To‘plamning muallifi to‘g‘risida




Download 7,55 Mb.
bet33/96
Sana01.02.2024
Hajmi7,55 Mb.
#150123
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
Bog'liq
3.2022.Kon ishlari asoslari

Kon jinslari mexanikasi va asosiy xususiyatlari

2.1-rasm. Qattiq jinsning kuchlanganlik holati sxemasi.

Kon ishlarini olib borish natijasida teng kuchlanganlik



holati buzilib, kon lahimi atrofidagi jinslar deformatsiyasiga uchraydi. Chunki lahim o‗tilishi natijasida uning atrofini o‗rab turgan massivda kuchlanishlar qayta taqsimlanadi, oqibatda kon jinslari lahim bo‗shlig‗i tomon siljiydi. Kon jinslarining bunday siljishi deformatsiya deb ataladi.
Kon jinslari deformatsiyasi rivojlanishiga qarshi zaruriy tadbirlar qo‗llanilmasa, u holda kon jinslari buzilib, lahimni to‗ldirib qo‗yishi mumkin. Bunga qarshi qo‗llaniladigan asosiy tadbir — kon lahimlarini sun‘iy ravishda mustahkamlashdir. Bunda o‗rnatilgan mustahkamlagich kon jinslari bosimini o‗ziga qabul
qilib, jinslarning lahim bo‗shlig‗iga qulab tushishini bartaraf etadi.
Professor M.M. Protodyakonovning gipotezasiga ko‗ra kon lahimi tepasida bosim gumbazi hosil bo‗ladi va bu gumbaz yuqorisidagi jins qatlamlari bosimini o‗ziga qabul qiladi. Na- tijada
mustahkamlagichga tushadigan yuk lahim shifti bilan gumbazning yuqori chegarasi o‗rtasidagi kon jinsining og‗ir- ligiga teng bo‗ladi (2.2-rasm).



L

*4




G1\




1 \r




v




2.2-rasm. Qulash gumbazi o‗lchamlarini aniqlash sxemasi.

Shu sababli kon bosimining miqdori lahimning qanday chuqurlikda bo‗lishiga bog‗liq emas, degan
xulosaga kelish mumkin.
Gorizontal lahimlarda, agar ularning yon devorlari mustah- kam (turg‗un) bo‗lmasa, mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
qv= yhi
Bunda qv mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk, kN/m2;
Y — jinsning solishtirma og‗irligi, kN/m3; hi— buzilish gumbazi balandligi, m.

h = L:2f


Bunda L — buzilishi gumbazining maksimal kengligi, m; f — M.M. Protodyakonov shkalasi bo‗yicha jins qattiqlik koeffitsiyenti.



Bunda B — lahimning kengligi, m.
L = B - 2htg (45 -P)

H — lahimning balandligi, m.
Yuqoridagi ifodalardan ko‗rinib turibdiki, kon lahimlarini barpo etishda qo‗llanadigan usul, mexanizmlar, lahim o‗tish ishlarini tashkil qilish tartibini tanlab olish ko‗p jihatdan lahim o‗tiladigan massiv va uning tarkibidagi jinslarning texnologik hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog‗liq ekan.
Kon lahimlarini barpo etish va ularning ma‘lum davr ichida saqlanib turishiga ta‘sir etuvchi kon jinslarining asosiy xos- salari: kon massivining turg‗unligi (mustahkamligi), kon jinslarining tirnovchanligi (abrazivlik), qattiqligi, pishiqligi, g‗ovakdorligi, darzdorligi, qayishqoqligi, oquvchanligi va bosh- qalardir.
Ko‗mir va rudalarning massivdan ajratib olingandagi xususiyatlariga esa, bo‗lakdorlik, maydalanish, ko‗pchish va jips- lashish kabilar kiradi. Kon massivi va kon jinslarining yuqorida keltirilgan xossalari,
birinchi navbatda, kon ishlari texnologiyasi variantlarini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi.

Download 7,55 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Download 7,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘plamning muallifi to‘g‘risida

Download 7,55 Mb.