Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
CONTENT 
Introduction ………………………………………………………………… ..… .3 
1- topic. The meaning of color in composition and design ……… …………… .5 
2-topic. The spectral nature of color ……………………….……… ……….… .9 
3-topic. Color and tone ………………………….…………………… …….… 13 
4-topic. Achromatic contrast ………………………………………… … ..… ..17 
5-topic. The color wheel ……………………………………………… …. …… 21 
6-topic. Scientific names of colors …………………………………… ……… 25 
7-topic. The laws of color mixing ……………………………………… ……..29 
8-topic. The concept of color harmony …………………………………. ..…..33 
9-topic. The concept of color ……………………………………………… ….37 
10-topic. Harmony of colors uniform in tone .................................................... 41
11- topic. 7 types of contrasts ………………………………………………... 45 
12- topic. Color and space …………………………………………………… 49 
13- topic. Psychology of color perception …………………………..……….. 51 
14- topic. The figurative and emotional meaning of color ……………..…… 55 
15- topic. The color function in the design ...................................................... 59 
16- topic. The use of color in various areas of design ...................................... 61 
17- topic. Color in the interior ……………………………………………..... 65 
18- topic. The meaning of color in advertising ………………………………. 69 
19- topic. Introductory lecture …………………………………………………73 
20- topic. Elements of composition. Point, line, spot ......................................... 77 
21- topic. Circuit ...................... .......................................................................... 81 
22- topic. Shape, figure, background ……………………………………… ..85 
23- topic. Rhythm, meter …………………………………………………… ..89 
24- topic. Statics and dynamics ……………………………………… … .... 93 
25- topic. Means and properties of the composition ………………… …….97 
26- topic. The texture, structure, texture …………………………… …… .101 
27- topic. Symmetry, asymmetry, identity ………………………… ….… 105 
28- topic. The principles of proportion in composition .......................... ......109 
29- topic. Scale, scale, proportions …………………………………… …..113 
30- topic. Types of composition …………………………………… …….. 117 
31- topic. The structure of the volumetric composition and its compositional 
solutions .................................................................................................. .....121 
32- topic. The structure of the deep spatial composition and its composition…125 
33- topic. Commonness and integrity, perception, objectivity, rationality and other 
principles of construction ............................................................................. 129 
34- topic. The psychological properties of the composition …………… …133 
35- topic. Application of composition in various fields of design ……….... 137 
36- topic. The role of composition in advertising …………………… …... 141 
Control questions ………………………………………………….… …… 147 
Explanatory Dictionary …………………………………………… ……….150 
List of used literature ……………………………………………… ……… 159 
The composition of the topics .............................................................. ........ 160 



SO‘ZBOSHI 
Dizayn asoslari fani bo‘lajak mutaxasisning badiiy-fazoviy mushohadasini 
kengaytiradi, kasbiy mahoratini oshiradi.
Ma’lumki, arxitekturaning funksiya, konstruksiya va estetikadan iborat uch teng 
va ajralmas jihatlari mavjud. Mazkur fan rangshunoslik va kompozitsiyaning 
badiiy, ya’ni estetik jihatini, qisman umumiy tomondan o‘rganadi. Demak, u 
mavhum narsalar to‘g‘risida so‘z yuritadi. Bu “Dizayn asoslari” fanining asosiy 
ilmiy uslubidir. 
Ushbu fanni ikki asosiy qismga bo'lish mumkin. Birinchi qismida rangshunoslik 
fani (ranglar fizikasi, rang uyg’unliklari, xilma-xilligi, kontrast, nyuans rang 
kabilar) o'rganiladi. Sodda informatsion belgi loyihasi bajariladi. Talaba ikkinchi 
kursda boshlanadigan me’moriy loyihalash fanini o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladi. 
Fanning ikkinchi qismi kompozitsiya faniga bag‘ishlangan. (nuqta, chiziq, tekislik, 
hajm, metr, ritm, kontrast, nyuans, rang kabilar) o'rganiladi. Har bir turdagi tizimni 
o‘rganish yakunida insonga nisbat qilingan, shartli funksiya berilgan 
kompozitsiyalarning klauzuralari bajariladi. Kompozitsion izlanishlar arxitekturaviy 
loyihalashga yaqinlashtiriladi. Mavhum kompozitsion vositalar konkretlashtiriladi. 
Fanjami 17 mavzudan iborat. Har mavzu ma’ruza (nazariya) hamda asosan 
maket tariqasida bajariladigan klauzura va vazifalardan iborat (amaliyot). 
Klauzuralar qisqa muddatda faqat darsxonada (auditoriyada) bajariladi. Ularda 
maketning texnik ijrosi bilan bog'liq yetishmovchiliklar (chiziqlarning qo'lda 
chizilishi, qirqishdagi biroz notekisliklar va h.k.) nazarga olinmaydi. Kiauzurada 
maqsad qilib sarlavhasida ko'rsatilgan hamda hal etilishi lozim bo'lgan masalaning 
g‘oyasi ravshan aks etishi kerak. Vazifalarda qo'shimcha ravishda maketlarning 
yuqori saviyada ba- jarilishi ham talab etiladi. Shakllarning qirralari yoriqsiz, aniq, 
tekis chiqarilishi lozim. 
Amaliyot mashqlarini ko'proq 15x20 sm va 30x20 sm, ayrim hollarda 15x10 sm 
va 30x40 sm formatlardagi qattiq qog‘ozlarda bajarish tavsiya etiladi. Kompozitsiya 
g'oyasi taqozo etgan hollarda tavsiyaviy oMchamlardan chiqish ham mumkin. 



Maket asosini (platformasini) uchburchak, kvadrat, doira va boshqa shakllarda 
bajarish kerak bo'ladi. Har bajarilgan amaliy ishda klauzuraning yoki vazifaning 
nomi va tala- baning familiyasi, ismi qalamda yoki tushda yozilishi shart. Yozuvlar 
old tomonda berilsa, uiarning umumiy kompozitsiyada ham ishtirok etishini 
nazarda tutish lozim. 
Baholash quyidagicha tashkil etiladi. Klauzuralar dars tugagandan so‘ng yig'ib 
olinadi va baholanadi. Vazifa darsxonada, o'qituvchi maslahati bilan eskiz 
tariqasida bajariladi. Vazifaning darsxonada bajarilgan eskiziga darsning oxirida 
reyting tizimida 40 foizgacha bo‘lgan baho qo'yiladi. Qolgan 60 foizi uy sharoitida 
bajarilgan qismiga qo‘yUadi. 
Ushbu kitobning ro‘yxatida keltirilgan barcha amaliy mashqlarni bajarish shart 
emas. Klauzura va vazifalarni akademik guruhlarning tayyorgarlik darajasiga qarab 
ro'yxatda keltirilganlarining ichidan tanlab olish tavsiya etiladi. 
Mazkur darslikda “Arxitektura tarixi va nazariyasi” fakultetining (avval Tosh PI, 
1991 -yildan TAQI tarkibida) arxitekturaviy kompozitsiyadan to'plagan tajribasi 
mujassamlangan. Fan dastlab, 70-yillarda “Hajmiy - fazoviy kompozitsiya” deb 
atalgan. U Rossiyada 30- yillarda faoliyat ko‘rsatgan “Oliy badiiy texnika 
ustaxonalari” (ВХУТЕМАС) va “Oliy badiiy texnika instituti” (ВХУТЕИН) 
tajribalariga asoslangan edi. Fanning dasturi rangshunoslik hamda kompozitsiyani 
birlashtirgani uchun ham “Dizayn asoslari” fani nomini oldi. 
Fanni o'qitish tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bunda eng muhimi talabalarning 
fazoviy tassavurlarini kengaytirish, mashg'ulotlar o'tkazish vaqtida kompozitsion 
yechimni ko‘rsatib berish emas, balki mavzuga doir to‘g‘ri yo'nalish berish hamda 
talaba o‘ylagan g'oyani ro‘yobga chiqarishga yordam berishdir. 
Mavzularda avval nazariya, keyin amaliy ishlar - klauzuralar (auditoriyada qisqa 
vaqt ichida bajariladigan mashq) hamda vazifalar (auditoriyada boshlab uy 
sharoitida tugatiladigan mashq) beriladi, oxirida nazariy bilimni va hosil etilgan 
ko'nikmalarni mustahkamlash uchun savollar keltiriladi. Klauzuralar maket yoki 
grafik shakllarda bajariladi. Talabalar tomonidan bajariladigan vazifa va 
klauzuralarning sonini qisqartirish mumkin. 



Ushbu darslik mualliflar o’rtasida teng taqsimlanib yozilgan. Darslik “Intryer va 
landshaft dizayni” kafеdrasining talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, “Dizayn 
asoslari” fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturi asosida yozilgan. Ushbu darslikda 
“rangshunoslik” hamda “kompozitsiya” faning mohiyati, asoslari, qonun - qoidalari, 
unsurlari, asosiy prinsiplari va kategoriyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. 
Darslikda nafaqat talabalarga nazariy berilgan bilimlarni mustahkamlashga 
imkoniyat beradi, balki ularni amaliyotda qo’llashga ham keng imkoniyatlar ochib 
beradi. 
Darslikda fan bo’yicha tayanch bilimlar bеriladi. Bu prеdmеtni o’rganish 
nafaqat ranglarni va hajmlarni emotsional baholashdagi bog’liqlikni, ob'yеktiv 
xususiyatlari va qonuniyatlarni o’rgatadi va shakllarni qanday hosil qilish va ularni 
egallash jarayonini ham o’rgatadi.
Butun nazariy matеriallar auditoriyada bajariladigan amaliy va mustaqil ishlar 
sеriyasi orqali o’zlashtiriladi.
Darslik arxitеktura muhitlari dizayni talabalari uchun ham va boshqa oliy va 
o’rta maxsus oliygohi talabalari uchun ham ahamiyatlidir. 
Mazkur kitobning mazmunini boyitishga qaratilgan barcha tanqidiy fikr-
mulohazalari uchun kitobxonlarga mualliflar oldindan minnatdorchilik bildiradilar. 

Download 3.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish