• RANGGA SUB’YEKTIV MUNOSABAT Reja: 1.
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/73
    Sana30.06.2022
    Hajmi3.32 Mb.
    #24596
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
    Bog'liq
    fayl 1550 20210823
    kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
    Nazorat uchun savollar: 


    13 
    1. Rang garmoniyasining asosiy qoidalari? 
    2. Rang – tus uchburchaklari haqida tushuncha bering. 
    3. Simul’tanli kontrastlar tushunchasi nima? 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Iohannes Itten Kunst der Farbe: Studiena usgabe 2013g. 
    2. 2.Osval'dV. «Цветоведение». ИздательствоПромиздат2006g 
    RANGGA SUB’YEKTIV MUNOSABAT 
    Reja: 
    1. Rangni sub’yektiv idrok qilish. 
    2. Ranglarni idrok qilish imkoniyatlari. 
    3. Ranglarning shaxsiy yechimlari. 
    4. Ranglarning nisbati. 
    Kalit so’zlar:yoqimli va uyg’un ranglarning muvofiqligi, ranglarning 
    muvofiqligi, sub’yektiv rang, ijodiy qobiliyatlar, rang, shaxsiylik. 
    Badiiy maktablarning birida men ranglarning muvofiqligi bo’yicha 
    mashg’ulotlar o’tkazayotgan edim. Ushbu mashg’ulotda o’quvchilar istalgan 
    hajmdagi doiralardan foydalanishlari kerak edi. Bunga qadar men ularga ranglarning 
    uyg’unligini aniqlash bo’yicha hech qanday ma’lumot bermagan edim. Taxminan 20 
    daqiqalardan so’ng talabalar hayajonlana boshladilar. Men ulardan gap nima 
    haqidaligini so’raganimda ularning javoblari quyidagicha bo’ldi: bizning fikrimizcha 
    siz bergan ranglar bir – birlari bilan uyg’unlashmayapti. Biz ularning bir – biriga mos 
    kelmasligini va yoqimsiz ekanligini aniqladik. 
    Shunda men “yahshi, bo’lmasa har biringiz o’zlaringiz qanday ranglar siz 
    uchun yoқimli va uug’unlashadigan ranglar ekanligini namoyish etinglar” dedim. 
    Sinf darhol tinchlandi va hamma menga men tanlagan ranglardan bir biriga mos 
    kelmasligini isbotlashga harakat qilishdi. Bir soatdan so’ng polda to’ldirilgan 
    varaqalar barchaning namoyishi uchun yetar edi. Har bir o’quvchi o’z varaqasida bir 


    14 
    biriga emotsional, yaqin ranglarni muvofiqlashtirgan. Biroq barcha ishlar bir biridan 
    keskin farq qilar edi. O’quvchilarning o’zlari shuni tan olib aytishdiki, ularning 
    o’zlari ranglar uyg’unligi bo’yicha shaxsiy fikrga ega ekanlar. 
    Shunda men bir varaqni olib bir o’quvchiga yuzlanib, bu sizning ishingizmi 
    deb so’radim. U ha deb javob berdi. Men qolgan barcha varaqalarning egalarini 
    aniqlab ularga tarқatdim. Ta’kidlash lozimki, o’quvchilar ushbu vazifalarni 
    bajarayotganlarida men sinfda emas edim va har bir o’quvchi nima ish bajarganligini 
    bilmas edim. Varaqalarni tarqatib bo’lganimdan so’ng, o’quvchilar ularni shunday 
    tutib turishlari kerak ediki, men bir paytning o’zida ularning yuzlarini va ular chizgan 
    ranglar uug’unligini ko’ra olishim kerak edi. Avvaliga sinfga bu kulgili tuyuldi, 
    chunki o’quvchilar o’zlarining yuzlari va ular yaratgan ranglar muvofiqligi bir biriga 
    yaqinligini his qilishdi. Men darsni quyidagi so’zlar bilan yakunladim: “Har 
    biringizning ranglar moslashuvini aniqlash bu ranglarga nisbatan sizning sub’yektiv 
    idrokingizdir.” 
    Ushbu ilk tajribadan so’ng yillar davomida yana bir qancha ishlar amalga 
    oshirildi. Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli yakunlash uchun o’quvchilarda avvalambor 
    rangga nisbatan umumiy hissiyotni rivojlantirish zarur. Ranglarning imkoniyatlarini 
    o’rganmay turib samarali natijalarga erishib bo’lmaydi. Sub’yektiv ranglarni 
    aniqlashda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Mashg’ulotlarning boshida aytib 
    o’tish kerakki, sub’yektiv rang insonning xarakteri, kajfiyati, dunyoqarashini aniqlab 
    bermaydi. Ko’pchilik odamlar aslida qanday ekanliklarini hammaga ham namoyish 
    etishni istashmaydi. Ranglar bilan professional darajada ishlaydigan insonlar tez – 
    tez o’zlarining sub’yektiv ranglarini topishda qiynalishadi. Ba’zan ushbu ijodkorlar 
    o’z asarlarida qo’shimcha ranglarda yoki zamon bilan hamnafas ranglardan 
    foydalanishadilar. 
    Ranglar uyg’unligi ikki yoki uch rangdan iborat bo’lishi mumkin: Och ko’k, 
    kulrang, oq va qora yoki to’q jigarrang, och jigarrang, qizil va qora yoki sarg’ish 
    yashil, sariq va qoramtir jigarrang. Faqat bitta rang – qizil, sariq, ko’k yoki binafsha 
    rang ustun kelgan holatda insonlarda shunday fikr tug’iladiki, u yoki bu rassom 
    olamni aynan faqat yuqoridagi ranglarda ko’radi. 


    15 
    Ranglar afzalligini farqlashga bir nechta misollar keltiramiz: sariq sochli, ko’k 
    ko’zli talaba qizlar asosan och ranglardan foydalanishadi. Qora sochli to’q ranglilari 
    esa to’q ranglardan foydalanadilar. Ularning barcha asarlaridagi asosiy ranglari to’q 
    ranglardir. Sarg’ish sochli talaba qizlar asosan intensiv ranglardan foydalanishadi. 
    Ularning sub’yektiv ranglari sariq, qizil, ko’k. Ushbu talaba qizlarga guldasta 
    chizishni vazifa qilib berdim, bu ularga ma’qul keldi. 
    Rassomning shakllanishi uning ma’lum bir ranglar gammasi va shakllariga 
    sub’yektiv nuqtai nazaridan kelib chiqadi. Nafaqat umumiy tarbiyada balki badiiy 
    tarbiyada ham shaxsiy rang afzalligi katta ahamiyatga egadir. Tarbiya jarayonida har 
    bir bolaga o’zining shaxsiyligini rivojlantirishga imkoniyat berish zarur. Bunda 
    tarbiyachi o’z talabalarining qobiliyat va imkoniyatlarini aniqlay olishi muhimdir. 
    Shaxsiy ranglar afzalligi o’quvchining induvidual dunyoqarashini, sezgilarini va 
    ahloqini aniqlashga turtki bo’ladi. 
    O’qituvchi talabalarga o’z bilim va ko’nikmalarini bosqichma bosqich va mehr 
    bilan bera olishi kerak. Bog’bon o’z bog’iga qaragani kabi, o’qituvchi ham o’quvchi 
    uchun uning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun barcha shart – sharoitlar 
    yaratishi zarur. O’quvchi esa o’zining shaxsiy fikr va g’oyalari bilan voyaga yeta 
    boradi. Badiiy tarbiyada ikki vazifa mavjuddir: rang qonuniyatlarini o’rgata turib 
    o’quvchilarga shaxsiy ranglarning ushbu qonuniyatlarga mos kelishini singdirib 
    borish kerak. 
    Har qanday rangning kuchi qarama – qarshi rang ta’sirida kuchayadi. Bunda 
    ularning yorug’ligi yoki xromatik alomatlari katta ahamiyat kasb etmaydi. 
    Masalan, zarg’aldoq rang qizil ranglar muhitida yanada yaqqolroq ko’rinadi. 
    Sariq muhitda esa undan to’qroq ko’rinadi. Kulrangni qora muhitga qo’yib qarasak, u 
    o’zining tonidan oqroq ko’rinadi. 
    Masalan, qizil rang yashil muhitda o’z yorqinligini yanada oshiradi, boshqa 
    ranglarga yashil tus qo’shib gavdalantiradi. Bu tabiiy hodisa bo’lib, undan rassomlar 
    o’z asarlarida rang ta’sirchanligini oshirish uchun foydalanadi. Ba’zi rassomlar o’z 
    polotnolarida biror sovuq rangni yoniga issiq rang dog’larini tushirish, sovuq issiq 
    ranglar majmuasini tuzish usuli bilan uning jozibadorlik ta’sirini oshirishga 


    16 
    erishadilar. 
    Talabalarning birida shaxsiy ranglar och binafsha rang, och moviy, moviy 
    kulrang, sariq, oq va qora bo’lib, uning energetik asosi aynan ushbu sovuq ranglarga 
    qaratilgan edi. Ushbu talaba bilan kasb tanlash haqida suhbatlashganimizda uning 
    metallga, ayniqsa kumush va shishaga qiziqishi aniqlandi. U menga kelajakda 
    chilangar bo’lishini aytdi, u shisha va beton bilan ishlovchi mashhur me’morga 
    aylandi. 
    Rassomlar, ranglar muammolariga bo’lgan munosabatlarni uch turga b’'ladilar: 
    birinchi turdagi rassomlar “epigonlar” bo’lib, ular shaxsiy rang yechimini 
    topishmaydi – yu, o’z ustozlari yoki boshqa rassom ijodkorlarning tanlagan 
    ranglarini takrorlaydilar. Ikkinchi turdagilar “originallar” bo’lib, ular o’zlarining 
    shaxsiy didlari bilan ijod qiladilar. Ular o’zlarining asarlarini shaxsiy didlaridan kelib 
    chiqqan holda komponovka qiladilar. Ushbu ijodkorlar qaysi mavzuda asar 
    ishlamasin, tanlagan ranglari bir xil bo’ladi. Ushbu rassomlar guruhi haqida 
    Leonardo Da Vinchi o’zining “Muammoli rangtasvir” (Трактатоживописи) asarida 
    quyidagilarni aytib o’tgan: o’zlarining boshlari kabi, figuralarga kichik boshni 
    chizgan rassomlar kulgili va no’noqdirlar. 
    Uchinchi turdagilar “universal” rassomlar bo’lib, qonuniyatlarga tayangan 
    holda ranglardan foydalanishadilar. Bunda ularning shaxsiy rang yechimi 
    boshqalarnikidan farqlanadi. Ushbu turdagi rassomlar ko’pchilikni tashkil etmaydi. 
    Ranglar bilan professional tarzda ishlovchi insonlar, tez tez ranglar bilan 
    ishlashda o’zlarining shaxsiy munosabatlariga tayanadilar. Ushbu jarayon ba’zida 
    tushunmovchiliklarga olib keladi, chunki, o’zlarining shaxsiy munosabatlari 
    boshqalarning shaxsiy munosabatlariga to’g’ri kelmasligi mumkin. Ko’pgina 
    muammolarni yechishda shaxsiy afzallikdan ko’ra ob’yektiv qarashlar ustun keladi. 
    To’qimachilik sanoatida ishlovchi dizaynerlar, shakl va ranglarning umumiy 
    ob’yektiv qonuniyatlarini yaxshi bilishlari shart. Ular bir yilning o’zida bir qancha 
    zamonaviy kollektsiyalarni yaratishda ranglar gammasini seza olishlari kerak bo’ladi. 
    Shaxsiy afzallik bilan dizaynerlar tanlagan ranglar mos kelsa, ularning kollektsiyalari 
    muvaffaqiyatga erishgan bo’ladi. Agar shaxsiy afzallik bilan mos kelmasa 


    17 
    dizaynerga ancha qiyin bo’ladi. 
    Har qanday ijodkor rassom yoki me’mor loyiha bajarganda, o’ziga yoqqan 
    ranglardan foydalanmaslik kerak, aksincha buyurtmachilarning ham fikrini inobatga 
    olishlari lozim bo’ladi. Ranglarga ta’sirchan kishilarga bu salbiy ta’sir qilishi 
    mumkin. 

    Download 3.32 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish