To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




Download 7.62 Mb.
bet79/112
Sana18.10.2022
Hajmi7.62 Mb.
#27443
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112
Bog'liq
MANAVIYAT SOATI 2022-2023
STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
Yehova shohidlari tariqati. Amerikalik Charlz Tes Rassel tomonidan asos solingan. U 1855 – yilda AQShning Pensilvaniya shtatida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Ota - onasining xohishiga ko‘ra, bolaligidan cherkovga qatnab diniy ta’lim ola boshlagan. 23 yoshda nasroniylikning ko‘pgina aqidalari bilan murosa qila olmay, o‘z ta’limotiga Iso masihning ikkinchi bor zuhr etishi qiyomat qoyimning qo‘pishi ustiga qo‘rgan adventislar diniy oqimiga qo‘shildi.
Ularning fikricha, Iso 1878 – yilda zuhr etishi kerak edi. Ammo, bu taxmin amalda o‘z isbotini topmadi. O‘z vallomatlarining va’dasi puchga chiqqanini ko‘rgan Charlz bu oqimdan voz kechib, o‘z ta’limotiga asos soldi.
Rassel o‘zi ta’sis etgan «Tafakkur yo‘li» jurnalida o‘z diniy va dunyoviy qarashlarini ochiq - oshkor bayon etardi. U o‘zining radikal ruhdagi chiqishlarida «Injildan haqiqatni qidirib ovora bo‘lmang, barcha haqiqatlar mengagina ma’lum», deya jar sola boshladi. Rassel butun umrini o‘zi yaratgan ta’limotni ommalashtirish tarafdorlari safini kengaytirishga sarfladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qiyomat haqidagi bashoratlarning asossiz chiqishi natijasida bir million kishi tariqatdan chiqib ketgan. Har yili o‘rtacha qirq ming kishi «Yehova shohidlari» tariqatini tark etadi. Shunga qaramay hozir yer yuzidagi deyarli barcha mamlakatlarda olti millionga yaqin Yehova shohidi istiqomat qiladi. Albatta, Yer yuzida qiyomat qoyimning yuz berishi ko‘pgina diniy ta’limotlarda, jumladan, islomda ham qayd etilgan. Ammo, «Qur’oni karim»da bu hodisaning aniq muddati faqat Yaratganning o‘ziga ma’lum ekani marhamat qilinadi. Ayni paytda Yehova shohidlari yana el aro sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib aniq bir sanani aytishdan qo‘rqishmoqda. Ammo, ular o‘z jurnallari va varaqalarida bu kunga juda oz fursat qolganini bot-bot eslatadilar.
Shohidlar fikricha, dunyodagi barcha dinlar (albatta Xristianlik va Islom ham) insoniyatni adashtiradi. Chunki, bu dinlarda asl haqiqat buzib ko‘rsatilgan. Yehova shohidlari dunyo insonlar tomonidan butunlay xarob ahvolga solingani, tez orada Xudo tomonidan hamma narsa qaytadan bunyod etilishiga ishonadilar. Ular Xristianlikning asosiy aqidalaridan biri - muqaddas uchlik (Troisa)ni inkor etadilar. Injil bugungi kunda Xristianlar tomonidan buzib talqin etilayotganini alam bilan ta’kidlaydilar. Shohidlar vahdatiylik dinlardagi jannat va do‘zax haqidagi fikrlarga ham ayricha yondashadilar. Shundoqkim, jannat biz tasavvur qilolmaydigan olis masofada emas, Yer yuzining o‘zida tajalliy etadi. Aniqrog‘i qiyomat qoyimdan keyin Yaratganning o‘zi Yer yuzini jannatga aylantiradi. Unda eng adolatli va tenghuquqli jamiyat yuzaga keladi. Yer yuzida yaralajak abadiy jannatga doxil bo‘lish uchun esa, Yehova shohidlari tariqatiga a’zo bo‘lish, ularning ta’limotlarini keng yoyishga xizmat qilish lozim bo‘larkan.
Bu tariqat tarafdorlari bizning mamlakatimizga kirib kelgani, eng achinarlisi anchagina hamyurtlarimizni, millatdoshlarimizni o‘z orqasida ergashtira olgani kishini anchayin uyg‘oqlikka, sergaklikka chorlaydi.




Download 7.62 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112




Download 7.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

Download 7.62 Mb.