• RANGLAR KONTRASTINING YETTI XIL TURLARI Reja: 1.
  • Kalit so’zlar
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/73
    Sana30.06.2022
    Hajmi3.32 Mb.
    #24596
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
    Bog'liq
    fayl 1550 20210823
    kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
     
    Nazorat uchun savollar: 
    1. Rangli konstruktsiyalash qanday qoidaga asoslanadi? 
    2. Asosiy ranglarni qanday qilib maksimal darajada aniqlash mumkin? 
    3. “Tabiiн spektr” iborasi nimani anglatadi?
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Iohannes Itten Kunst der Farbe: Studiena usgabe 2013g. 
    2. Osval'dV. «Цветоведение» ИздательствоПромиздат2006g. 
    RANGLAR KONTRASTINING YETTI XIL TURLARI 
    Reja: 
    1. Diametral yoki qutbiy kontrast 
    2. Ranglar kontrastini solishtirish 
    3. Sovuq va iliq kontrast 
    4. Qo’shimcha ranglar kontrasti 
    5. Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar 
    6. Ranglar kontrastining to’yinganligi 
    7. Ranglar kontrastining tarqalishi 
    Kalit so’zlar:kontrast, ranglar solishtiruvi, sovuq kolorit, iliq kolorit, ranglar 
    to’yinganligi, ranglar tarqalishi 
    Biz kontrast deb, bir biridan keskin farq qiluvchi 2 xil rangga aytamiz. Agar 
    ushbu farq o’z chegarasidan chiqsa, bunday kontrast diametral yoki qutbiy kontrast 
    deyiladi. Katta – kichik, oq – qora, sovuq issiq o’z o’rnida qutbiy kontrastni 
    namoyon etadi. Bizning his – tuyg’u organlarimiz solishtirish orqali faoliyat yuritadi. 
    Ko’z chiziqni uzun qilib qabul qiladi, agar uning yonida solishtirish uchun kalta 
    chiziq bo’lsa, vaholanki, o’sha uzun chiziq oldida kalta bo’lib qoladi. Xuddi shu 
    tarzda ranglar haqidagi taassurotlar boshqa kontrast ranglar tufayli kuchayishi yoki 
    zaiflashishi mumkin. 
    Ranglarning ta’sir o’tkazish xarakterlarini o’rgana turib biz yetti xil turdagi 
    kontrast ko’rinish mavjudligini ta’kidlashimiz lozim. Ularning har biri turfa xil 
    bo’lganligi sababli har birini alohida o’rganish talab etiladi. Har bir kontrast o’zining 
    xarakteri, badiiy ahamiyati, ko’rish, ekspressiv va konstruktiv harakatiga ko’ra 


    21 
    o’ziga xos bo’lib, biz bu orqali ranglarning barcha asosiy badiiy imkoniyatlarni 
    o’zimiz uchun kashf etamiz. 
    Gyote, Becol’d, Shevrel’ va Hel’cel’lar kontrast ranglarning mazmun 
    mohiyatiga ahamiyat qaratishgan. Shevrel’ “simul’tanli contrast”ga katta mehnat sarf 
    qilgan. 
    Biroq, ranglar kontrastining o’ziga xosligini o’rganadigan ma’lum bir amaliy 
    ko’nikmalar hozirgi kunda ham mavjud emas. Ushbu kitobda ranglar kontrastini 
    o’rganish bo’yicha mehnatimning bir qismi keltirilgan. 
    Ishni ranglarning yetti xil turdagi kontrastini sanab o’tishdan boshlaymiz: 
    1. Ranglar kontrastini solishtirish 
    2. Och va to’q kontrast 
    3. Sovuq va iliq kontrast 
    4. Qo’shimcha ranglar kontrasti 
    5. Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar 
    6. Ranglar kontrastining to’yinganligi 
    7. Ranglar kontrastining tarqalishi 
    5rasm 

    Download 3.32 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish