|
To‘plamning muallifi to‘g‘risida
|
bet | 39/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslariTashish gorizonti sxemasi.
Ruda konlari yotqiziqlarining katta qismi gorizontga nisbatan o‗ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig‗iga joylashgan bo‗ladi. Bu konlar yuqoridan pastga yo‗nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo‗linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60—80 metrni tashkil qiladi,
ayrim hollarda esa, 20—30 m, hatto 300 metrgacha bo‗lishi mumkin. Ruda yotqizig‗i cho‗ziqligi bo‗yicha qavatlar uzunligi 50—60 m bo‗lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo‗ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko‗tarilmalar (vocctayuщiy) o‗tiladi. Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali pollar (panellar)ga bo‗linadi. Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig‗ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko‗ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o‗tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo‗llaniladi (3.1- va
3.2-rasmlar). Bosh stvol, odatda, ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo‗lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtirish uni saqlashga
3.1-rasm. Tik ruda yotqiziqlarini vertikal stvollar bilan ochish:
1 — bosh stvol; 2 — yordamchi stvollar; 3 — qavat kvershlaglari.
1
qoldiriladigan ruda seliklari bo‗lmasligi sababli ruda yo‗qotilishini kamaytirishni ta‘min- laydi.
3.2- rasm. Yig‗ma gorizontli vertikal stvol bilan konni ochish:
2 — qavat kvershlaglari;
3 — yig‗ma gorizont kvershlaglari; 4 — rudatushirgich;
4 — ko‗r stvol.
1 — bosh stvol;
5 Konni ochishda shaxta stvoli, odatda, yer yuzidan birinchi gorizontgacha o‗tiladi va qavat kvershlagi o‗tish orqali ruda yotqizig‗i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi davomida stvol
chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o‗tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollari tez-tez chuqurlashtiriladi va navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi.
Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o‗tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali
yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi.
Chuqurlik bo‗yicha katta uzunlikka ega bo‗lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizont- larini ochish, ko‗p hollarda ko‗p stvollar o‗tish orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm). Bosh stvol ruda tanasining bor bo‗yiga o‗tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig‗ma)
gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig‗ma gorizontga tushi- riladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig‗ma gorizont kvershlagi orqali tashilib, bosh (ruda ko‗tarish) stvolga yetkazib beriladi.
Gorizontal va juda yotiq yotqiziqlari ham vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday hollarda ruda yotqizig‗i qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o‗zaro ruda yotqizig‗i
ostidagi kon jinslaridan o‗tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi (3.3-rasm). Ko‗pgina ruda yotqiziqlari tog‗li hududlarga joylashgan bo‗ladi. Bunday konlar, odatda,
shtolnyalar o‗tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig‗ini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o‗tiladi, bosh shtolnyadan pastki gorizontlarni ochish esa, ko‗r stvol o‗tish bilan amalga oshiriladi (3.4-rasm).
Konlar shtolnyalar bilan ochilganda transport harakati va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba‘zan ruda konlari ruda tanasi bo‗ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o‗tiladigan
qiya stvollar bilan ham ochiladi.
|
| |