tirilgan va to‘ldirilgan nashlari chiqmoqda. 13-nashridan, ya’ni
Dyui vafotidan keyin (1932) birinchi nashridan boshlab Univer
sal o ‘nlik klassifikatsiyaga aniqlagichlarning
mustaqil jadvallari
kiritilgan.
Klassifikatsiyalash strukturasiga yangidan-yangi o‘zgartirishlar
kiritish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Klassifikatsiya maz
muniga ham o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Universal o‘nlik klassifikatsiya dunyoning ko‘p mamlakatlari-
da qo‘llanilmoqda. Biz uchun 0 ‘nlik klassifikatsiyaning asosiy
ahamiyati
shundaki, u «Universal o‘nlik klassifikatsiya» (U O ‘K)
ga asos qilib olingan.
Universal 0 ‘nlik klassifikatsiyaning tuzilishi XIX asr oxirida
Bryusselda tashkil qilingan xalqaro bibliografiya instituti (XBI)
ning faoliyatiga bog‘langan. Institut «Universal bibliografik re-
pertual», ya’ni
barcha mamlakatlarda, barcha tillarda nashr etil-
gan fanning barcha sohalaridagi adabiyotlarninig bibliografik
ko‘rsatkichini tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Bun
day ishni amalga oshirish xalqaro
miqyosda foydalanishga ya-
roqli bo‘lgan fanning barcha sohalarini qamrab oladigan mufas-
sal klassifikatsion sistemani yaratishni talab etdi.
XBI mutaxassislari ishlab chiqqan klassifikatsiyaga 0 ‘nlik
klassifikatsiya asos qilib olindi, chunki o‘nlik indekslash xalqa
ro yagona til bo‘lib, bundan tashqari jadvallarni mufassallashti-
rish im konini ham berardi. 0 ‘nlik klassifikatsiya
jiddiy qayta
ishlandi. 1927-yildan boshlab XBI shuningdek, turli m am lakat
larda turli tillarda nashr etiladigan bu mustaqil ahamiyatga
ega bo‘lgan, qayta ishlangan klassifikatsiya nashrlari (U O ‘K)
«Universal o‘nlik klassifikatsiya» nom ini oldi. Universal o‘nlik
klassifikatsiyada 0 ‘nlik klassifikatsiyaning asosiy qatori saqlab
qolingan, biroq birinchi va ikkinchi
bosqich indekslarining
ko‘rinishi o‘zgartirilgan uch va ikki belgili indekslardan nol-
larni chiqarib tashlangan. Universal o‘nlik klassifikatsiya in
dekslarini insoniyat bilim lari m ajm uini bir deb faraz qilib, o‘nli
kasr tarzida tushunish kerak. Indekslarni
yaxshiroq idrok etish
maqsadida har bir uch raqam keyingilaridan nuqta bilan ajra-
tiladi.