Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

Vaqtsiz yangi
doimiy nashrlar 
asosan kitoblar bo‘lib fondning asosini tashkil 
etadi. 
Vaqtli nashrlar: 
jurnal, gazeta, byulletenlar, to‘plamlar. 
Davom etuvchi nashrlar: 
ilmiy tashkilotlarning to‘plamlari, ilmiy 
m a’ruzalar, byulletenlar.
122


Hujjat maqsadi bo‘yicha ilmiy-amaliy, ommabop, ishlab 
chiqarish, badiiy adabiyotlarga bo‘linadi. Bundan tashqari huj­
jatlar til, grafik belgilar va hokazolariga qarab bo‘linishi mumkin. 
Fondni kutubxona va ularning kichik tizimlari o‘rtasidagi alo- 
qalarga qarab tuzish, tashkil qilishda ko‘pincha kutubxona fondi 
va kitobxon o‘rtasidagi aloqalarga ahamiyat beriladi. Masalan, 
kitobxonning yoshiga qarab bolalar, o‘smir!ar, katta yoshdagilar- 
ga atalgan fondlar tashkil qilinadi.
Kitobxonning sohasiga, ish xarakteriga qarab alohida fondlar 
tashkil qilinadi: o‘quv muassasa, ilmiy tashkilotlar, yozuvchilar 
uyushmasi, jamiyatlar. Fondni foydalanishga qarab: aktiv va pas- 
siv, ochiq va yopiq fond, maxsus kishilar foydalanishi mumkin 
bo'lgan «maxfiy» fondlar va hokazolarga ajratish mumkin.
Axborot kutubxona muassasalari imkoniyatiga qarab fondlar 
tashkil etiladi. Hozirda hujjatlardan iborat fondlardan tashqari 
elektron resurslar fondi ham tashkil etiladi. Axborot kutubxona 
muassasalarining avtomatlashgan tizimlarida nashrlarning to‘liq 
matnli elektron nusxalari yuklanib, internet tarmog‘i orqali foy- 
dalanuvchilarga masofadan taqdim etilmoqda.
Bundan tashqari alohida olingan kutubxona fondi boshqa ku­
tubxonalar fondi bilan ham doimiy aloqada bo‘ladi va bu ularning 
tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Markazlashgan kutubxonalar tizimi- 
dagi filial kutubxonalar fondi kichik sistema hisoblanib, alohida 
olingan hududni kitob bilan ta’minlasa, alohida sohalarga oid 
yirik kutubxonalar fondi shu soha kitobxonlarini ta’minlaydi. 
Masalan, 0 £zbekiston FAsi kutubxona tizim i yoki ilmiy tashkilot, 
institut kutubxonalari. Shunday qilib, kutubxona fondini tizim 
sifatida alohida kutubxona, hudud, davlatlar, jahon kutubxonalari 
kabi tizimlarga bo‘lish mumkin va ularning shu tizimda tutgan 
o‘rnini bilishimiz, fondning tuzilishini o‘rganishimiz mumkin.

Download 5,22 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish