Purjinali mayatnikning tebranish davri




Download 15,65 Mb.
bet27/40
Sana22.02.2024
Hajmi15,65 Mb.
#160565
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)

Purjinali mayatnikning tebranish davri
Hozirgacha biz mayatniklarning tebranish davrini to’g’ridan to’g’ri ifodalay ololmaymiz. Prujinali mayatnik tebranish amplitudasi ushbu davr bilan tebranadi:


T =2π (m / k )1/2

Aksariyat odamlar prujinali mayatnikli sistema boshqalariga qaraganda katta amplituda bilan tebranadi deb o’ylaydilar.(Biz boshqa harakatlarning amplitudalarini taqqosladik, ammo ikkalasi ham teoremani isbotlash uchun yetarli bo’ladi). Aniq faktga ko’ra katta amplitudali tebranish kichkina amplitudalisi bilan bir xil vaqtda sodir bo’ladi.


Garmonik tebranma harakat quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Garmonik tebranma harakat energiyasi quyidagicha hisoblanadi: bunda:
- energiyaning saqlanish qonunining matematik ifodasidir. Demak, energiya saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi: “Yopiq sistemada garmonik tebranma harakatda to‘liq energiya potensial va kinetik energiyalar yig‘indisiga teng bo‘lib, ularning yig‘indisi o‘zgarmaydi, ular faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi”.

Tebranishlar ikki xil bo‘ladi : erkin va majburiy tebranishlar.
Muvozanat vaziyatdan chiqarilgan va tashqi kuchlar ta’sirida bo‘lmagan tebranishlar erkin tebranishlar deyiladi (yoki xususiy tebranishlar deyiladi). Bunday tebranishlar so‘nuvchi tebranishlardir.
Davriy ravishda o‘zgaruvchi doimiy tashqi kuch ta’sirida sodir bo‘ladigan tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi. Bunday tebranishlar so‘nmaydigan tebranishlardir.
Tebranayotgan sistemaga ta’sir qiluvchi davriy o‘zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning xususiy tebranish chastotasiga tenglashganda majburiy tebranish amplitudasining keskin o‘sishiga rezonans (8-rasm) deyiladi.

8-rasm
Mexanik to‘lqin deb, mexanik tebranishlarning elastik muhitda tarqalish jarayoniga aytiladi. To‘lqinlar tebranishi va tarqalish yo‘nalishining o‘zaro munosabatiga qarab ikki turga bo‘linadi: bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar.
Bo‘ylama to‘lqin deb, muhit zarralari harakati tebranish tarqalishi bo‘ylab bo‘ladigan to‘lqinga aytiladi.
Ko‘ndalang to‘lqin deb, muhit zarralari harakati tebranish tarqalish yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lib tarqaladigan to‘lqinga aytiladi.
To‘lqinlarning shakli to‘lqin sirti, to‘lqin fronti bilan xarakterlanadi.
To‘lqin sirti deb, bir xil fazada tebranayotgan nuqtalarning geometrik o‘rniga aytiladi. To‘lqin fronti deb, to‘lqin etib kelgan nuqtalarning geometrik o‘rniga aytiladi.
To‘lqin uzunligi deb ataluvchi kattalik – muhitning xususiyatiga va tebranish chastotasiga bog‘liq ravishda to‘lqin sirtining, ya’ni to‘lqin fazasining bir davr ichidagi siljishini xarakterlaydi.
To‘lqin uzunligi ( ) deb, bitta nurda yotgan bir xil fazada tebranayotgan qo‘shni nuqtalar orasidagi masofaga aytiladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bunda: - to‘lqin tezligi; - to‘lqin tarqalish chastotasidir.
Tebranishlarning fazalar farqi o‘zgarmas bo‘lgan to‘lqinlar kogerent to‘lqinlar deb ataladi. Ikkita kogerent to‘lqinlarning qo‘shilish hodisasiga to‘lqin interferensiyasi deb ataladi.
Tovush deb, insonning eshitish organida tovush sezgisini uyg‘otuvchi bo‘ylama mexanik to‘lqinlarga aytiladi.

Download 15,65 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Download 15,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Purjinali mayatnikning tebranish davri

Download 15,65 Mb.