• NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
  • To‘plamning muallifi to‘g‘risida




    Download 7,55 Mb.
    bet28/96
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,55 Mb.
    #150123
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
    Bog'liq
    3.2022.Kon ishlari asoslari

    Mashg‘ulot yakuni:

      1. Mavzu bo‗yicha yakuniy xulosa qiladi va yakuniy natijalarni e‘lon qiladi.

      2. Talabalar faoliyati baholanadi hamda maqsadga erishilganlik o‗zlashtirish darajasi aniqlanadi.







    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

    huzuridagi UCHQUDUQ SANOAT TEXNIKUMI

    ―KON ISHLARI ASOSLARI‖


    fanidan


    MAVZULAR TO‘PLAMI




    Maxsus fan o‘qituvchisi: Boboyorova N.Yu
    1 -MA‘RUZA
    Kirish. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
    REJA:

    • O‗zbekiston Respublikasida konchilik sanoati.

    • Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o‗ziga xos xususiyatlari.

    • Foydali qazilmalarning qazib olishning usullari.

    Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko‗rinishlaridan biri bo‗lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o‗sishini ta‘minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning etakchi tarmog‗i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mo‗ljallangan er osti inshootlarni barpo etish kabi ishlarni o‗z ichiga oladi.Foydali qazilma konlarini er osti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib chiqarish tamoyillarini o‗zlashtrish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi.
    ―Kon ishi asoslari‖ni gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumtexnika fanlari bo‗yicha bilimlar asosida o‗rganiladi. Ulardan eng asosiylari: geologiya, kon ishlari tarixi, chizma geometriya, ekologiya, hayot xavfsizligi va boshqalar. O‗z navbatida, ―Kon ishi asoslari‖, umumtexnika va mutaxassislik fanlarini o‗rganish uchun baza vazifasini o‗taydi.
    Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo‗g‗in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xo‗jaligiga yoqilg‗i (ko‗mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini etkazib beradi.
    YUqorida sanab o‗tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bo‗yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi.
    Hozirgi vaqtda har yili er ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‗i, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta‘minlamoqda, xolos. Qolgan 95-97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi.
    Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. O‗zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida etakchi o‗rinlarda turadi.
    Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo‗lib, ular yuqori sur‘atlarda rivojlanib bormoqda:

    • yoqilg‗i qazib chiqarish (ko‗mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran);

    • rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qo‗rg‗oshin, volfram va boshqalar);

    • kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar);

    • tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag‗al, qum, soz tuproq va boshqalar).

    Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko‗prog‗i to‗la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80- 85% tabiiy qurilish materiallari konlariga to‗g‗ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bo‗lib, kon massasi bo‗yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. SHu bilan bir qatorda o‗rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‗lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim o‗rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kong‗metallurgiya kombinati, O‗zbekiston ―Ko‗mir‖ aksionerlik
    jamiyati, shuningdek, ko‗plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo‗la oladi.
    rivojlangan mamlakatlar qatorida etakchi o‗rinlarda turadi.
    Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo‗lib, ular yuqori sur‘atlarda rivojlanib bormoqda:

    • yoqilg‗i qazib chiqarish (ko‗mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran);

    • rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qo‗rg‗oshin, volfram va boshqalar);

    • kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar);

    • tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag‗al, qum, soz tuproq va boshqalar).

    Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko‗prog‗i to‗la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80- 85% tabiiy qurilish materiallari konlariga to‗g‗ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bo‗lib, kon massasi bo‗yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. SHu bilan bir qatorda o‗rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‗lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim o‗rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O‗zbekiston ―Ko‗mir‖ aksionerlik jamiyati, shuningdek, ko‗plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo‗la oladi.
    Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o‗ziga xos xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar:

    • foydali qazilma konlarini o‗zlashtirish atrof muhitga bevosita ta‘sir ko‗rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bo‗ladi;

    • ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo‗yadi;

    • qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik xodisalarning sodir bo‗lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini ko‗tarilishi kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bo‗lishiga olib keladi.

    Odamlar tomonidan ishlatilganda etarli darajada samara beradigan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bo‗lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni er qobig‗idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko‗rinishlarda uchraydi.
    Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: er osti, ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi.
    Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karer (razrez) kabi korxonalar kiradi.

    Download 7,55 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




    Download 7,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘plamning muallifi to‘g‘risida

    Download 7,55 Mb.