Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
RANGLAR FIZIKASI 
Reja: 
1. Ranglar tabiati 
2. Ranglar spektri 
3. Yutiluvchi va aks etuvchi ranglar 
4. Rangni idrok etish 
Tayanch iboralar:rang, yorug’lik, yechim, prizma, burilish(ranglarning 
sinishi), to’lqin uzunligi, ton, simul’tanlik 



1676 yilda janob Isaak Nyuton uch qirrali prizma orqali quyosh nurini to’plab, 
unda spektr ranglari tizimi mavjudligini aniqladi. Bunday spektrda barcha ranglar 
(yetti tusli) mavjud bo’lib, unda faqat qirmizi rang yetishmas edi. 
Nyuton o’z tajribasini (1 – rasm) quyidagicha yaratdi: quyosh nurini tor 
teshikchadan prizmaga boshqardi. Yuborilgan nur dastasi prizmada spektr rangli 
nurlarga aylanib u ekranga boshqarilganda yettita rang tasviri paydo bo’ldi. Uzluksiz 
rangli lenta qizil rangdan boshlanib zarg’aldoq, sariq, yashil, ko’k ranglari orqali 
o’tib binafsha rangi bilan tugaydi. Agar bu nurlarni yig’uvchi linza orqali ekranga 
yuborganda unda yana oq nur paydo bo’ladi. Bu ranglar yorug’likning sinishi 
(burilishi) oqibatida yuzaga kelgan edi. 
Ranglarni boshqacha fizikaviy hosil qilish yo’llari ham mavjud, masalan 
interferenlash, difraktsiyalalash, polyarizatsiyalash va flyuorestsenciyalash 
jarayonlari bilan bog’liq. Agar biz spektrni ikki qismga masalan: qizil, sariq va yashil 
– ko’k – binafshaga bo’lib (ajratib) ularni maxsus linzada yig’sak biz ikki yig’ma 
ranglar guruhlarini olamiz, bularning aralashmasi yana oq rangga aylanadi. 
Ikki rang birikmasidan oqqa aylanish sodir bo’ladi, bular to’ldiruvchi ranglar 
deb ataladi. 
Biz spektrdan biror rangni, masalan yashilni chiqarib tashlab va ularni ya’ni 
qizil, zarg’aldoq, sariq, ko’k va binafsha ranglarini linza orqali birlashtirsak biz qizil 
rangini olamiz,, ya’ni olingan rang chiqarilgan rangga nisbatan to’ldiruvchi rang 
hisoblanadi. Agar biz sariq rangni chiqarib tashlasak, qolgan qizil, zarg’aldoq, yashil, 
ko’k va binafsha ranglari aralashmasi binafsha rangni sariq rangini to’ldiruvchisini 



beradi. Har bir rang boshqa barcha ranglar aralashmasiga nisbatan to’ldiruvchidir. 
Aralashgan rangni alohida tuzilmalarini (tarkibini) biz anglay olmaymiz. Bu borada 
ko’zni musiqa eshitayotgan, ya’ni har qanday akkord tovushni ajrata olish 
imkoniyatiga ega bo’lgan – quloqqa nisbatan farqlanishini misol keltirish mumkin. 
Turli ranglar muayyan xildagi elektromagnit to’lqinlari orqali yuzaga keladi. 
Inson ko’zi yorug’likni, to’lqin uzunligining faqat 400dan 700 millimikronigacha 
qabul qila oladi. 
1mikron yoki 1 μ = 1/1000mm = 1/1000000m. 1 millimikron yoki mμ 
=1/1000000 mm. 
Alohida har bir spektr rangiga tegishli to’lqin uzunligi, har bir prizmatik rang 
uchun bir sekunddagi tebranish miqdori quyidagicha xarakteristikaga ega: 
Rang – mμ dagi to’lqin uzunligi ( bir sekunddagi tebranish chastotasi) qizil – 
800 ... 650 ( 400...470 mlrd.) 
Zarg’aldoq – 640...590 (470...520 mlrd.) 
Sariq – 580...550 ( 520... 590 mlrd.) 
Yashil – 530...490 (590...650mlrd.) 
Havorang – 480... 460 (650...700 mlrd.) 
Ko’k – 450...440 (700...760 mlrd.) 
Binafsha – 430...390 (760...800 mlrd.) 
Qizil va binafsha ranglari chastotasi nisbatlari taxminan 1:2, ya’ni xuddi 
musiqa oktavasiga o’xshash. 
Har bir rang o’z to’lqinlarining uzunligi bilan xarakterlanib, ya’ni qat’iy 
to’lqin uzunligi yoki tebranish chastotasiga ega bo’ladi. Yorug’lik to’lqinlari 
o’zining xususiy rangiga ega bo’lmaydi. Rang faqatgina to’lqinlarining inson ko’zi 
bilan qabul qilinish jarayonidagina namoyon bo’ladi. Ammo qanday bu 
to’lqinlarning anglab olinish jarayoni hali to’la o’rganilmagan. Biz rang farqlarini 
faqat rang sezgilari sanoq sifatlarining farqlanishi orqali idrok qilamiz. Endi jismlar 
gavdasining ranglari haqidagi muhim masalani o’rganamiz. Masalan agar biz qizil va 
yashil nurlarni o’tkazadigan fil’trlarni vol’ta yoyi (elektr yoyi) oldiga qo’ysak bunda 
ikkala fil’trlar birgalikda qora rangni yoki qorong’ilikni beradi. Qizil rang o’z 



intervaliga taalluqli o’xshash nurlarinigina o’tkazadi, yashil fil’tr esa, yashil 
bo’lmagan barcha ranglarni tutib qoladi. Shunday qilib barcha nurlar tutib qolinib biz 
faqat qorong’ilikka erishamiz. Fizik eksperimentdan keyin yutiladigan ranglar 
ajralgan (вычитаемые) ranglar deb ataladi. Jism ranglari asosan to’lqinlarning 
yutilishi jarayonida uzuni namoyon bo’ladi. Qizil idishning aynan qizil bo’lib 
ko’rinishi, uning yorug’lik nurlaridagi barcha ranglarni yutib faqat qizil nurni aks 
etdirishidadir. Biz “bu piyola qizil” deganda aslida, piyola yuzasining molekulyar 
tuzilishi shundayki, u yorug’lik nurlarini qizildan boshqa barchasini yutib faqat 
qizilni o’zida aks etdirayotganligini ko’zda tutamiz. Piyola esa aslida hech qanday 
rangga ega emas. Rang faqat yorug’lik tushishi orqali sodir bo’ladi. Agar qizil 
qog’ozga (uning yuzasi qizildan boshqa nurlarni yutayotgan) yashil nur tushirsak 
unda u qora bo’lib ko’rinadi. Chunki yashilning tarkibida qizil nurlarga taalluqli 
nurlar mavjud bo’lmaganligi tufayli qog’oz uni aks etdira olmaydi. Barcha rangtasvir 
bo’yoqlari pigmentli yoki moddiydir. Ular singuvchi (yutuvchi) bo’lib, ularni 
aralashtirganda bo’yoqlarni ajralgan ranglar qoidalariga amal qilish lozim. Qachonki 
to’ldiruvchi (aralashma) bo’yoqlar yoki uch asosiy ranglar, qizil, sariq, ko’k ranglar 
kombinatsiyasi – ma’lum bir miqdorda aralashganda, uning natijasida qoraga 
aylanadi. Prizma orqali olingan Nyuton eksperimenti, nomoddiy ranglari aralashmasi 
esa aksincha oq rangni beradi. Chunki bu yerda ranglar birlashuvi ajratilishga emas, 
balki qo’shilish tamoyiliga asoslanadi. 

Download 3.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish