SHaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‗mirni) er osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik




Download 7,55 Mb.
bet29/96
Sana01.02.2024
Hajmi7,55 Mb.
#150123
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
Bog'liq
3.2022.Kon ishlari asoslari

SHaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‗mirni) er osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyo xom ashyo va qurilish materiallarini er osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Karer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – ko‗mir qazuvchi karer.
Priysk – qimmatbaho metallrga ega bo‗lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Promisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish Bilan bog‗liq bo‗lgan qazib olish deganda ularni er qobig‗idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko‗rinishlarda uchraydi.
Bu ishlar konni qazib chiqarishning bo‗g‗inlari hisoblanadi. Masalan, dastlabki koni ochish ishlari, so‗ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi.
Konlarni er osti usulida qazib chiqarish uchun er osti kon lahimlari to‗rini barpo etish talab etiladi (1 rasm).


1.1-rasm. Ko‘mir shaxtasi sxemasi: 1,2,12 vertikal lahimlar; 3,4,5,10,11 – gorizontal lahimlar; 6,7,8,9 – qiya lahimlar; 13 – nasos kamerasi; 14 – qazish kavjoyi.

Kondan qazib olingan foydali qazilma ushbu lahimlar orqali tashilib er yuziga chiqarib beriladi.


Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarishda, dastlab uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozimdir. Ko‗mir konlarini qazib chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarida esa, portlatish usulida amalga oshiriladi.



1.2-rasm. Konlarni ochik, usulda kazish sxemasi:
1 -ekskavagor; 2-avtoagdargich; 3-buldozer; 4-burgulash stanogi; 5- gorizontlar; 6-porlatilgan massa; 7-foydali kdzilma yotkizigi; 8-skvajinalar; 9- tushish transheyasi; 10-koplama jins agdarmasi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish er osti usuliga nisbatan qator afzallik va kamchiliklarga ega.
Asosiy afzalliklari:
ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada mexanizatsiyalash va

  • avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari xarajatlari kam bo‗lishi ta‘minlanadi;

  • mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo‗ladi;

  • korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kapital mablag‗ (ishlab chiqarish quvvatining bir birligiga to‗g‗ri keladigan kapital mablag‗) kichik bo‗ladi;

  • foydali qazilmani mumkin qadar to‗laroq qazib olishga imkoniyat yaratiladi. Asosiy kamchiliklari:

  • ayrim xollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog‗liqligi;

  • katta er maydonlarini qishloq ho‗jalik oborotidan vaqtincha chiqarilishi;

  • er qa‘rida suv balansining buzilishi.

Foydali qazilmalarni geotexnologik usullarda qazib chiqarish er yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqizig‗igacha skvajina o‗tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta‘sir ko‗rsatib, uni harakatlanuvchi holatga keltirish va skvajinalar orqali er yuziga chiqarib olishga asoslangan.

  • Hozirgi vaqtda, konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish, ko‗mirni er ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metallarni er ostida bakteriya – kimyoviy ta‘sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo‗llanilmoqda. Biroq, ularni hajmi juda kichik avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari xarajatlari kam bo‗lishi ta‘minlanadi;

  • mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo‗ladi;

  • korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kapital mablag‗ (ishlab chiqarish quvvatining bir birligiga to‗g‗ri keladigan kapital mablag‗) kichik bo‗ladi;

  • foydali qazilmani mumkin qadar to‗laroq qazib olishga imkoniyat yaratiladi. Asosiy kamchiliklari:

  • ayrim xollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog‗liqligi;

  • katta er maydonlarini qishloq ho‗jalik oborotidan vaqtincha chiqarilishi;

  • er qa‘rida suv balansining buzilishi.

Foydali qazilmalarni geotexnologik usullarda qazib chiqarish er yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqizig‗igacha skvajina o‗tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta‘sir ko‗rsatib, uni harakatlanuvchi holatga keltirish va skvajinalar orqali er yuziga chiqarib olishga asoslangan.
Hozirgi vaqtda, konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish, ko‗mirni er ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metallarni er ostida bakteriya -kimyoviy ta‘sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo‗llanilmoqda. Biroq, ularni hajmi juda kichik bo‗lsada, iqtisodiy va ekollogik nuqtai nazaridan istiqbolli usullar hisoblanadi.
Foydali qazilmalarni skvajina usulida qazib chiqarish, asosan, neft va gaz konlarida, shuningdek, er osti suvlarini qazishda keng qo‗llanadi.

Download 7,55 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Download 7,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‗mirni) er osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik

Download 7,55 Mb.