• KIRISH
  • Tolibov Saidjon G‘olibovich




    Download 69,58 Kb.
    bet2/4
    Sana24.01.2024
    Hajmi69,58 Kb.
    #144401
    1   2   3   4
    Bog'liq
    keys-stadi-innovatsion-o-qitish-texnologiyasi-sifatida

    ABSTRACT


    In this article, the features of using the case method in pedagogical activity are developed. The main purpose of case technology is the development of their scientific and creative abilities by solving educational didactic tasks and existing problem situations. As one of the teaching methods to connect knowledge in the field of biology with everyday life, increase the thinking ability of students, and also increase the effectiveness of learning, the case study method is mentioned, its examples are given, and the science of human anatomy is discussed. Types of cases are mentioned.
    Keywords: Pedagogical technology, education-education, model, technology, search power, knowledge, skill, ability, competence, case study, scientific and creative, problematic, DTS and standard curriculum, electronic educational resources.

    KIRISH


    Bugungi kunda yurtimizda biologiya fanini o’qitish sohadagi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish, o‘quv faoliyatida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
    Biologiyani o’qitish davomida taʼlim mazmunini takomilashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, biologiya fani bu hayot haqidagi fan ekanligi, oʼqitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Shu oʼrinda biologiya taʼlimi jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qoʼllanishi davr talabi bilan bevosita bogʼliqdir.
    Yangi pedagogik texnologiya taʼlimning, xususan, Biologiya sohasi ham taʼlimining maʼlum maqsadga yoʼnaltirilgan shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatuvlar shuni koʼrsatadiki, aksariyat hollarda oʼqituvchi dars jarayonida faqat oʼzi ishlaydi, oquvchilar esa kuzatuvchi boʼlib qolaveradilar. Taʼlimning bunday koʼrinishi o’quvchilarning aqliy tafakkurini oʼstirmaydi, faolligini oshirmaydi, taʼlim jarayonidagi ijodiy faoliyatini soʼndiradi. Shuningdek, ilgʼor pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan darslar oʼquvchilarni bilimlarining yaxlit oʼzlashtirilishiga yordam beradi, o’quvchi tafakkurini oʼstiradi, mustaqil, ijodiy fikrlashga oʼrgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-maʼrifiy taraqqiyotining, millat maʼnaviy kamolotining muhim belgisidir. Aynan amaliy vaziyatlarni hal qilishda qo‘llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning yechimini oldindan topishga o‘rgatuvchi, yangi yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi pedagogik teхnologiyalardan biridir.
    Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari, ya’ni keys-stadi
    (ingilizcha “case”-yig‘ma, aniq amaliy, holat, stadi-o‘quv) texnologiyasi bo‘lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat deganidir. Gary Thomas quyidagi keys-stadiga oid tarifni keltirib o‘tadi: Keys stadilar bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni, loyihalarni, qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq usullar orqali avvaldan o‘rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning subyekti tahliliy vaziyatlardir, ob’ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir.
    Keys-stadi bo‘yicha yana bir ta’rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb belgilanishidan iborat. Keys-stadi bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko‘p miqdordagi dalillarni o‘z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog‘liq va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys- stadilar statistik izlanishlar va ko‘p ma’lumot to‘plagan holda tadqiqot qilish bilan farqlay olish lozim. Bir mavzudagi tadqiqot keys- stadi ma’lumotlaridan foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos keltirib beriladi. Bu yana Lamnek fikrlarida o‘z tasdiqini topadi va shakllanadi. Keys-stadi – bu tadqiqotli yondashish, aniq ma’lumotlar olish texnikalari va metodologik paradigmalar orasida joylashgan.

    Download 69,58 Kb.
    1   2   3   4




    Download 69,58 Kb.