Uchinchi jarayon
— alfavit predmet ko‘rsatkich (APK)ning
predmet ruknini tuzish va rasmiylashtirish.
Qabul qilingan klassifikatsiya qarori asosida APK predmet
ruknini
tuzish va rasmiylashtirish, bu ish jarayonida tasdiqlan-
gan klassifikatsiya qarori bilan muvofiqlashgan to‘liq indeksda
qayd etilgan predmet rukni alfavit-predmet ko‘rsatkichini
tuzish
va rasmiylashtirishdan iboratdir.
Predmet ruknini tuzish va shakllantirish uchun klassifikatsiya
jadvalining atamalari ishlatiladi. Atamalarni o‘zaro bog‘liq usul —
zanjirli uslub usulida tuzish maqsadga muvofiqdir.
Predmet rukni
alfavit-predmet ko‘rsatkichini tuzish va rasmiylashtirish ijodiy ja-
rayondir.
APK sistemali katalogning
mazmuniga muvofiq tuziladi,
ya’ni ko‘rsatkich adabiyot mavjud bo‘lgan barcha tushunchalarni
o‘z ichiga olishi kerak. APK birinchi bosqichdayoq to‘ldiriladi,
so‘ngra faqat yangi mavzu bo‘yicha predmet ruknini o‘ziga
qo‘shadi.
APKda bilimning yetakchi tarmoqlari
shu sohaga oid tu-
shunchalar hamda o‘rganadigan asosiy obyekt bo‘lib qolgan
predmetlarning nomlari umumiy alfavit tartibida keltiriladi.
Allergiya 52.5
Alpinizm 75.82
Alfavit katalogi 78.37
Amortizatorlar 34.448
Anabioz 28.081.2
Analiz:
Konstruktiv 22.12
Kimyoviy 24.4
Matematik 22.16
Ko‘rsatkichning har bir rukni
alohida kartochkaga yozib
qo‘yiladi, chunki kartochkalar katalog qutichalarda alfavit tar
tibida joylashtirilgan vaqtda ko‘rsatkichning kartochkali shakli
juda qulay bo‘ladi.
Alfavit-predmet ko‘rsatkichning asosiy vazifasi —
kitobxonga
sistemali katalogdan foydalanishda so‘roq qo‘llanmasi sifatida
xizmat qilishdir.
91