joylashtirilgan vaqtda ko‘rsatkichning kartochka formasi juda
qulay bo‘ladi.
Ko‘rsatkichning asosiy vazifasi — kitobxonga sistemali kata
logdan foydalanish paytida spravka qo‘llanmasi tariqasida xiz
m at qilish va uning kerakli bo‘lim ni topishiga yordamlashish-
dir. Biroq ko‘rsatkichning yordamchi xarakterga ega bo‘lishi
sistemali katalog tuzishga qanday talablar qo'yilsa, uni tuzish-
ga ham shunday talablar qo‘yish kerakligini istisno qilmaydi.
Rubrikalardagi sarlavhalarning ifodalanishi fanda va ijtimoiy
tajribada qabul qilingan terminologiyaga qat’iy mos bo‘lm og‘i
lozim.