• Beshinchi jarayon
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    To‘rtinchi jarayon 
    — klassifikatsiya indekslarini tahrir qilish 
    jarayoni predmet rukni APKning sifatini yaxshilash, pirovard 
    natijada kitobxonlarga xizmat qilishni yaxshilash demakdir. Tah­
    rir qilishni tashkil etish masalalarini muntazam olib borish zarur. 
    Uning predmeti va texnologiyasi kuzatib boriladi.
    Tahrir qilish jarayoni turlicha bo‘ladi, chunki u kutubxonada- 
    gi sistemalovchilarning soniga, yangi olingan kitoblar hajmiga
    ularni ishlash sharoitiga bog‘liq. Katta bo‘lmagan kutubxonada 
    bitta sistemalovchi bo‘lsa tahrir qilish ham uning zimmasiga yuk- 
    latiladi.
    0 ‘z mazmuniga qarab tahrir qilish texnikaviy hamda uslubiy 
    bo‘lishi mumkin. Texnikaviy nazoratli tahrir qilishning maqsadi 
    klassifikatsiya indekslarini yozish va shakllantirishda xatolarni 
    yo‘qotishdan iborat. Bu ish har bir kutubxonada to‘liq olib bo- 
    rilishi kerak. Klassifikatsiya qarorini chiqarish jarayonida yangi 
    xodimlarni ham o‘rgatish jarayoniga jalb qilib turish shart.
    Albatta texnik tahrir qilish jarayonida muayyan uslubiy, sifati 
    past xatolar uchrab turadi. U lar tezda topiladi va tuzatiladi.
    Uslubiy sistemalash hujjatni chuqur tahrir qilishni taqozo eta- 
    di va tanlab olib bajariladi. Tegishli jarayonda uslubiy tahrir qilish 
    dasturiga ega bo‘lish maqsadga muvofiq. Bu esa sohali, sohalararo 
    yig‘ma kompleks muammolarni va uslubiy mazmunga ega bo‘lgan 
    alohida masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, sistemali 
    katalogda bir necha m arta aks etishi, sistemali katalogda hududiy 
    belgilarni aks etishi va boshqalar.
    Tahrir qilishning ko‘p usul va yo'llari m a’lum. Masalan, 
    ko‘pgina xatolar indeksni o‘qish jarayonida topiladi.
    Beshinchi jarayon 
    — klassifikatsiya qarorini rasmiylashtirish. 
    Bu jarayon kartochkalarga to‘liq indeks va katalog indekslarini 
    qo‘yib chiqishni o‘z ichiga oladigan texnik jarayondir.
    Kutubxonachi kitoblarni tokchalarga sistemali joylashtirganda 
    va sistemali katalogdagi o‘rnini belgilashda qo‘yilgan indeksga 
    moslaydi.
    Indekslar vazifasi jihatidan quyidagilarga ajratiladi:
    a) to‘liq indeks
    b) katalog indeks

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish