• 3.9-rasm.
  • — tashish lahimi (shtrek yoki ort); 2




    Download 7,55 Mb.
    bet43/96
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,55 Mb.
    #150123
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
    Bog'liq
    3.2022.Kon ishlari asoslari

    1 — tashish lahimi (shtrek yoki ort); 2 — skreper chig‗iri;
    3 skreperlash lahimi (ort yoki shtrek); 4 voronka; 5 — sim arqoni; 6 — skreper

    Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari
    Ruda konlarini qazib olishda kon bosimini boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Ulardan asosiylari: qazish bo‗shlig‗ini tabiiy saqlash usuli; ruda tanasini o‗rab turgan (asosan, ustki) jinslarni
    qulatish usuli; qazish bo‗shlig‗ini sun‘iy saqlash usuli.
    Qazish bo‗shlig‗ini tabiiy saqlash usuli ruda va kon jins- larining tabiiy qattiqligi, turg‗unligi, shuningdek, qoldiriladigan seliklarning mustahkamligiga asoslanadi. Bu usulda kon bosimi lahimning
    kengligi, qoldirilgan seliklarning shakli va o‗lcham- lari orqali boshqariladi.
    Kon bosimini boshqarishning ruda tanasi ustki jinslarini qulatish usuli (bu jinslar massivdan ajratib olingan ruda ustiga qulatiladi) qazish bo‗shlig‗ini tabiiy saqlash usulini qo‗llash mumkin bo‗lmagan yoki qoldiriladigan foydali qazilma seliklari katta miqdorda ruda yo‗qotilishi tufayli iqtisodiy jihatdan zararli bo‗lgan hollardagina qo‗llaniladi. Ruda tanasi shift jinslari ruda ajratib olingandan so‗ng o‗z-
    o‗zidan qulab tushishi yoki portlatish asosida majburiy qulatilishi mumkin.
    Qazish bo‗shlig‗ini sun‘iy saqlash usulida kon bosimini bosh- qarish bo‗shliqni to‗ldirgich materiallari bilan to‗la yoki qisman to‗ldirish, mustahkamlagichlar bilan mustahkamlash yoki bo‗sh
    liqning bir qismini mustahkamlash va qolgan qismini to‗ldirish asosida amalga oshiriladi.
    Ruda konlari yotqiziqlarining yer qa‘rida joylashish elementlari va shakllarining turli-tuman bo‗lishi sababli ruda konlarini qazib olish tizimlari ko‗mir konlaridagidan farq qiladi. Ruda konlarini qazib olish tizimlarini tasniflash zamirida qazish bo‗shlig‗ini saqlab turish (kon bosimini boshqarish)
    usuli yotadi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida qazish tizimlarining yuzlab variantlaridan foydalaniladi. Biroq ularning texnologik jihatdan o‗xshashligi va qo‗llanish sharoitlarining bir-biriga yaqinligi tufayli barcha qazish tizimlari quyidagi uch sinfga birlashtiriladi:

    1. Qazish bo‗shlig‗ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi.

    2. Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimlari sinfi.

    3. Qazish bo‗shlig‗ini sun‘iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi.

    Birinchi sinfga mansub qazish tizimlari, asosan, ruda va kon jinslari mustahkam bo‗lgan ruda konlarini qazib chiqarishda keng qo‗llaniladi.
    Ruda va jinslari mustahkam gorizontal (qiyaroq) kon yotqiziqlarini qazib chiqarishda sidirg‗asiga qazish tizimi qo‗llaniladi (3.9-rasm). Bunda qazishga tayyorlash ishlari polli usulda, ya‘ni shaxta
    maydonini pollarga ajratib qazishga tayyorlash asosida bajariladi. Buning uchun shaxta maydoni kon- tayyorlov lahimlari — shamollatish va tashish shtreklar o‗tish orqali pollarga ajratiladi. Pollar qazilgan bo‗shliqni to‗ldirmasdan, yaxlit kavjoy bilan polning butun kengligi bo‗yicha qazib olinadi.
    Kavjoy shifti qazib olingan bo‗shliqda qayta qazib olinmaydigan tayanch ruda seliklari qoldirish orqali ushlab turiladi. Seliklar silindr shaklida bo‗lib, diametri 3—6 metrdan 8—10 metrgacha bo‗ladi.
    Rudani massivdan ajratib olish chuqurligi 2—4,5 m shpur- larni portlatish asosida amalga oshiriladi. Ajratib olingan rudani rudatushirgichgacha o‗ziyurar transport vositalari yordamida yetkazib beriladi. Ish joylarini shamollatish umumshaxta shamollatish tizimi orqali bajariladi.
    Yuqorida ko‗rib chiqilgan sidirg‗asiga qazish tizimi qalinligi 3 m dan 25 m gacha bo‗lgan ruda yotqiziqlarini qazib chiqarishda qo‗llaniladi.

    3.9-rasm. Sidirg‗asiga qazish tizimi:
    1 — tasmasimon selik; 2 — tayanch seliklar; 3 — tashish shtreki;
    4 — pol shtreki; 5 — rudatushirgich; 6 — asosiy tashish shtreki; 7 — anker mustahkamlagich; 8 , 9 — yordamchi lahimlar; 10 — tutashtirma; 11 — burg‗ilash aravachasi; 12 — yuklash-eltish mashinasi.
    Sidirg‗asiga qazish tizimining texnik-iqtisodiy ko‗rsatkich- lari boshqa tizimlarga nisbatan ancha yuqori bo‗lsa-da, bu tizimda ruda yo‗qotilishi yuqori bo‗lib, 25—30% ni tashkil qiladi. Qalinligi 5 m dan katta, rudasi hamda atrof jinslari mustahkam bo‗lgan o‗ta qiya ruda yotqiziqlarini qazib olishda nimqavat lahimlar (shtrek yoki ort) orqali rudani massivdan ajratib olishga asoslangan kamerali qazish
    tizimi (3.10-rasm) qo‗llaniladi (ayrim manbalarda bu tizimni nimqavat shtreklar tizimi deb ham yuritiladi).
    Bloklarni qazishga tayyorlash qavat tashish shtreki va blok ko‗tarilmalarni o‗tishdan iborat bo‗ladi. Ko‗tarilmalar har 6—8 m da nimqavat shtreklar bilan tutashtiriladi. Kamerada rudani massivdan ajratib olish qalinligi 1,5—2,0 m bo‗lgan vertikal tiliklar (qatlamchalar) ko‗rinishida
    burg‗ilab-portlatish yordamida bajariladi.
    Og‗ish burchagi 55—60° dan kam bo‗lmagan, qalinligi 6—8 metrli tik ruda yotqiziqlarini qazib olishda massivdan ajratib olingan rudani qazish bo‗shlig‗ida magazinlashga (yig‗ishga) asoslangan
    qazish tizimi qo‗llaniladi.
    Bu tizimda qazish blokidagi rudani massivdan ajratib olingandan so‗ng, maydalangan ruda massasining bir qismi rudatushirgichlar orqali tashish shtrekiga tushiriladi. Natijada magazindagi ruda bilan qulatilmagan ruda massivi orasida ma‘lum kenglikda (massivni burg‗ilashga imkon beradigan) bo‗shliq hosil bo‗ladi. Shundan so‗ng burg‗ilovchilar magazin- dagi maydalangan ruda ustida turib,
    ruda massivida burg‗ilash ishlarini amalga oshiradilar.
    Rudani massivdan ajratib olish blokdagi barcha ruda zaxirasi tugamaguncha takrorlanadi va shundan so‗ng blok bo‗shlig‗ida magazinlashtirilgan ruda rudatushirgichlardan tashish shtrekiga to‗la
    tushirilib, transport vositalariga yuklanadi. Konchilik amaliyotida bu tizimning turli variantlaridan foydalaniladi. Masalan, magazindagi ruda uyumi ustida turib shpurlar burg‗ilash orqali rudani massivdan ajratib olish tizimi, ko‗taril- malardan skvajinalar burg‗ilab, rudani massivdan ajratib olish tizimi va boshqalar.
    Blokni tayyorlash ishlari sodda bo‗lib, tashish va shamollatish shtreklari hamda blok ko‗tarilmalarini o‗tishdan iborat bo‗ladi. Ruda tushirgichlar oralig‗idagi masofa 3—4 m, blok- ning
    cho‗ziqlik bo‗yicha o‗lchami 80—100 m bo‗lishi mumkin.
    Blokni qazib olish ishlari uchta bosqichdan tashkil topadi: dastlab tashish shtreki tepasidan ma‘lum masofada kesma o‗tib, magazin (bo‗shliq) hosil qilinadi va uning tubida voronkalar
    (rudatushirgichlar) barpo etiladi; chuqurligi 2,5 m gacha bo‗lgan shpurlar orqali rudani massivdan ajratib, magazinga uyuladi; rudani tashish shtrekiga to‗la tushiriladi va qavat hamda kameralar o‗rtasida qoldirilgan seliklar qazib olinadi.
    Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimining texnik- iqtisodiy ko‗rsatkichlari yuqori bo‗lib, ruda va atrof kon jinslari mustahkam bo‗lgan konlarni qazib chiqarishda qo‗llaniladi. Magazinda uyulgan
    ruda jipslashish va o‗z-o‗zidan yonish kabi xususiyatlardan mustasno bo‗lishi kerak.
    Ushbu qazish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

    • kon-tayyorlov lahimlari hajmining kichik bo‗lishi;

    • burg‗ilab-portlatish ishlari samaradorligining yuqori bo‗lishi;

    • mehnat unumdorligining yuqori va ruda tannarxining arzon bo‗lishi.

    Shu bilan birga uning qator kamchiliklari ham mavjud:

    • rudani sifat rusumlari (sortlari) bo‗yicha qazib olish mumkin emasligi;

    • ruda massivining to‗satdan bosib qolishi va kameradagi nogabaritlarni maydalashda baxtsiz hodisalar sodir bo‗lishi mumkinligi va boshqalardir.

    Yuqorida ko‗rib chiqilgan qazish tizimlari qazish bo‗shlig‗ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimi sinfining ko‗p qo‗llanadiganlaridandir. Bu sinfning boshqa tizimlari ham mavjud bo‗lib, ularni
    o‗rganish maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.
    Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimi sinfiga kiruvchi tizimlar o‗rtacha va katta qalinlikka ega bo‗lgan ruda yotqiziqlarini qazib olishda keng qo‗llaniladi. Bu sinfga mansub
    barcha qazish tizimlarida, dastlab blokda katta hajmdagi ruda massivdan ajratib olinadi va maydalangan ruda ustiga ruda massivi (yotqizig‗i) ustida joylashgan kon jinsi qatlamlari qulab tushadi yoki majburiy qulatiladi. Qulatil- gan kon jinslari ostidagi maydalangan ruda qavat (nimqa- vat)ning bor balandligi bo‗yicha tushirib olinadi.
    Amaliyotda ruda va atrof jinslarni qulatishga asoslangan qazish tizimiga mansub vertikal yoki gorizontal kompensatsion kamerali va rudani siqilgan muhitda yoppasiga massivdan ajratib, uni blokning osti yoki yonboshidan tushirib olishga mo‗ljallangan qazish tizimlari variantlari keng
    qo‗llanadi.
    Kompensatsion kamerali ruda qazish tizimida rudani ajratib olish ikki bosqichda bajariladi.
    Dastlab, kamerali qazish tizimi qo‗llanib, kompensatsion kameralar hosil qilinadi. Kame- ralarning hajmi taxminan blokdagi ruda zaxirasining uchdan bir qismiga teng bo‗ladi. Rudaning bu qismi massivdan ajratilganda maydalanib, hajmi ko‗payadi va kameralarni to‗l- diradi. Shundan so‗ng siqiq muhitda qolgan maydalangan ruda blok ostidan yoki yonboshidan tushirib olinadi.
    Blokni qazib olishda tayyorlash — tashish va shamollatish shtreklarini o‗tish, skreperlash gorizontiga rudani yetkazib beruvchi lahim barpo etish, blokda kamera hosil qilish, qisqa
    rudatushirgichlar va blok ko‗tarilmalarini o‗tishdan iborat bo‗ladi. O‗ta qiya va tik, qalinligi 15—25 m gacha bo‗lgan yotqiziqlarni qazib olishda bloklar uzun tomoni bo‗yicha yotqiziqning cho‗ziqlik yo‗nalishida joylashtiriladi.
    Blokning cho‗ziqlik bo‗yicha uzunligi 40—60 m bo‗ladi. Ruda yotqizig‗i juda qalin bo‗lgan hollarda blokning uzun tomoni cho‗ziqlikka tik yo‗nalishda joylashtiriladi. Qavat bor bo‗yicha
    qulatilganda uning balandligi burg‗ilash mashinasining vertikal va o‗ta qiya skvajinalarni burg‗ilash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va 40—60 m, ayrim sharoitlarda undan ham baland bo‗lishi mumkin.
    Ruda konlarini qazib chiqarishda rudani katta hajmda ajratib olish va uni blok ostidan tushirib olish tizimining turli variantlari qo‗llanadi.
    Ulardan eng ko‗p qo‗llaniladiganlari: ikki bosqichli (kom- pensatsion kamerali) va bir bosqichli (rudani siqiq muhitda ajratib olish) ruda qazish tizimi; rudani vertikal (bir-biriga parallel yoki veyer
    shaklida joylashgan) skvajinalar bilan ajratib olish tizimi; rudani gorizontal (veyer shaklida joylashgan) skvajinalar orqali ajratib olish tizimi va boshqalardir.
    Ajratib olingan rudani blok yonboshidan tushirib olish tizimi blok ostidan tushirib olish tizimiga nisbatan o‗zgacha bo‗lib, bunda blok tubida kamera barpo etilmaydi.
    Bu esa blokni qazishga tayyorlashni soddalashtiriladi va kamera hosil qilishga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Qavatni majburiy buzib, maydalangan rudani blok yonboshidan tushirib olish tizimi ham konchilik amaliyotida keng qo‗llaniladi va asosiy variantlardan biri hisoblanadi (3.11-
    rasm).
    A-A

    3.11-rasm. Qavatni majburiy buzib, qisilgan rudani yonboshdan tushirib olish tizimi:

    Download 7,55 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




    Download 7,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    — tashish lahimi (shtrek yoki ort); 2

    Download 7,55 Mb.