To‘plamning muallifi to‘g‘risida




Download 7,55 Mb.
bet31/96
Sana01.02.2024
Hajmi7,55 Mb.
#150123
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
Bog'liq
3.2022.Kon ishlari asoslari

Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari
Qattiq foydali qazilma konlari er qobig‗ida joylashish bo‗yicha to‗g‗ri va noto‗g‗ri shaklli konlarga ajratiladi.
To‗g‗ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko‗rinishga ega bo‗lgan konlar tashkil qiladi. Er qobig‗ida keng tarqalgan, plitasimon ko‗rinishga ega bo‗lgan, har ikki tomonidan birg‗biriga deyarli parallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig‗i ―qatlam‖ deb
ataladi. Ikki jins qatlamini birg‗biri bilan ustmag‗ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi deyiladi.
Foydali qazilma qatlami tepasiga joylashgan jins qatlami qatlamning shifti yoki
―osilma‖ yoni deyiladi.
Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va murakkab (ko‗p tarkibli) bo‗lishi mumkin.
CHo‗kindi jinslar tarkibida hosil bo‗lgan foydali qazilma konlari, asosan, to‗g‗ri shaklli konlar hisoblanadi (ko‗mir, yonuvchi slanetslar, mineral tuzlar, gips, marganets va boshqa foydali qazilma konlari).
Bir necha qatlamlar er qobig‗ida o‗zaro parallel va bir-biriga yaqin joylashgan bo‗lsa, ularni qatlamlar dastasi (svitasi) deb ataladi.
Er tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo‗lgan foydali qazilma konlari noto‗g‗ri shaklli konlar hisoblanadi. Odatda, ruda konlari noto‗g‗ri shaklli konlardir. Qatlam ostidagi jinslar esa g‗ qatlam asosi (zamini) yoki ―yotish‖ yoni deyiladi.



2.1-rasm. Qatlam tuzilishi: a sodda; b murakkab.
Er qobig‗idagi darzlarni to‗ldirgan mineral moddalar ertomir deyiladi. Ertomirlar oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Er qobig‗idagi bo‗shliqlar mineral moddalar Bilan to‗lgan bo‗lsa, ,bunday konlar, odatda, shtok, in va linza shakliga ega bo‗ladilar. Bu shakldagi konlar birg‗biridan shakl va o‗lchamlari orqali farqlanadi va odatda, temir, miss, polimetall konlari shunday shakllarda uchraydi.
Qatlamlarning Er qobig‗ida joylashish holati ularning yotish elementlari orqali aniqlanadi.
Qatlamning cho‗ziqligi, og‗ishi, og‗ish burchagi, qalinligi uning asosiy elementlari xisoblanadi.
Qatlamning uzunligi (uzunlik bo‗yicha o‗lchami) qatlam cho‗ziqli deyiladi.
Qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig‗i – cho‗ziqlik chizig‗i deyiladi.
Qatlam tekisligida cho‗ziqlik chizig‗iga tik yotgan chiziq og‗ish chizig‗i, ushbu chiziqning yo‗nalishi esa qatlam og‗ishi deyiladi.
Og‗ish chizig‗i bilan gorizontal tekislik o‗rtasida hosil bo‗lgan burchak qatlam og‗ish burchagi deb yuritiladi.
Foydali qazilma yotqiziqlarining yotish elementlari o‗ta o‗zgaruvchan bo‗lib, ko‗mir konlarida ular ruda konlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq o‗zgaradi, ruda konlarida esa, yotsh elementlari keng miqyosda o‗zgaradi.
Foydali qazilma qatlami (yotqizig‗ining) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o‗tkazilgan chiziq uzunligi tushuniladi. Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik deyiladi. Qatlam shifti bilan asosi o‗rtasidagi gorizontal chiziq bo‗yicha masofa qatlamning gorizontal qalinligi (mg), vertikal chiziq bo‗yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (mv) deyiladi.



2.2 - rasm. Ruda tanalarining yotish shakllari: a-ertomir; b-shtok; v-linzalar; g- insimon.

Qatlam qalinligi ko‗pincha o‗zgaruvchan bo‗ladi, ya‘ni bir joyda qalin bulsa, ikkinchi joyda yupqaroq, uchinchi joyda esa, yanada yupqaroq bo‗lishi mumkin. SHu sababli konchilik amaliyotida o‗rtacha qalinlik (mo‗r) atamasidan foydalaniladi.



Download 7,55 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Download 7,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘plamning muallifi to‘g‘risida

Download 7,55 Mb.