Jinslarning qattiqligi — bu ularni qazib olish jarayonida tashqi kuch ta‘sirida buzilishga (maydalanishga) bo‗lgan nisbiy qarshiligidir. Masalan, burg‗ilash, portlatish va kon bosimi ta‘sirida
buzilishga ko‗rsatadigan qarshiliklari.
Kon jinslarining qattiqlik darajasi professor M.M. Protodyakonov tomonidan tavsiya etilgan o‗lchamsiz koef- fitsiyent orqali aniqlanadi va bu koeffitsiyent 1 dan 20 gacha o‗zgaradi.
Tirnovchanlik — bu kon jinslarini qazib olish va ularni yuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarining jinslarga ishqalanish natijasida yemirilishiga ta‘sir etish xususiyatidir.
Kon jinslari va foydali qazilmalar tirnovchanlik xususiyatlariga ko‗ra 5 kategoriyaga ajratiladi: a) tirnovchanlik xususiyati yo‗q jinslar (tuz, marganes
rudalari, ko‗mir); b) kam tirnay- digan jinslar (sulfid rudalari, qo‗ng‗ir temirtoshlar); d) o‗rtacha tirnovchan jinslar (kvars-sulfid rudalar va yertomir rudalar);
tirnovchan jinslar (kvarslangan rudalar va slaneslar);
yuqori tirnovchi jinslar (porfiritlar, dioritlar, granitlar).
Odatda, qattiqlik koeffitsiyenti yuqori bo‗lgan jinslarningtirnovchanlik darajasi ham yuqori bo‗lishi konchilik amaliyo- tida o‗z tasdig‗ini topgan.
Kon jinslarining turg‗unligi — kon qazish ishlari natijasida hosil bo‗lgan bo‗shliqlarda kon massivining buzilmasdan o‗z muvozanatini saqlab turish xususiyati.
Ruda va ko‗mirning turg‗unlik xususiyati kon qazish ishlari texnologiyasi va qazish bo‗shlig‗ini
saqlab
turishda muhim ahamiyatga egadir.
Foydali qazilma konlarini (ruda konlarini) yerosti usulida qazib olishda kon jinslari massivi turg‗unlik
bo‗yicha quyida- gicha tasniflanadi:
O‗ta noturg‗un massiv — qazish bo‗shlig‗ini mustah- kamlamasdan qazish ishlarini olib borish imkonini ber- maydi.
Noturg‗un massiv — lahim yon tomonlarini kichik miqdorda (4—10 m2) mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish imkonini beradi, biroq kon shiftini mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish ishlariga imkon bermaydi.
Kam turg‗un massiv — lahim yon tomonini mustah- kamlamay, shifti 10—30 m2 gacha ochilganda shiftning buzi- lishiga olib keladi.