4. Shuning uchun uning to‘rtinchi belgisi hujjatlarni tartibli
butlanib, joylashtirilganligidir. Kutubxonaga kitoblar ma’lum
kitobxonlarning talabi va ehtiyojiga qarab olinadi.
5. Kutubxona fondini alohida belgilaridan beshinchisi uning
kitobxonga atalganligi va undan foydalanishdir.
Kitob faqat
o‘qilgandagina undan foyda keladi, aksincha hech qanday foyda
keltirmay yotaveradi.
Shuning uchun kitobdan foydalanish vaqti,
qoidalari belgi-
lanib u kitob do‘koni fondidan farqlaniladi. Kutubxona fondi bel
gilaridan yana biri, uning foydalanish uchun tayyorligidir. Kitob
kitobxonga yetib borgunicha ancha jarayonlarni bosib o‘tadi.
Kitobxon topshirgan kitobni ham o‘z joyiga taxlash lozim. Hali
ishlov berilmagan kitoblarga ishlov berilib,
kutubxona fondiga
topshiriladi.