Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

15.4-rasm. Ivata shahridagi Madaniyat markazi, Yaponiya, arxitektor K.Kurokava, 
1999. 
 
 


258 
XVI-BOB.UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARINING BINOLARI 
16.1. Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi 
Umumiy ovqatlanish korxonalari: 
- ovqatlanish korxonalari uchun maxsus mo‘ljallangan alohida binolarida 
(sig‘imi 100 va undan ko‘p bo‘lgan); 
- jamoat va savdo markazlari, bozor komplekslari va vokzallar tarkibida; 
- turar-joy va jamoat binolari tarkibida yoki ularga qo‘shib qurilgan, shu 
jumladan yer ostidagi maxsus majmualar tarkibida loyihalashtirilishi mumkin. 
Ovqatlanish korxonalari xom ashyoni qayta ishlash va mahsulot tayyorlash 
bo‘yicha to‘liq texnologik siklga ega korxonalar yoki mahsulot tayyorlashning 
so‘nggi bosqichini bajarishga ixtisoslashgan korxonalar bo‘lishi mumkin. Birinchi 
korxonalar qatoriga xom ashyoni to‘liq qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishga va mahsulot tayyorlashning so‘nggi bosqichini bajaruvchi boshqa 
ovqatlanish korxonalariga xizmat ko‘rsatish hamda kulinariya do‘konlarini o‘z 
mahsuloti bilan ta’minlashga ixtisoslashgan restoran va oshxonalar kiradi. Ikkinchi 
korxonalar sirasiga yarim fabrikatlar va tayyorlanishning yuqori darajasiga ega 
mahsulotlardan taomlar tayyorlaydigan kafe, emakxona, tezkor xizmat ko‘rsatish 
korxonalari kiradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ko‘rilayotgan barcha 
turlari shakli va xizmat ko‘rsatish usullariga ko‘ra ikkita asosiy guruhga, ya’ni 
xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishni ofitsiantlar orqali amalga oshiruvchi va o‘ziga 
o‘zi xizmat ko‘rsatish prinsipigaasosan faoliyat yurituvchi korxonalarga bo‘linadi. 
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat ovqatlanish korxonalari, muvofiq 
ijtimoiy-iqtisodiy asoslanishlarga va ichki hajm, intererning badiiy-kompozitsion 
yechimlariga, texnik jihozlanishi hamda ishlash rejimiga asoslangan holda, 
o‘zlarining asosiy funksiyalarini hordiq chiqarish va ko‘ngilochar funksiyalar bilan 
birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 
O‘rinlar soni 300 tadan ko‘p bo‘lgan va umumshahar ahamiyatiga ega 
umumiy ovqatlanish korxonalarni joylashtirish bo‘yicha shaharsozlikka oid o‘ziga 
xos jihatlarni, shuningdek aholining mehnat va madaniy-maishiy aloqalarini, 


259 
xo‘randalar kontingenti, jumladan kurort zonalar uchun o‘rinlar sonini mavsumiy 
oshirilishini hisobga olib turib, maxsus dastur-topshiriqlar bo‘yicha loyihalashtirish 
tavsiya etiladi. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish