• MASHG‘ULOTNING MAQSADI
  • MASHG‘LUOT UCHUN ZARURIY JIHOZLAR VA NAMOYISHLAR
  • MAVZU MAZMUNINNNING QISQACHA MATNI
  • Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari




    Download 15,65 Mb.
    bet24/40
    Sana22.02.2024
    Hajmi15,65 Mb.
    #160565
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
    Bog'liq
    3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)

    8-ma’ruza mashg’uloti
    MAVZU: ATOM TUZILISHI HAQIDA HOZIRGI ZAMON TASAVVURLARI. BOR NAZARIYASI
    REJA:
    1.Atom modeli.
    2.Bor postulotlari. Vodorot atomi tuzilishining nazariyasi.
    3.Yadroning bog’lanish energiyasi.Massa deffekti.
    4.Radioaktiv nurlanishda biologiya va kimyoda foydalanish
    MASHG‘ULOTNING MAQSADI - Talabalarga atom tuzilishiga oid tasavvurlar, atom spektrlari va uning turlari, spektral analiz, lazerlar haqida bilimlar berishdan iborat.
    ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:

    • Atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar;

    • Atom spektrlari;

    Nurlanish va yutilish spektrlari. Nurlanish spektrlarining turlari;

    • Massa va energiya orasidagi bog‘lanish;

    • Radioaktivlik;

    • Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri; Dozimetriya;

    • Radioaktiv nurlanishlaridan biologiya va ximiyadan foydalanish

    MASHG‘LUOT UCHUN ZARURIY JIHOZLAR VA NAMOYISHLAR:
    a). jihozlar: -zarralarini kuzatish uchun mo‘ljallangan laboratoriya kamerasi stol lampasi, atseton, etil spirti va suv aralashmasi solingan probirka vintli qisqich, spektroskop;
    b). namoyishlar: Vilson kamerasida - zarralarning izlarini kuzatish; spektros kopning tuzilishi va ishlashini ko‘rish.
    MAVZU MAZMUNINNNING QISQACHA MATNI:
    XX asrning boshlariga kelib, J.Perrenning Broun xarakatiga baђishlangan tajribalaridan so‘ng moddalarning atom tuzilishi to‘liq tasdiqlandi. Ikkinchi tomondan elektroliz, gazlarning issiqlanishi, katod nurlari, fotleffekt va radioaktivlikni tadqiq qilish atomlar ichida elektronlar mavjudligini, ya’ni atomning tuzilishi murakkab ekanligini isbotlab, atomning bo‘linmas deyilgan tasavvurlarga chek qo‘ydi. Shu davrgacha faqat atomning o‘lchami ekanligi va elektronning massasi vodorod atomi massasidan 1836 marta kichikligi ma’lum edi, xolos.

    Atomdagi zaryad va massa taqsimotini ingliz olimi E.Rezerford tekshirishga muvaffaq bo‘lgan. Buning uchun u og‘ir elementlarning, xususan oltin, mis va boshqa modda atomlarini -zarrachalar bilan bombardimon qildi.
    -zarracha butunlay ionlashgan geliy atomi ( 2Ne4 )dan, massasi elektron massasidan 8000 marta katta bo‘lib, zaryadi musbat va absolyut qiymati ( ) elektron zaryadidan ikki marta katta, ya’ni Kl ga teng, tezligi esa juda katta bo‘lib ga teng.
    Rezerford turli burchak ostida sochilgan -zarrachalarni sanab, atom yadrosi haqidagi ђoyani ilgari surdi. Bu g‘oyaga binoan, atomning massasi va zaryadi atomning markazida joylashgan juda kichik o‘lchamli yadroda mujassamlashgan. (Uning hisoblashicha, yadroning o‘lchami atrofida ekan, zaryadi bo‘lib, bunda e-elektron zaryadi, z-mazkur ximiyaviy elementning Mendeleev davriy jadvalidagi tartib nomeri.)
    1911 yilda Rezerford atomning planetar modelini yaratdi, ya’ni: atomning markazida butun massasi yig‘ilgan musbat zaryadli yadro joylashgan bo‘lib, uning atrofida elektron ma’lum bir orbita bo‘ylab xarakat qiladi.
    Rezerfordning atom modeli atomning barqarorligini va uning atomi chiziqli spektr nurlanish qonunini tushuntirishga ojizlik qildi. Bu muammoni daniyalik olim Nils Bor xal qilishga muvaffaq bo‘ldi.
    1913 yilda Bor o‘zining quyidagi postulatlarini yaratdi, ya’ni ular quyidagicha ta’riflanadi:
    1 - postulat: elektronlar atom yadrosi atrofida, faqat mumkin bo‘lgan muayyan En energiyali statsionar xolatlaridan biriga mos kelgan orbitalar bo‘ylab xarakatlanishi mumkin ( statsionar holat postulati);
    2 - postulat: elektron statsionar orbitada xarakatlanayotganda impuls momenti qirrali ga teng bo‘lib, kvantlashgan bo‘ladi, ya’ni bunda n-orbita tartib nomeri,
    - elektronning massasi, -elektronning tezligi,Gn- orbitaning radiusi, (orbitani kvantlanish postulati);
    3 - postulat: elektron bir statsionar orbitadan boshqasiga o‘tganda, atom o‘zidan yoruђlik kvanti - fotonning energiyasi ni chiqaradi yoki yutadi ( chastota qoidasi):
    Yorug‘lik nurlarining iziga spektr deyiladi.



    Fotoelektrik effektni kuzatish uchun asbob. Yorug’lik nuridan chiqqan elektronlarni vakuum trubkadagi kondensator plastinkasi to’playdi. Chizma fotoelektrik effektni kuzatishning amaliy usulini ko’rsatadi.Vakuum trubka ikkita juda yupqa parallel metall plastinka (kondensator elektrodlari)dan iborat, ularni jadallashtirish uchun metall plastinkalardan birining vaziyatini o’zgartirish kerak. O’lchash paytida musbat va manfiy elektrodlar o’rtasida yuqori vakuum saqlanib turiladi chunki elektrodlar o’rtasida gaz bo’lishi sirtning xususiyatlarini ko’p o’zgartiradi hamda zaryadlarning chiqish va ko’chish sharoitlarini qiyinlashtiradi.Biroq tajribani yuqori vakuumda o’tkazib, elektrodlarning shaklini o’zgartirib yoritilgan sirtdan chiqayotgan barcha zaryadlar tezlashtiruvchi maydon yordamisiz ham ikkinchi elektrodga tushadigan qilsak, u holda fototokning kuchi maydonni kuchaytirganda ortmaydi.
    W+e∆V miqdor energiya bitta fotonning energiyasi bo’lib, u yorug’lik nurining bir qismi hisoblanadi.



    Download 15,65 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




    Download 15,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari

    Download 15,65 Mb.