Qaytma aloqa.
Axborot-kutubxona fondi o‘z navbatida boshqa
element va tuzilmachalarning ta’sirida yashaydi.
a.
Kitobxonning ta’siri. Avvalo kitobxonlar soni va ularning
talabi kutubxona fondini shakllantirishda asosiy omil bo‘lib hi
soblanadi.
Kutubxona fondining
turi, xili, olinadigan hujjatlar kitobxon
larning ijtimoiy-demografik xarakteriga bog'liq. Ularning talabi
va qiziqishi kutubxona fondida qanday kitoblar bo‘lishini aniqlab
beradi. Fond muammosini amaliy jihatdan hal qilish, o'rtacha
o‘qish, qatnov, kitobning aylanishi, kitobxon soni va hokazolar
haqidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Hozirgi zamon kutubxona
118
fondini shakllantirish nazariyasining uslubiy va nazariy asosini
«moslashtirish qonuni» tashkil etadiki, bunda fondning hajmi
va tarkibiy qismi muayyan vaqtda kutubxona oldida turgan vazi-
falarga bogliq. Bu asosan kitobxonning talabi, qiziqishi, so‘rog‘i
va axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir.
b.
Kutubxonachining ta ’siri.
Kitobxon va hujjat o ‘rtasidagi asosiy
vositachi kutubxonachi bo‘lib hisoblanadi. Kutubxonachi kitob
xonning yoshiga, sohasiga, qiziqishiga qarab hujjatlarni to‘playdi,
tartibga soladi, targ‘ibot qiladi. Kitobxonga axborot beradi, om-
maviy tadbirlar o‘tkazadi, o‘qish madaniyatini tarbiyalaydi va ho-
kazo.
v.
Kutubxona moddiy-texnika bazasi (MTB) ta ’siri.
Kutubxona
fondiga kutubxonaning binosi, xonalar joylashuvi, undagi texnika
vositalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Kitoblarni olish, joylashtirish,
saqlash, kitobxonga yetkazish, ularga ishlov berish va boshqa-
lar MTBning ahvoliga bogliq. Misol keltiradigan bo‘lsak, oddiy
kutubxona bilan avtomatlashgan kutubxona o‘rtasida katta farq
mavjud. Agar kutubxona ishlari avtomatlashtirilsa kutubxona
chining jismoniy harakati kamayadi, kitobxon talabi o‘z vaqtida
bajariladi.
Nusxa olish, telekanal orqali buyurtma berish, kompyuterga
yozib olish, xotirasiga joylash va hokazolar o‘z vaqtida bajariladi.
Demak, MTB kutubxona fondining samarali yoki samarasiz ish-
lashining garovi ekan.
Kutubxona fondi kutubxonada ichki va tashqi vazifani ham
bajaradi. Insoniyat barpo etgan ijtimoiy tizimda kutubxona fondi
ham jamiyatga nihoyatda kerakli bo‘lib, insonlarning o‘qishga
bo‘lgan talabini qondirish vazifasini bajaradi. Yozuvning paydo
bo‘lishi va kitob vujudga kelishi insoniyatning katta yutug‘i, chunki
kitoblarsiz biz o‘z tariximiz, madaniyatimiz, ma’naviyatimizdan
bexabar bo'lib qolar edik.
Jamiyat tomonidan chiqarilayotgan hujjatlarni bir joyga
to‘plash (kumulyatsiya), tartibga solish va saqlash lozim. Bu ish-
ning bir qismini kutubxona fondi bajaradi. Shuning uchun ham
kutubxonani jamiyatning ilmiy, ishlab chiqarish, madaniy boy-
liklarini saqlovchi nurxonasi deb ataydilar. Faqatgina hujjatlarni
119
saqlash kutubxonaning asosiy vazifasi emas, balki uni jamiyat
a’zolariga yetkazib berish o‘qitish, bilimini oshirish, tarbiyalash
kabi vazifalari ham mavjud. Demak, kutubxona fondi zukko in-
sonlar tomonidan vujudga keltirilgan xotira (memorial) hamdir.
Hujjatlarni to'plash va saqlash jamiyat talab qiladigan vazifa
bo‘lib, bu kutubxona fondining tashqi tuzilma sifatidagi vazifasiga
kiradi. Bunday vazifalarni yirik milliy kutubxonalar, depozitariy-
lar, kitob palatalari, arxiv va hokazolar bajaradi.
Kutubxona fondi kutubxonaning kichik tizimi hisoblanib faqat
o‘ziga xos vazifani bajaradi, bu vazifa butun tuzilmaning vazi
fasi, chunki kutubxona fondisiz kutubxonaning o‘zini tasavvur
qilish mumkin emas. Kutubxona fondining vazifasi kutubxona
faoliyatining asosini tashkil etadi. Bu vazifa so‘zning etimologi-
yasida mujassamlangan. Fond so‘zi nemischa «der fond» «fon»,
ya’ni nim anidir asosi m a’nosini bildiradi. Bu so‘z nemischaga
fransuzchadan, unga lotinchadan kirib kelib tag, yer, asos degan
ma’noni anglatadi. Fond bilan ishlovchi kutubxonachi kitobxon
larning axborotga bo‘lgan talabini bilgan holda ularni muayyan
hujjat bilan ta’minlashi lozim.
Kutubxona fondi axborot berish vazifasini bajaradi. U kutub
xonaning madaniy-ma’rifiy, pragmatik, dam olish va boshqa
vazifalarni bajarishida faol ishtirok etadi.
Jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga kutubxona va uning
fondi katta ta’sir ko‘rsatgan. Insoniyat tomonidan yaratilgan bi-
lim larni keyingi avlodga yetkazish niyatida yozma manba paydo
bo‘Iadiki, biz uni hozir hujjat (dokument) deb ataymiz («docy-
ment» — lotincha o‘qiyman, xabar beraman ma’nolarini anglatadi).
Maxsus moddiy narsaga yozilgan axborot beruvchi material hujjat
deb ataladi. Hujjat qog‘ozda, tasmada, plastinkada va hokazolarda
bolish i mumkin. Hujjat kutubxona fondini tizim (sistema) sifa
tida vujudga kelishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Hujjat termini
1990-yillardan boshlab qo‘llanila boshlandi, chunki kutubxonada
faqat kitob emas, boshqa matnlar ham saqlanadi. Masalan, jur-
nal, gazeta, audiovizual materiallar va hokazo. Hozirgi davrda
matbuot asarlari kutubxona fondining asosini tashkil qiladi. U
qulay va har kim o‘zining imkoniyatiga qarab o‘qiydi, tushunadi.
120
Kitobxon kitobdan xilma-xil ma’lumotlar oladi, hayajonlanadi,
sevinadi, kuyunadi va o‘z ehtiyojini qondiradi. Lekin audiovizual
materiallar, kinofoto hujjatlar kabi hozirgi davr mahsulotlari ham
borki, ular tezlikda ko'rgazmali axborot beradi, bu ham hozirgi
kitobxon uchun qulay va foydali.
Kitobxon o‘ziga kerakli materiallarni bir necha nusxa tarzi-
da olish imkoniyatiga ega. Hujjatni kompyuter xotirasida ham
saqlashi, xohlagan vaqtda undan axborot olishi mumkin. Hujjat
kutubxona fondini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib,
uning o‘ziga xos alohida xususiyatlari mavjud. Hujjatlardan foy-
dalanish jarayonida undagi axborot hech qachon kamayib qol-
maydi.
Hujjat insoniyat tomonidan to‘plangan barcha bilimlarni
o‘zida aks ettiradi va uni insonlarga yetkazib berishdek vazifani
kutubxona bajaradi. Shuning uchun ham shunday hujjatlar fon-
diga muhtoj muassasa yoki tashkilotlarning yashashi va ishlashi
uchun kutubxonalar garov bo‘lib xizmat qiladi. Kutubxona fondi
qanchalik to‘g‘ri tashkil qilinsa, faqat birgina kutubxona faoli-
yati emas, balki bir xil tipdagi kutubxonalar faoliyatini takomil-
lashtirish, sifatli ishlashiga erishish mumkin. Kutubxona fondi-
ning tuzilishini bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan belgilar tashkil
etadi.
Kutubxona fondini tashkil etishda kutubxona uchun zarur
bo‘lgan belgilar aniqlab olinib, keyin ular ahamiyati bo‘yicha
taqsimlanadi, ya’ni joy-joyiga qo‘yiladi. Ba’zi kutubxonalar uchun
ahamiyatli bo‘lgan belgi hujjatning mazmuni, ikkinchilari uchun
shakl, uchinchilari uchun vazifa, to‘rtinchilari uchun — mavzu-
larning qiymati, bebaholigi bo lish i mumkin. Keyin pastroq aha
miyatli belgilar aniqlanib olinadi. So‘nggida hujjatning javondagi
o‘rni belgilanadi.
Hujjatlarning o‘zaro aloqalariga qarab kutubxona fondi tu-
ziladi. Kutubxona fondining asosini hujjatlar tashkil etar ekan,
fondni tuzishda ular o‘rtasidagi aloqani saqlab qolishi zarur. Huj
jatlar mazmuni, shakli, maqsadi bo‘yicha har xildir. Lekin kitob-
xonni birinchi navbatda uning mazmuni qiziqtiradi. Shuning
uchun ham kutubxonashunoslikda fond klassifikatsiya (tasnif)-
121
lanadi, shunga asosan kutubxonalar ham kitobxonning har to-
monlama rivojlanishini nazarda tutib, kutubxona fondini maz
muni bo‘yicha universal, ilmiy xarakterdagi, sohalarga ajratilgan
maxsus fondlarga bo‘ladilar. Kutubxona fondi tuzilishida kitob
ning mazmuni bilan birga shakli ham ahamiyatli, chunki u faqat
fondni emas balki kutubxona tipini ham belgilab beradi. Masa
lan, Jahon tillari universiteti kutubxonasi belgi qilib tilni olgan.
Hozirgi davrda nashr etilmagan manbalar ham kutubxonalar
da ko‘payib bormoqda. Masalan, ilmiy-texnika kutubxonalarida
60 foizga yaqin nomda xilma-xil hisobotlar, chet el taassurotlari,
standartlar, chizmalar, tarjimalar, deponent qilingan manbalar
saqlanadi. Ushbu manbalar referatlanadi, mikrofilmga olinadi va
axborot beriladi. Hozir yirik kutubxonalarda deponentlar fondi
tashkil etilgan. Hozir hujjatlarning hajmini qisqartirib, uni foto,
diazo, elektro va boshqa usullar bilan nusxa ko‘chirib saqlash
keng qo‘llanmoqda. Texnika jihatdan rivojlangan mamlakatlar
kutubxonalarida bosma va nusxasi ko'chirilgan materiallar ik
kinchi o‘ringa chiqib, ularning o‘rniga elektromagnitli mashi
na qabul qiladigan manbalar (printer-mashinka qabul qiladi-
gan m atnni bosma matnga aylantiruvchi forma, telefaks m atnni
kompyuterga solib beradigan forma) kelmoqdaki, ular orqali huj-
jatdagi axborotni kitobxonga u xohlagan tarzda yetkazib beradi.
Bu formada juda ko‘p apparatlar ishlatiladi va undan olingan
materiallarni saqlab kitobxonga yetkazish mumkin. Hozir undan
ham mukammal texnikadan foydalanib axborot manbalari yara-
tilmoqda. Bular raqamli optik disklar, kompakt disklar bo‘lib,
ulardan foydalanish ancha arzon va qulaydir. Jahondagi kutub
xonalarning ko‘pchiligida Lui Brayl (Fransiya 1825) yozuvidagi
kitoblarni, globuslarni, modellarni, tangalarni, ordenlarni, go-
lografik tasvirga ega bo'lgan axborot vositalarini ko'rish mumkin.
Hujjatlarni nashrdan chiqqan vaqti, belgisiga qarab vaqt-
siz, vaqtli va davom etuvchi nashrlarga bo‘lamiz.
|