270
Sovutish kameralari ovqatlanish zalidagi o‘rinlar soni 300 dan ortiq bo‘lgan
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun loyihalashtiriladi. Sig‘imi kamroq restoran,
kafe va oshxonalarda katta sovutgichlar qo‘llaniladi.
Ovqat chiqindilari uchun sovutish kamerasi birinchi qavatda, chiqish tamburi
tashqariga va yo‘lakka qaratilgan holda loyihalashtiriladi. Qishloq joylarda bunday
sovutish kamerasi xo‘jalik zonasida ham joylashtirilishi mumkin. Ma’muriy-
maishiy xonalarni boshqa xonalardan alohida
qilib joylashtirish lozim, bunda
boshqa funksional vazifali xonalar bilan qulay bog‘liqlikni ta’minlashga e’tibor
qaratish kerak.
Xodimlar uchun kirish yo‘lini xo‘randalar kirish yo‘lidan, shuningdek yuk
tushirish zonasidan alohida qilib loyihalashtirish zarur.
Xodimlar uchun
zinapoyalar xo‘randalarni evakuatsiya qilishda foydalanishni hisobga olgan holda
joylashtiriladi.