• 22-Mavzu: Shoh va shoir - Zahriddin Muhammad Bobur
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet76/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana






    22-Mavzu: Shoh va shoir - Zahriddin Muhammad Bobur

    Zahriddin Muhammad Boburning dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan asarlari, g'azal va ruboiylari yosh avlodni Vatanga, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.Ulug' o‘zbek shoiri, mutaffakir, tarixchi, shoh va sarkarda, boburiylar saltanatini asoschisi, Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg'ona viloyati hokimi Umarshayx Mirzoning farzandi Bobur Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483 yil 14 fevralda Andijonda tavallud topdi.


    Tarjimai hol


    Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta'lim,fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rgandi. Yoshligidan ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qildi, ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshladi.Dovyurakligi va jasurligi uchun "Bobur" ("She'r")laqabini oldi. Otasi 39 yoshida fojiali vafot yetgach, 12 yoshida valiahd sifatida tahtga o‘tirdi. U paytlardagi Farg'ona viloyatining sarhadi hozirgi Farg'ona viloyatining hududiga qaraganda boshqacha bo‘lgan. Uning sharqi-Qashg'arga, g'arbi- Samarqandga, janubi- Badaxshon tog'lariga, shimol tomoni- Olmaliq va Olmaota shaharlariga borib taqalgan.


    Bobur otasi yo‘lidan borib, mashhur sufiy -Xoja Ahrorga ixlos qo‘yadi va uning taraqiati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu e'tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik "Boburnoma" asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng og'ir sharoitlarda rahnamolik qilganligini ta'kidlaydi.
    Movarounnahr XV asr oxirida o‘zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil bo‘lib olgan ko‘plab viloyatlarga bo‘linib ketgan, Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilayotgan edi. Bundan tashqari, Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukumdorga bo‘ysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, ba'zilari mustaqillik da'vosini qiladi, Yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki va tog'alariga qo‘shilib uni o‘ldirishga tushadi.
    Qarindosh-urug'lar o‘rtasidagi nizolar oqibatida Bobur 1504 yilning iyun oyida Movarounnahrni tashlab, yaqinlari va o‘ziga sodiq bo‘lgan navkarlari hamrohligida Afg'onistonga o‘tib ketadi. U yerdagi ichki nizolardan foydalanib, G'azna va Qobulni egallagach, mustaqil davlat qurishga jadal kirishadi,qo‘shini tartibga keltiradi,qattiq ichki intizom o‘rnatadi.Bobur Afg'onistonda el obononligi va ravnaqi yo‘lida jon kuydiradi, uning manfaatlari yo‘lida odilona va oqilona ish tutadi. Afg'onistondagi Amaliy faoliyatiga ko‘ra, butun Xuroson va Movarounahrda qudratli va davlat boshlig'i va muzaffar sarkarda sifatida katta obro‘ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayt e'tiborli o‘ringa ko‘tarildi.1507 yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, poytaxt Qobulga qaytadi. 1519 yil bahoriga kelib,Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyin 5-6 yil mobaynida bir necha yurishlar uyushtiradi.Nihoyat,1526 yilning aprel oyida Paninpatda asosiy raqibi -Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik qo‘shinini 12 ming Askar bilan mag'lubiyatga uchratib, Deqlini eggalaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundirib oladi. So‘ngra jangu jadallar bilan Hinistonning ko‘pgina o‘lkalarini zabt etadi. Dehli,Agra, Jo‘npur, Harid, Bahor va boshqa o‘lkalarda o‘z bayrog'ini ko‘taradi.
    Boburning bobolari - Sohibqiron Amir Temur, uning o‘g'li Mironshoh Mirzo,Sulton Abusaid Mirzolarning jismonan baquvvat, otni musht bilan urganda dovdiratadigan darajada kuchli bo‘lishgani tarixiy manbalardan ma'lum. Bobur ham bolalik chog'ilaridanoq, nixoyatda sog'lom, binobarin sho‘x tabiatli, chapdast yigit bo‘lib o‘sdi.
    Boburning jismonan baquvvatligi, havas qiladigan darajadagi sog'ligi butun umri davomida- uning podshohlik faoliyatida, shaxsiy hayotida namoyon bo‘lgan.U davlat ishlari Bilan band bo‘lgan chog'lari dono shoh, kundalik hayotda xushchaqchaq ulfat, yaqin do‘stlari orasida jismoniy baquvvat yigit, qo‘shinda esa qo‘rqmas va bahodir sarkarda sifatida tarixda qolgan.
    Boburning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida keltirilishicha, Bobur Hindistonda Agra shahrini egallagach, xursandchilikdan bo‘lsa kerak, qa'la devoriga chiqib ikki yigitni ikki qo‘ltig'ida dast ko‘tarib, devor ustida yugurgan. Agrani o‘ziga poytaxt sifatda tanlagan Bobur bu mamlakatda katta qurilish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuboradi.
    Shu tariqa Hindistonda uch yarim asrga yaqin xukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.Afg'onistonda bo‘lganidek, u Hindistonda ham ko‘plab ijtimoiy xayrli ishlarni amlga oshiradi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Boburning maqsadi - parchalanib ketgan yurtni birlashtirib, ulug' saltanat qurish edi.
    Bobur Mirzo qayerda va qay bir davlatda bo‘lmasin, adabiyot va tarix, musiqa va sa'natdan yaxshi xabardor bo‘lgan olimu fozillar davrasida ishtirok etdi, xususan ijod ahliga , kasbu hunar sohiblariga samimiy yehtirom ko‘rsatdi, homiylik qildi, ularni moddiy va ma'naviy rag'batlantirib turdi.
    Bobur umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug'ullandi,har qanday sharoit va vaziyatda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada har jihatdan boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.Shoir ijodida, xususan she'riyatda kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dil-dilidan qo‘msash, uning tuprog'iga talpinish, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari,zamona nosozliklaridan nola badiy talqin etiladi.
    Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va g'azallar yoza boshlagan. Uning "Topmadim" radifli g'azali va "Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi " misrasi Bilan boshlanuvchi ruboiysi o‘sha yillardagi hayoti bilan bog'liq. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari "Boburnoma" ustidagi ijodiy ishini 1518-1519 yillarda boshlagan.
    Hindiston yurishlari davrida Bobur "Mubayyin" asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan islom huquqshunosligi va shariyat aqidalariga bag'ishlangan bu asarda Movraunnahr va Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy ayoti bo‘yicha qiziqarli ma'lumotlar ham jamlangan. Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, "Xatti Boburiy", shuninigdek, musiqa san'ati va harb ishlariga maxsus bag'ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan.
    "Xatti Boburiy" da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirilgan. 1526 yilning dekabr oyida boburga qarshi suiqasd uyuishtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Lo‘diyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qo‘shtiradi. Shuning asorati hamda ko‘p yillik mashaqqatli va qo‘nimsiz hayot ta'siridan keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi.
    1527 yil oktyabr oyida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda u o‘zi e'tiqod qo‘ygan Hoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan "Volidiya" asarini she'riy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobilyati namoyon bo‘lgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan.
    Boburning o‘z e'tiroficha, tarjima tugashi hamonoq, u sog'ayib ketgan.Bu yillarda u "Boburnoma" fasllari ustida ishlashni davom ettiradi, yangi yangi g'azal va ruboyilar yaratdi,o‘z iborasi bilan aytganda, "Hindistonga kelgali aytqon ash'orni " tartibga solib, shuningdek "Volidiya" tarjimasini, "Xatti Boburiy" Bilan bitilgan namuna va qitalarni Movarounnahr va Afg'onistonga, Humoyun, Xoja Kalon. Hindon va boshqalarga yubordi.
    Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530 yil 26 dekabrda o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539 yilda) uning vasiyatiga muvofiqhoki Qobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan "Bog'i Bobur"ga qo‘yildi. Boburning ulug' asari "Boburnoma" bo‘lib, uni "Vaqoe" deb ham nomlaydilar. Buyuk memoriyal asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon yetilgan. "Boburnoma" ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bor. Bu asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857y.), Londonda Beverij xonim nashr (1905 y.) etgan. O‘zbekistonda dastlab Fitrat 1928 yilda asardan pachalar e'lon qildi.
    "Boburnoma" ning1948-1949 yillarda ikki jildi, 1960 va 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to‘ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi. Boburning "Boburnoma" asarlarini Abdurahim xoqon (1586 y.)- fors, Vitsen (1705 y.)-golland,J.Leyden (1826 y.) va V.Erskin-ingliz, Pavel de Kurteyl (1871 y.)-fransuz, Rashit Rahmati Arat (1940 y.) turk,Miail Sale (1943 y.) rus tiliga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida "Boburnoma" to‘rt marta ingliz, uch marta fransuz va bir marta nemis tiliga o‘girilgan.Boburning soliq ishlari haqida ma'lumot beruvchi "Mubayyinul-zakot" (1521 y.), aruz vazni haqidagi " Risolai aruz " (1523-1525 y.y.) kabi asarlari bor. "Aruz risolasi"da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she'riy asarlardagi ko‘rinishlari, aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan.
    Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlar yaratgani haqida ham ma'lumot bor. Ammo, ular topilgan emas."Boburnoma" mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning "Boburxon" (Parij, 1940 y.), Fernard Grenardning "Bobur" (Parij, 1930 y.), Karold Lembning "Bobur -yo‘lbars" (Nyu-York,1961 y.) romanlari, Vambek Gaskonining "Bobur va uning avlodlari " (Nyu-York,1980 y.) esse- romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni Lal boburiylar haqida oltita roman yozgan.Javohirlal Neru, M.Gandi,A.K. Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va Fan arboblari Bobur va boburiylarni hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizasiyasidagi mavqeini haqqoniy e'tirof etishgan. O‘zbekiston musiaqillika erishganidan keyin bobur o‘z yutrida haqiqiy qadr qimmat topdi. O‘zbkeiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra ,1993 yilda Bobur tavalludining 510 yiligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet,teatr, kutubxona, milliy bog' ("Bog'i Bobur") bor.
    Bobur milliy bog'i majmuasida "Bobur va jahon madaniyati" muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bog'idagi yodgorlik majmuida shoirga haykal o‘rnatildi, Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek, Toshkentdagi istirohat bog'i va ko‘chaga, Andijon viloyatining Xonobod shahridagi istirohat bog'iga Bobur nomi berildi, O‘zbekiston Fanlar akdemiyasining Bobur nomidagi medali ta'sis etildi.
    Bobur nomida xalqaro ilmiy ekspedisiya mavjud bo‘lib, uning a'zolari bobur qadamjolari bo‘ylab ko‘plab safar uyushtiradilar. Ekspedisiya materiyallari asosida "Bobur va jahon madaniyati" memorial muzeyi tashkil qilib, uning jamg'armasida Bobur nomi bilan bog'liq 500 dan ortiq kitob va manbalar bor.




    Download 7.62 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.