• 3. Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari
  •  Ishlab chiqarish xonalari




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    2. Ishlab chiqarish xonalari: 
    - ishlab chiqarish sexlari: issiq taomlar tayyorlash sexi (oshxona); sovuq sex: 
    go‘sht va baliq sexlari; qandolat sexi; sabzavot sexi; gumma (somsa) pishirish sexi; 
    - tayyor taomlar tarqatish uchastkasi; 
    - idish-tovoq yuvish uchastkalari; 
    - non kesish xonasi. 
    3. Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari: 
    - yuklarni tushirib olish xonalari; 
    - obmborxonalar: quruq mahsulotlar ombori; sabzavotlar ombori; inventar 
    va tara saqlanadigan ombor; 
    - sovutiladigan kameralar. 
    4. Ma’muriy-maishiy xonalar: 
    - idoraviy xonalar; 
    - direktor va buxgalter kabineti; 
    - xodimlar xonasi; 
    - tibbiy xona; 
    - xodimlar uchun garderob, dushxonalar va sanitariya bloklari. 
    Barcha turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari binolarining hajmiy-rejali 
    yechimlariga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi: 
    - savdo va savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan xonalarning bir-biriga nisbatan 
    oqilona joylashtirish; bu xonalarning o‘zaro joylashtirilishi ular o‘rtasidagi uzviy 
    bog‘liqlikni ta’minlashi, xo‘randalar oqimining xodimlar yo‘llari, toza va 
    yuvilmagan idish-tovoq, yarim fabrikatlar, xom ashyo va chiqindilarni tashish 
    yo‘llari bilan kesishishini istisno qilishi lozim; 


    261 
    - texnologik zarurat tug‘ilgan holatlarda o‘zgartirish (transformatsiya)ni 
    amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak; 
    - bir nechta umumiy ovqatlanish korxonalari kompleks korxonaning bitta 
    binosida birlashtirilganida, xizmat ko‘rsatish xonalarining umumiy maydonini 
    qisqartirish maqsadida, ulardan birgalikda foydalanish imkoniyatini ta’minlash zarur. 
    Umumiy ovqatlanish korxonalari binolarining hajmiy-rejali va konstruktiv 
    yechimlari xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishning turli shakllarini (o‘ziga o‘zi xizmat 
    ko‘rsatish va ofitsiantlar yordamida xizmat ko‘rsatish va hk.) tashkil qilish va taom 
    tayyorlashning so‘nggi bosqichiga ixtisoslashgan ovqatlanish korxonalariga yarim 
    fabrikatlar va sovutilgan tayyor mahsulotlarni markazlashgan va kompleks tarzda 
    etkazib berish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishimkoniyatlarini ta’minlashi 
    lozim. Bunda tayyor va yarim fabrikat mahsulotlarni yuklash-tushirish va shu kabi 
    murakkab ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish maksimal darajada 
    bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik 
    jihozlanishi yuqori samaradorlikka egazamonaviy texnologik uskunalar, ya’ni xorijiy 
    va mahalliy modulli uskunalar, funksional hajmlar, ko‘chma stellajlar va yarim 
    fabrikatlar hamda tayyor mahsulotlarni etkazib berish uchun konteynerlar va shu 
    kabilarni loyihalarda keng joriy etilishiga asoslanishi kerak. 
    Konstruktiv yechim qurilish amalga oshiriladigan muayyan hududdagi 
    mavjud industrial baza va qurilish materiallar turlari hamda zaxirasiga, 
    loyihalashtirilayotgan ob’yektning turi, vazifasi, qavatlar soniva joylashtirilishi 
    (alohida joylashtirilishi yoki mavjud turar-joy va jamoat binolari tarkibida yoki 
    ularga qo‘shib qurilishi)ga asoslangan holdatanlanadi. Ovqatlanish korxonalarining 
    binolarini loyihalashtirish turli konstruktiv tizimlar va materiallarga (to‘liq 
    yig‘iladigan temir-beton tizimlar, karkas-panelli va yirik panelli konstruksiyalar, 
    monolit temir-beton, g‘isht, mahalliy qurilish materiallari, engil metall 
    konstruksiyalar, shu jumladan katta oraliqli konstruksiyalar, ko‘p qatlamli fasad 
    panellari qo‘llanilgan elimlangan yog‘och konstruksiyalar, strukturali shisha, 
    aralash konstruktiv tizimlar va materiallar) asoslangan holda amalga oshirilishi 
    mumkin. 


    262 
    Xo‘randalar uchun xonalar, odatda, birinchi qavatda, bosh kirish joyi yoki yon 
    fasadlar tomonida joylashtiriladi. Sababi, aynan shu xonalar binoning hajmiy-
    fazoviy kompozitsiyasini shakllaydi va uning badiiy ko‘rinishiga ta’sir 
    qiladi.Qavat balandligini 3,3 metr qilib, agar savdo zalining sig‘imi katta bo‘lsa –
    4,2 metr qilib qabul qilish lozim.Ovqatlanish zallari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi 
    issiq va sovuq taom sexlarini, shuningdek oshxona idish-tovoqxonalarini yuvish 
    xonasini, qoidaga ko‘ra, bir sathda joylashtirish kerak.

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish