• Adabiyotlar.
  • 2- MA‘RUZA Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari. REJA
  • Mavzu bo‗yicha tayanch iboralar




    Download 7,55 Mb.
    bet30/96
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,55 Mb.
    #150123
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
    Bog'liq
    3.2022.Kon ishlari asoslari

    Mavzu bo‗yicha tayanch iboralar: foydali qazilmalar, xom ashyo, yoqilg‘i, rudnik, shaxta, karer, priysk promisel.
    Nazorat savollari:

    • O‗zbekiston Respublikasi xomashyo resurlari haqida ma‘lumot yozing.

    • Qazib olish korxonalari haqida tushuncha bering.

    • Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish usulining afzallik va kamchiliklari.

    • Foydali qazilma konlarini ochiq usulida qazib olish usulining afzallik va kamchiliklari.

    Adabiyotlar.

    • Isamuxamedov.U.A. Kon ishlari asoslari. T. O‗zbekiston, 1998y. 156 bet.

    • Sagatov.N.X.‖Kon ishi asoslar‖. O‗quv qo‗llanma TDTU, 2005y. 212 bet.

    • Egorov.P.V va boshqalar. Osnovы gornogo dela. M. MGGU, 2000g 405str.

    2- MA‘RUZA
    Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari.
    REJA:

      • Kon jinslarning asosiy xususiyatlari.

      • Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari.

      • Foydali qazilmalarning yotish elementlari bo‗yicha klassifikatsiyalanishi.

    Tub jinslar asosan issiqlik, sovuqlik va suv oqimi ta‘sirida emiriladi. Tub jinslar emirilishi natijasida hosil bo‗lgan jins zarrachalari o‗z o‗rnida qolgan yoki shamol va suv oqimi ta‘sirida ma‘lum masofaga ko‗chgan bo‗lishi mumkin.
    Tub jinslar hosil bo‗lishiga nisbatan magmatik, cho‗kindi va metamorfik guruhlarga bo‗linadi.
    Magmatik jinslar erib turgan magmaning sovushidan hosil bo‗lgan bo‗lib, ularga granit, sienit, diorit, gabbro, diobaz, bazalt va shu kabi boshqa qattiq kon jinslari kiradi.
    CHo‗kindi jinslar asosan yog‗ingarchilik natijasida suv tarkibidagi jins zarrachalarining cho‗kishi, shuningdek, muzliklar harakati natijasida hosil bulgan jinslar bo‗lib, ularga ko‗mir, argellit, alevrolit, qumtosh, ohaktosh, gillar kabi jinslar kiradi.
    Metamorfik jinslar - magmatik va cho‗kindi jinslarning er ostida bosim va harorat ta‘sirida o‗zgargan ko‗rinishi bo‗lib, ularga asosan kvarsitlar va marmarlar misol bo‗ladi. Er qobig‗ining o‗rganilishi mumkin bo‗lgan yuqori qismi (16-20 km chuqurlikgacha), asosan magmatik jinslardan tashkil topgan (95%), metamorfik jinslar 4 % ni, cho‗kindi jinslar esa 1% ni tashkil qiladi.
    Kon jinslari bitta yoki bir necha mineral zarrachalaridan tashkil topgan bo‗ladi.



    Download 7,55 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




    Download 7,55 Mb.