:
1. Axborot-kutubxona muassasasini fondsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi.
2. Axborot-kutubxona fondi orqali kutubxona o‘zining ijtimoiy 
vazifasini bajara oladi.
3. Axborot-kutubxona fondining soni va mazmuni ijtimoiy 
hayotning rivojlanishiga, taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
4. Axborot-kutubxona fondi va uning mazmuni Axborot-ku- 
tubxona muassasasining turi va xilini aniqlab beradi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Y o'ldoshev E., Raximova M. Hujjat fondlari. - Т., 2004. - 78-b

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish