|
-rasm. Gorizontal yotqiziqni vertikal stvol bilan ochish:
1 — bosh stvol; 2
|
bet | 40/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslari3.3-rasm. Gorizontal yotqiziqni vertikal stvol bilan ochish:
1 — bosh stvol; 2 — yordamchi stvol; 3 — shamollatish stvoli; 4 — rudatushirgich; 5
— tashish shtreki.
3.4-rasm. Ruda konlarini shtolnyalar bilan ochish: 1 — bosh shtolnya; 2 — yordamchi stvolnya; 3 — ko‗r stvol;
4 — maydon shtreklari.
Ochilgan ruda tanalarini qazishga tayyorlash tashish gori- zontida kon tayyorlov lahimlari to‗rini barpo etishdan bosh- lanadi. Yirik va qiya ruda konlarida ruda tanasini tushish yo‗nalishi bo‗yicha
qavatlarga bo‗lib qazishga tayyorlash quyidagi variantlarda bajarilishi mumkin:
kon-tayyorlov lahimlari rusumi bo‗yicha (shtrekli va ortli);
—tayyorlov lahimlarining ruda tanasiga nisbatan joylashishi bo‗yicha (ruda lahimlari bilan, maydon lahimlari bilan va aralash lahimlar bilan);
—transport vositalarining harakatlanish tarzi bo‗yicha (boshi berk yo‗llik, aylanma yo‗llik).
Tayyorlash sxemasi, asosan, ruda yotqizig‗i qalinligiga nisbatan tanlab olinadi. Kichik qalinlikdagi ruda yotqizig‗ini qazishga tayyorlashda ruda shtreklari va berk yo‗llik transport sxemasi qo‗llaniladi
(3.5-a rasm).
O‗rtacha qalinlikdagi va qalin yotqiziqlarni qazishga tayyorlash ishlari maydon, ruda va aralash kon-tayyorlov lahimlari (shtrek va ortlar) o‗tish orqali bajariladi (3.5-b, d, e rasm).
3.5-rasm. Tashish gorizontini tayyorlash sxemasi: a — berk tashish yo‗llik ruda shtreki bilan tayyorlash; b — berk tashish yo‗Hik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash; d — aylanma tashish yo‗llik aralash (ruda va maydon) shtreklar va ortlar bilan tayyorlash; e — aylanma tashish yo‗llik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash. 1 — bosh kvershlag; 2 — shamollatish kvershlagi;
3 — ruda shtreki;
4 — maydon shtreki; 5 — ortlar.
Tashish gorizonti tayyorlangandan so‗ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi.
Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog‗liq bo‗lib, asosan, quyidagi jarayonlardan tashkil topadi:
blok ko‗tarilmalarini o‗tish;
ruda tushirgichlarni barpo qilish;
ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini o‗tish;
skreperni o‗rnatish lahimini o‗tish va boshqalar.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Ruda konlarini yerosti usulida qazib olishning o ‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2. Ruda yo ‘qotUishi va sifatsizlanishini ta ’riflab bering. Yo ‘qotilish miqdorini aniqlash ifodalarni yozing.
|
| |