• 1980-yilga kelib 38% ga oshgan, O‗z- bekistonda esa 80% ni tashkil qilgan. Shu davr ichida
  • uning ustini qoplab yotgan qoplama jinslarni olib tashlab, foydali qazilma yotqizig‗ini




    Download 7,55 Mb.
    bet46/96
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,55 Mb.
    #150123
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
    Bog'liq
    3.2022.Kon ishlari asoslari

    uning ustini qoplab yotgan qoplama jinslarni olib tashlab, foydali qazilma yotqizig‗ini ochish kerak bo‗lgan.Bu ishni bajarish katta mehnat va xarajat talab
    etgan. Natijada konlarni ochiq usulda qazib olish uzoq muddat davomida to‗xtab qolgan va XIX asrning oxirlariga kelib, kon qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash asosida qayta tiklana boshlagan. Shundan boshlab, ayniqsa, XX asrning o‗rtalariga kelib butun dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari uzluksiz kengayib borgan.Masalan, 1950-yilda ochiq usulda qazib olingan ko‗mir miqdorining umumiy qazib olingan ko‗mirdagi ulushi 11% ni tashkil qilgan bo‗lsa, 1980-yilga kelib 38% ga oshgan, O‗z- bekistonda esa 80% ni tashkil qilgan.
    Shu davr ichida ruda konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning ulushi 44% dan 80-85% gacha ko‗paygan. O‗zbekiston Respublikasida konlarni ochiq usulda qazib olish 1947-yildan boshlangan bo‗lib, hozirgi vaqtda ko‗mir, metall konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta qismi (85-90%), tabiiy qurilish materiallari konlarining barchasi (100 %) ochiq usulda qazib olinmoqda. Ochiq kon ishlarining qisqa vaqt ichida tez rivojlanishi ochiq kon korxo- nalarida ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori unumdorlikka ega bo‗lgan kon-transport uskunalari bilan mexanizatsiyalash natijasida sodir bo‗lmoqda.
    Karyer (razrez)larda yangi texnika qo‗llanishi oqibatida kon ishlarini olib borish texnologiyasi va karyerning o‗lcham- lari tobora takomillashib bormoqda. Hozirgi
    vaqtda chuqurligi 500-700 m va undan ham chuqur bo‗lgan karyerlar qurish loyihalashtirilmoqda. Pog‗onalar balandligi 10-12 m dan 40 m gacha oshishiga imkon yaratilgan. Transportsiz va transport-ag‗darmali texnologik sxemalarning keng qo‗llanishi asosida qazish ishlarining jadallik darajasi oshib, karyerning yillik chuqurlashish tezligi 15-20 m ni tashkil qilmoqda. Na- tijada karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‗lmoqda.
    Ochiq kon ishlari asosida foydaii qazilma konlarini qazib olishni yanada rivojlantirish quyidagi yo‗nalishlar asosida amalga oshiriladi:

    • mavjud va quriladigan yangi karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvatini 10-20 va undan ko‗p mln tonnagacha oshirish;

    • yumshoq va bo‗shoq kon jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslar (shu jumladan, rotorli ekskavatorlar kompleksi)ni qo‗llash;

    • qoplama jinslar cho‗michining sig‗imi 40-100 m3, strelasi uzunligi 100-150 m bo‗lgan draglaynlar bilan qazib olib, qazishdan bo‗shagan maydon (ichki ag‗darma)ga joylashtirish texnologiyasini kengaytirish;

    • qazib olingan qattiq kon jinslari va foydali qazilmalarni karyerning o‗zida surilma (suriladigan) tegirmonlarda maydalangan massani konveyerlar bilan transport qilishga asoslangan qurilma - potok texnologiyasini qo‗llash;

    • kon-transport uskunalarining yangi modellarini keng joriy qilish; SBSH-320 rusumli burg‗ilash stanogi, EKG-20 elektr yuritkichli, EG-12.5, EG-20 gidravlik yuritkichli ekska- vatorlar, cho‗michining hajmi 25 m3 bo‗lgan yuklovchi mashina yuk ko‗tarish quvvati 110-180-250 t bo‗lgan avtoag‗dargichlar va boshqa yangi texnikani qo‗llash;

    • yo‗l qurish va boshqa yordamchi ishlarni to‗la mexaizatsiyalash;

    — boshqarishning avtomatik tizimlaridan foydalanish va karyerlarda joriy qilinadigan tadbirlar loyihasini tuzishda matematik usullar va EHMdan keng foydalanish.
    Yuqorida qayd efilgan texnik yo‗nalishlarni ishlab chiqa- rishga tatbiq qilish ochiq kon ishlari samaradorligining yanada yuqori bo‗lishini ta‘minlaydi.
    Ochiq kon ishlari ikkita asosiy ishlardan, ya‘ni qoplama jinslarni qazib olish (kon yotqizig‗ining ustini ochish) va bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlaridan tashkil
    topadi.
    Foydali qazilma yotqizig‗ini ochish ishlari natijasida bevosita foydali qazilmani qazib olishga imkon yaratiladi. Ochish ishlarini olib borish asosida karyer tashkil
    topadi.
    Karyerda ochish ishlari vaqt va makon bo‗yicha qazish ishlaridan o‗zdirib bajariladi 5.1-rasmda yotiq va tik foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishning
    ketma-ket bajariladigan bosqichlari
    Karyerning muayyan chegaralari yillar davomida uzluksiz surilib, yangi holatni
    egallab boradi.
    Bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari foydali qazilma yotqizig‗i ustidagi qoplama jinslari qazib olingandan so‗ng boshlanishi, karyerning barcha yo‗nalishlari bo‗yicha o‗lchami katta bo‗lishi tufayli unda yuqori unumdorlikka va o‗lchamlarga ega bo‗lgan uskunalarni qo‗llash mumkinligi, qoplama jinslar va foydali qazilmani ekskavatorlar orqali qazib olish ochiq kon ishlarining asosiy belgilari hisoblanadi




    Nazorat uchun savol va topshiriqlar


    1. Download 7,55 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




    Download 7,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    uning ustini qoplab yotgan qoplama jinslarni olib tashlab, foydali qazilma yotqizig‗ini

    Download 7,55 Mb.