Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

16.1-rasm. Kafe binosi. 


263 
 
16.2-rasm. Restoranlar kompozitsiyasining qoʻllanilish. 


264 
16.3-rasm. Milliy va zamonaviy uslublarning choyxona va restoranlar 
arxitekturasiga ta’siri (Toshkentdagi “Koʻk gumbaz” misolida). 


265 
16.4-rasm. Umumiy ovqatlanish korxonlarining kompozitsion (A) va texnologik 
(B) sxemalari. 


266 
Xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishni shakli va umumiy ovqatlanish 
korxonasining tavsifi ovqatlanish zallarini loyihalashtirishdagi prinsipial 
omillardan hisoblanadi. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish korxonalari (oshxona, 
emakxona, 
tezkor 
xizmat 
ko‘rsatishga ixtisoslashgan kafelar), odatda, 
ovqatlanishdagi utilitar (tor doiradagi) ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladilar; 
xizmat ko‘rsatish ofitsiantlar yordamida amalga oshiriladigan ovqatlanish 
korxonalari (restoran, bar, razryadli kafelar)da xo‘rrandalar tomonidan tanlangan 
so‘rov va ehtiyojlar qondiriladi hamda ularni dam olishi uchun ham muayyan 
sharoitlar yaratilib beriladi. Xo‘randalarga xizmat ko‘rsatish ofitsiant orqali, 
bufetchi yoki barmen orqali yoxud taom tarqatish peshtaxtalari va rastalari orqali 
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish prinsipiga asoslangan holda amalga oshirilishi 
mumkin. 
O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi ovqatlanish zallari tarkibiga 
taomni olish va taomni tanovul qilish zonalari kiradi. Taomlar assortimenti 
cheklangan yoki taomlarning kompleks to‘plamlarini taklif qiladigan tezkor xizmat 
ko‘rsatish korxonalarida xizmat ko‘rsatish barmen orqali amalga oshirilishi 
mumkin, ya’ni taomni olish zonasi taom tarqatish peshtaxtasi yonida shakllanadi. 
Taomlar assortimenti kengaytirilgan korxonalarda (oshxona, kafe va hk.) taom 
olish zonasi tarkibida patnis va ovqatlanish anjomlari, gazaklar, birinchi va 
ikkinchi taomlar uchun modullashtirilgan uskunalarning elementlari va shu kabilar 
uchun mo‘ljallangan peshtaxtalar joylashtirilgan taom tarqatish liniyasi bo‘ylab 
shakllanadi. 
O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda taom tarqatish liniyalari (zonalari) ishlab 
chiqarish xonalar guruhi (issiq taom tayyorlash sexi) va ovqatlanish zali o‘rtasida 
bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradilar, ular issiq sex bilan funksional 
bog‘lanishga ega bo‘lib, ovqatlanish zali maydonida joylashtiriladilar. Issiq sex va 
zal orasida joylashtiriladigan taom tarqatish liniyalari ustida, agar ular orasida 
to‘siq bo‘lmasa, yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materialdan tayyorlangan va 
balandligi shiftgacha bo‘lgan ekran o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Bu ekranning pastki 
qismi poldan 2 metr balandlikda bo‘lishi lozim.


267 
Taom tarqatish liniyalari ovqatlanish zalidan to‘siqlar, dekorativ orayopmalar va 
ekranlar, guldonlar vositasida ajratilishi lozim. 
Texnologik tarqatish liniyasidan chegaralovchi ekranning to‘sig‘igacha 
bo‘lgan masofa: xo‘randalar bir qator bo‘lib o‘tganida 0,9 m; xo‘randalar ikki 
qator bo‘lib o‘tganida 1,2 m bo‘lishi kerak; texnologik tarqatish liniyasi orqasidagi 
ishchi zona kengligi 1 metr qilib qabul qilinadi. Tarqatish liniyasiga kirayotgan va 
undan chiqib ketayotgan xo‘randalar oqimi kesishmasligi zarur. 
Restoran va kafelar zallarida uchta zonani ajratish mumkin: kirish, 
ovqatlanish zali va estrada-raqsga tushish. 
Ovqatlanish zalining (taom tarqatish zonasini hisobga olmaganda) maydoni 
zaldagi bitta o‘rin hisobidan quyidagi jadvalda berilgan ko‘rsatkichlarga asosan 
qabul qilinadi: 

Download 18,93 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish