To‘plamning muallifi to‘g‘risida




Download 7,55 Mb.
bet36/96
Sana01.02.2024
Hajmi7,55 Mb.
#150123
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
Bog'liq
3.2022.Kon ishlari asoslari

Gorizontal va qiya lahimlarni o‗tish
Gorizontal va qiya kon lahimlari qattiq, yumshoq, bir tarkibli va ko‗p tarkibli jinslar yoki foydali qazilma yotqiziqlari orasidan o‗tilishi mumkin.
Qattiq va o‗rtacha qattiqlikka ega bo‗lgan kon massividan lahim o‗tish texnologiyasi burg‗ilab- portlatish usulini qo‗llashga asoslangan bo‗ladi. Kon lahimlarini burg‗ilab-portlatish usulida o‗tish quyidagi alohida jarayonlarni ketma-ket yoki ularning ayrimlarini parallel bajarish asosida amalga
oshiriladi: shpur va skvajinalarni burg‗ilash: ularni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va portlatish; lahim kavjoyini shamollatish; kon massasini transport vositasiga yuklash va tashish; vaqtincha mustahkamlagichlar qo‗yish; doimiy mustahkamlagichlarni o‗rnatish va yordamchi ishlarni bajarish.
Kon lahimlarini burg‗ilab-portlatish usulida o‗tishda shpur va skvajinalarni burg‗ilash juda ko‗p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi va lahim o‗tish sikli davomiyligining 25—35% ini tashkil
qiladi.
Gorizontal kon lahimlarini o‗tishda shpurlarni burg‗ilash BUE 1, BUE 1M, BKG 2, BUE ZT, elektr
yuritgichli va BU
1, BU 1M, BUR 2, 1SBU 2 pnevmo yuritgichli burg‗ilash qurilmalari yordamida bajariladi. Ushbu burg‗ilash qurilmalari gorizontal va qiyaligi 10° gacha bo‗lgan lahimlarni qattiqlik koeffitsiyenti 16 dan kam bo‗lgan jins foydali qazilma yotqizig‗i orasidan o‗tishda qo‗llaniladi.
Kon lahimlari o‗tishda portlatish ishlarining samaradorligi, asosan, shpurlarning kavjoyda
joylashishiga bog‗liq bo‗ladi.
Shpurlarning kavjoyda joylashish sxemasi jinslarning qattiqligi, tarkibi, lahimlarning ko‗ndalang kesim yuzasi, shakli va boshqa omillarni hisobga olgan holda tanlab olinadi. Kon lahimlarini o‗tishda kavjoyda
burg‗ilanadigan shpurlar o‗yuvchi
— o‗yma hosil qiluvchi, buzuvchi (parchalovchi) va chega- ralovchi turlarga bo‗linadi.
O‗ymaning shakli shpurlarni kavjoyda joylash sxemasini tavsiflovchi asosiy ko‗rsatkich hisoblanadi.
Shaxta va rudniklarda prizmasimon va ponasimon shakldagi o‗ymalardan keng foydalaniladi. Ayrim hollarda esa, zaryadlan- maydigan skvajinali prizmasimon va boshqa shakldagi o‗ymalar ham lahim
o‗tishda qo‗llaniladi.
Qattiqlik koeffitsiyenti 7 gacha bo‗lgan jinslarda zaryad- langan shpurlar orasidagi masofa 0,3 m dan 7 m gacha bo‗lsa, qatorlar orasidagi masofa 0,45 m dan kam bo‗lmasligi kerak. Chegaralovchi shpurlar orasidagi masofa 0,6—0,8 m bo‗lib, ular lahim chekkalaridan 10—30 sm masofada burg‗ilanadi (2.10-
rasm).

2.10-rasm. O‗yma tipidagi shpurlarning joylashish sxemasi:
a — to‗g‗ri aylanasimon; b — prizmasimon; d — tik ponasimon; e — gorizontal pastki; f — qo‗shaloq ponasimon; g — zaryadlanmagan o‗zdirma skvajinali prizmasimon.
Shpurlar burg‗ilangandan so‗ng tasdiqlangan portlatish ishlari pasporti bo‗yicha ularni zaryadlashga kirishiladi. Shu bilan bir qatorda mustahkamlagichning holati, shamollatish vositalarining ishonchliligi,
inert changi va tiqin materialining mavjudligi tekshiriladi.
Portlatish natijasida ma‘lum hajmdagi massiv parchalanib, parchalangan jinslar yoyilmasi va lahim kavjoyida portlash mahsuli (zaharli gazlar) hosil bo‗ladi. Shu sababli shpurlar portlatilganidan so‗ng
o‗tilayotgan lahim kavjoyini shamollatish zarurati tug‗iladi. Ishchilarning lahim kavjoyiga kirishiga faqat shamollatish tugagandan so‗nggina ruxsat beriladi. Lahimlarni o‗tish davrida shamollatish mahalliy (mestnыy) shamollatish ventilyatorlari yordamida yoki umumshaxta shamollatish havo oqimi bilan bajarilishi mumkin.
Umumshaxta havo oqimi orqali lahim kavjoylarini shamollatish faqat bir-biriga yaqin qo‗shaloq lahimlarni, masalan, shtrek va prosekni o‗tishda yoki qisqa
lahimlarni o‗tishda qo‗llaniladi. Bunda havo oqimi kavjoylarga to‗siqlar, shamollatish eshiklari va boshqa vositalar yordamida yo‗naltiriladi. Boshi berk uzun lahimlar kavjoylarini lahim og‗ziga yaqin o‗rnatilgan mahalliy shamollatish ventilyatorlari yordamida shamollatiladi. Bunda puflama, so‗rma va
aralash shamollatish usullaridan foydalaniladi (2.11-rasm).
Puflama va so‗rma shamollatish usullari uzunligi 200—300 m bo‗lgan lahimlarni shamollatish uchun qo‗llaniladi. Agar lahim juda uzun bo‗lsa, uni shamollatish uchun aralash usuldan foydalaniladi. Bunda bitta ventilyator havoni kavjoyga puflab bersa, ikkinchisi ishlatilgan havoni so‗rib, tegishli shamollatish
lahimiga chiqarib yuboradi.



2.11-rasm. Boshi berk uzun lahimlarni shamollatish usullari: a — puflama usuli; b — so‗rma usuli; d — aralash usul; 1 — puflovchi ventilyatorlar; 2 — so‗ruvchi ventilyatorlar; 3 — quvurlar.
Boshi berk lahimlarni shamollatishda o‗q yo‗nalishli va markazdan qochirma rusumli mahalliy ventilyatorlar qo‗lla- niladi. Bu ventilyatorlarni shamollatiladigan lahim og‗zidan kamida 10 m masofaga
o‗rnatish kerak.
VS—7 rusumli markazdan qochirma ventilyatorlar uzunligi 2500 m gacha bo‗lgan lahimlarni shamollatishda qo‗llaniladi. Xavfsizlik qoidalariga ko‗ra, elektr yuritmali ventilyatorlar qo‗l- lanishi man etilgan lahimlarni (gaz va changlarning portlashi xavfi bor lahimlarni) shamollatish uchun VMP—3M,
VMP— 5M rusumli pnevmoyuritmali ventilyatorlardan foydalaniladi.
Shamollatish quvurlari turli materiallardan yasalgan bo‗lishi mumkin. Materialsimon quvurlar rezinalashtirilgan to‗qima gazmollardan yasalgan bo‗lib, diametri 500—600 mm, bir bo‗lagining uzunligi 5—30 m bo‗lishi mumkin. Metall quvurlar qalinligi 1—3 mm bo‗lgan po‗lat varaqlaridan yasalgan bo‗lib, diametri 800 mm, uzunligi esa 2—3 m gacha bo‗lishi mumkin. Portlatishdan so‗ng kavjoyni shamollatish
vaqti 15—20 daqiqa- dan ko‗p bo‗lmasligi kerak.
Lahimlarni bug‗ulab portlatish usulida o‗tishda massivdan ajratib olingan jins yoki foydali qazilmani transport vositasiga yuklash zaruriyati tug‗iladi. Bu lahim o‗tish siklidagi eng uzoq davom etadigan va ko‗p mehnat talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi. Bu jarayon turli yuklash mashinalari bilan mexanizatsiyalashtirilgan. Bu mashinalarning ishlash tarzi uzluksiz va davriy (siklli) ishlash turlariga
bo‗linadi (2.1-jadval).
Cho‗michli yuklash mashinalari davriy (siklli) ishlaydigan yuklash mashinalari hisoblanadi.
Uzluksiz ishlaydigan mashinalar (2PNB 2, 1PNB 2B va boshqalar) o‗rmalovchi mashinalar bo‗lib, ikkita sidirg‗ich «qo‗llar» ularning ish quroli hisoblanadi. Mashina qo‗llari uzluksiz yon tomondagi
maydalangan jinslarni (ko‗mirni) si- dirib, sidirg‗ichli yoki plastinkali konveyerga tushirib beradi va jinslar konveyer orqali transport vositalariga yuklanadi.
Yuklash mashinasini tanlab olishga qator omillar ta‘sir etadi, asosiylari: yuklanadigan kon jinsining tavsifi; lahim ko‗ndalang kesim yuzasining o‗lchamlari; lahimning qiyalik burchagi; shaxtaning gazdorlik holati va hokazo. Shaxtalarda qiya kon lahimlarini burg‗ilab-portlatish usulida o‗tish uchun maxsus lahim o‗tuvchi komplekslar yaratilgan. Masalan, «Sibir — 1» kompleksi MDH mamlakatlari ko‗mir shaxtalarida keng qo‗llanilmoqda. Bu kompleks konstruktiv texnologik jihatdan o‗zaro bog‗langan uskunalar tizimi ko‗rinishida bo‗lib, chig‗ir (lebyodka) yordamida relsda harakatlanadi.
Portlatilgan kon massasini to‗la yoki qisman transport vositasiga yuklangandan so‗ng lahimli vaqtinchalik (zarurat tug‗ilganda), keyinchalik doimiy mustahkamlashga kirishiladi. Yog‗och
mustahkamlagichlar kavjoy surilishi bilanoq qo‗lda o‗rnatiladi. Mustahkamlagichlarni o‗rnatish quyidagi jarayon va operatsiyalardan tashkil topadi: mustahkamlagich romlarini o‗rnatilishga joy tayyorlash va uning ustunlarini tiklash uchun chuqurchalar hosil qilish; romni o‗rnatish; lahim yonlari va shiftlariga toqilar terish; toqi va lahim devorlari orasidagi bo‗shliqni tosh yoki boshqa materiallar bilan to‗ldirish.
Romlar lahim o‗qiga tik va bir-biridan ma‘lum masofada (0,6—1,0) o‗rnatiladi. Trapetsiyasimon romlar ustunlari gorizontga nisbatan 80—85° qiyalikda tiklanadi.
Trapetsiyasimon metall mustahkamlagichlarni o‗rnatish ham yog‗och mustahkamlagichlarni o‗rnatish tartibi kabidir. Metall mustahkamlagichlarni tiklash kam mexanizatsiyalashgan bo‗lib, asosan, yo‗l kuchi
bilan bajariladi. Ayrim jarayonlarni bajarish uchun o‗rnatgich, ko‗targich kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Ba‘zida arkasimon to‗sinlarni ko‗tarishda lahim o‗tuvchi kombayn strelasidan foydalaniladi.
Monolit va temir-beton mustahkamlagichlarni o‗rnatishda yig‗ma yoki suriluvchi (mexanizatsiyalashgan) opalubkalar qo‗llaniladi. Yig‗ma opalubka o‗rnatilgandan keyin lahim devorlari
beton bilan tiklanadi. Dastlab, 100-150 mm qalinlikdagi qatlam shaklida beton quyiladi, uni obdon zichlanadi, ikkinchi qatlamni quyib, u ham zichlanadi va hokazo.
Lahimning har ikki devori beton bilan tiklangandan so‗ng gumbaz ostiga yarimaylana shaklidagi opalubkani hosil qiluv- chi yig‗ma opalubka elementlari o‗rnatiladi, har ikki devor tomonidan gumbaz
markazi tomon beton quyilib, mustahkamlagich arkasi barpo etiladi.
Yig‗ma beton (temir-beton) mustahkamlagichlarini tiklash oddiy va arkasimon bloklarni (tyubinglar) terib, montaj qilish- dan iboratdir. Mustahkamlagichni barpo etish lahim devorlari ostiga poydevor
bloklarini o‗rnatishdan boshlanadi. Bloklar montaj qilinayotganda ular orasiga, eziluvchanlikni ta‘minlash maqsadida, eziluvchan materiallar (odatda, yog‗och) qo‗yiladi. Lahim devorlari montaj qilingach, mustahkamlagichning arka qismiga o‗tiladi.
Kon lahimlarini o‗tishda uni muvaffaqiyatli bajarishga qulay sharoit yaratish maqsadida asosiy jarayonlar bilan birga qator yordamchi ishlar ham amalga oshiriladi. Yordamchi ishlar vaqtinchalik
mustahkamlagichni tiklash, temir yo‗l yotqizish (konveyerni uzaytirish), shamollatish quvurini uzaytirish, suv chiqaruvchi ariqcha hosil qilish kabilardan iboratdir.
O‗tilayotgan lahim kavjoyini vaqtincha mustahkamlash kavjoyda bajariladigan asosiy jarayonlar xavfsizligini, ya‘ni lahim shiftidagi jins bo‗laklarining qulab tushishini bartaraf etishni ta‘minlaydi.
Kavjoy surilishi natijasida temir yo‗lni uzaytirib borish talab etiladi. Chunki lahim kavjoyi har bir lahim o‗tish sikli tugallanishi bilan ma‘lum masofaga oldin o‗rnatilgan temir yo‗ldan (yoki konveyerdan) uzoqlashadi. Yuklangan teng yo‗l tarkibining harakatlanishi va yerosti suvlarining oqishini yengillashtirish
maqsadida temir yo‗lni stvol tomon yo‗nalishda kichik qiyalikda yotqiziladi. Yerosti suvlarini lahimdan chiqarishga mo‗ljallangan ariqcha ham kichik qiyalikda lahimning zaminida barpo etiladi. Kon lahimlari kavjoyini shamollatish va u yerdagi energiya, ya‘ni quvur va kabellar iste‘- molchilarni energiya bilan ta‘minlash uchun lahim yon devorining yuqori qismiga ilib qo‗yiladi.




Download 7,55 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Download 7,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘plamning muallifi to‘g‘risida

Download 7,55 Mb.